ALGORITM | Rasmiy kanal
1.47K subscribers
2.9K photos
1.73K videos
147 files
2.19K links
Namangan shahridagi eng yirik AyTi markazi.
• Sun'iy intellekt;
• Veb-dasturlash;
• Kiberxavfsizlik;
• IT KIDS - bolalar uchun dasturlash kurslari
• SMM

📞 +998973701818

@Algoritm_qabulxona

📍Manzil: Namangan sh. A.Xo'jayev. DXA binosi, 2-qavat.
Download Telegram
#koinot #news

11-dekabr kuni diametri 330 m bo‘lgan asteroid Yerga yaqinlashadi, deb xabar beradi Milliy Aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boshqarmasi (NASA) reaktiv harakat laboratoriyasi.

4660 Nereus nomli samoviy jism Yerga tax
minan 4 million km uzoqlikda uchib o'tadi.

NASA tomonidan taqdim etilgan hisobotlarga ko'ra, 4660 Nereus Yer uchun potentsial xavfli ob'ekt hisoblanadi. Mutaxassislarning aniqlik kiritishicha, bu asteroid 664 kun ichida Quyosh atrofida to‘ĺiq bir marta aylanib chiqadi.Shu bilan birga shakli tuxumga o‘xshaydi.

Asteroid aniq shakli, o'lchami va Quyosh atrofidagi harakati tufayli kosmik missiya uchun nishon sifatida bir necha bor taklif qilingan.

Avvalroq, avgust oyida potentsial xavfli 2016 AJ193 asteroidi Yerdan 3,4 million km masofada uchib o‘tgan edi. Bu ob'ektning bir necha o'n yilliklardagi eng yaqin yaqinlashuvi bo'ldi.‌‌

🛰 @algoritm_edu
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#koinot

📌 Voqelik nima? (1-qism) O'zbek tilida

📹Ko'rish tavsiya etiladi


🛰 @algoritm_edu
#oy #koinot

Oyga jami 12 kishi tashrif buyurgan. Birgalikda ular Oy yuzasida taxminan 80 soat "yurishgan".

Foto: Astronavt Xarrison Shmitt Amerika bayrog‘i yonida, orqa fonda rover bilan suratga tushmoqda.‌‌

🛰 @algoritm_edu
#koinot #uran

Uran diametri bo'yicha uchinchi va massasi bo'yicha Quyosh tizimida to'rtinchi, Quyoshdan masofa bo'yicha yettinchi sayyoradir. U "muz gigantlari" toifasiga kiradi.

⌛️Uranda bir kun 17 yer soatiga, bir yil esa 84 yer yiliga teng.

Uran atmosferasi asosan vodorod va geliydan iborat bo'lib, metan mavjudligi unga o'ziga xos ko'k-yashil rang beradi.
Olimlarning fikricha, sayyorada hayot bo'lishi mumkin emas: sayyora yuzasida o'rtacha harorat -212 ° C 🥶

Venera singari, Uran ham retrograd aylanishga ega, ya'ni sharqdan g'arbga aylanadi. Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralardan farqli o'laroq, Uran o'z o'qi atrofida yonboshlab aylanadi. Ushbu anomal egilish sayyoraning shakllanishining dastlabki bosqichida katta samoviy jism bilan to'qnashuvi bilan izohlanadi.

Uranda 13 ta siyrak halqa tizimi mavjud.

🛰 @algoritm_edu
#koinot

Parker Solar Probe tezligi va Quyoshga yaqinligi bo‘yicha rekordlarni yangilashda davom etmoqda.

29-noyabr kuni 586 000 km/soat (163 km/s) dan yuqori tezlikda zond yulduzga taxminan 8 500 000 km masofada yaqinlashdi. Bu texnogen kosmik kema uchun rekord ko'rsatkichdir.

Parker Solar Probe quyoshga yaqinlashganda haddan tashqari issiq haroratga duch keladi. U uglerod ko'pikli yadroli noyob issiqlik qalqoni va uni himoya qilish uchun maxsus aks ettiruvchi bo'yoq bilan qoplangan uglerodli kompozit panelga ega.‌‌

🛰 @algoritm_edu
#koinot

Merkuriy loyihasi

Merkuriy loyhasi
NASAning 1958-yildan 1963- yilgacha bo'lgan kosmik missiyasi edi. Ushbu besh yil davomida amalga oshirilgan barcha kosmik parvozlarda astronavtlar orbitaga yuborildi va muvaffaqiyatli qaytarildi. Oxirgi parvoz 1963-yilning 15-mayida boʻlib oʻtgan. Unda kosmonavt Gordon Kuper Merkuriy loyihasining eng yosh kosmonavti boʻldi. Uning soʻzlariga koʻra,u Yerga qaytib kelishda u oʻzining kosmik kem
asi oldida gʻayrioddiy bir narsani, yashil rangli jismni uchib ketayotganini koʻrgnini aytib o‘tgan.‌‌

🛰 @algoritm_edu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#koinot #yulduz

💥 Betelgeyze yulduzining portlashini Yerdan turib kuzatganda taxminan mana shunday ko'rinadi.

Obuna bo'ling 👉 @algoritm_edu
#koinot #yer

Olimlar dastlabki Yer atmosferasi hozirgi Venera atmosferasiga o'xshash degan xulosaga kelishdi.
O
limlar sayyoramizda 4,5 milliard yil avval mavjud bo'lgan va mantiya tipidagi erigan silikat jinslaridan tashkil topgan magma okeanini modellashtirish jarayonida shunday xulosaga kelishdi.

Ammo Venera sayyorasidan farqli o‘laroq, Yerning massasi, tektonikasi va Quyoshdan uzoqligi suvning sayyora yuzasida uzoqroq vaqt davomida qolishiga imkon berdi. Bu esa pirovardida Yerda hayotning rivojlanishi uchun qulay muhitga olib keldi.‌‌

🛰 @algoritm_edu