ALGORITM | Rasmiy kanal
1.45K subscribers
2.9K photos
1.73K videos
147 files
2.19K links
Namangan shahridagi eng yirik AyTi markazi.
• Sun'iy intellekt;
• Veb-dasturlash;
• Kiberxavfsizlik;
• IT KIDS - bolalar uchun dasturlash kurslari
• SMM

📞 +998973701818

@Algoritm_qabulxona

📍Manzil: Namangan sh. A.Xo'jayev. DXA binosi, 2-qavat.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Imkon qadar shu paytgacha yo‘l qo‘yilgan xatolarga barham berish o‘ylangan” — oliy ta’lim vaziri magistraturaga nomutaxassislar topshirolmasligi haqida

⏏️
#Qabul_2021

Manba: Xpress.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tanishuv: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

▪️xpress .uz OTMlarga qabul arafasida O‘zbekistondagi nufuzli oliygohlar haqida ma’lumot berishda davom etadi.


⏏️ #Qabul_2021

Manba: ➡️ xpress .uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tanishuv: Toshkent moliya instituti

▪️Xpress.uz OTMlarga qabul mavsumi arafasida O‘zbekistondagi nufuzli oliygohlar haqida ma’lumot berib borishga qaror qildi.

Ilk videomiz – Toshkent moliya instituti haqida. Kirish ballari, ta’lim sifati va “moliyani bitirgan” nufuzli shaxslar TOP-5ligi bilan videomizda tanishing.

⏏️ #Qabul_2021
Manba: ➡️ Xpress.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tanishuv: O‘zbekiston milliy universiteti

▪️Xpress.uz bu gal Markaziy Osiyodagi birinchi oliygoh, O‘zbekistondagi davlat OTMlari orasida yetakchi – O‘zbekiston milliy universiteti haqida hikoya qiladi.


⏏️ #Qabul_2021
Manba ➡️ Xpress.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tanishuv: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

▪️TDSHU – O‘zbekistondagi eng uzoq tarixga ega OTMlardan. Bu yerda sharq xalqlari tili, tarixi, madaniyati va iqtisodiyoti o‘rgatiladi. Jami 18 ta til, shuningdek, jurnalistika va jahon siyosati yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlanadi.

TDSHU 1918-yilda Turkiston Sharqshunoslik instituti sifatida tashkil etilgan, 2020-yilda universitet maqomini oldi. Eng taniqli bitiruvchilari orasida general Rustam Inoyatov ham bor.

▫️⏏️ #Qabul_2021
Manba: ➡️ Xpress.uz
8-iyulgacha faqat 105 mingdan oshiq abituriyent hujjat topshirdi

▪️DTM 7-iyulgacha bo‘lgan OTMlarga onlayn hujjat topshirgan abituriyentlar statistikasini e’lon qildi. Hozirgacha bor-yo‘g‘i 105,8 ming abituriyent OTMga hujjat topshirgan. Bu yil 1,6 mln abituriyent hujjat topshirishi prognoz qilingandi.

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning kamligiga kvotaning tillar kesimida tasdiqlanishi kechikkani ham sabab bo‘lishi mumkin. Onlayn qabul 22-iyulgacha davom etadi.

⏏️ #Qabul_2021
Manba: ➡️ Xpress.uz
#Qabul_2021

Yodju институт бакалаврларни кундузги, сиртқи ва кечки шаклларда, шунингдек иккинчи мутахассислик бўйича ўзбек, рус ва инглиз тилларида тайёрлайди.

Ҳужжатлар қабули 2021 йилнинг 1 – августига қадар оффлайн ва онлайн (admission.ytit.uz) тартибда амалга оширилади.

Рўйхатдан ўтиш учун қуйидаги ҳужжатлар тақдим қилинади:

🔸Паспорт нусхаси (рангли);
🔹Лицей ёки коллеж дипломи/умумий ўрта таълим мактаби аттестати (рангли);
🔺Электрон фотосурат (3,5 см×4,5 см) – охирги 3 ой ичида туширилган;
🔸Агар мавжуд бўлса, чет тилини билиш даражасини тасдиқловчи IELTS (5.5 ва юқори) / TOPIK (3 ва юқори) расмий сертификат нусхаси (рангли).
Инглиз тилидан IELTS (5.5 ва юқори) ҳамда корейс тилидан TOPIK (3 ва юқори) сертификатига эга бўлган абитуриентларга мазкур фанлар учун максимал балл берилади ва имтиҳондан озод этиладилар.


Qabul imtihon bepul

KANALGA ULANISH👇
@algoritm_edu
"Perevod" uchun onlayn arizalar qabuli boshlangani ma’lum qilindi

▪️2ta platforma orqali: transfer.edu.uz yoki transfer.dtm.uz orqali ariza topshirish mumkin. Oxirgi muddat – 5-avgust.

Eslatib o‘tamiz, bu yil o‘qishni ko‘chirish imtihonlarini DTM oladi.

⏏️ #Qabul_2021

Manba: Xpress uz
Akademik litseylarga kirish imtihonlari 26-28-avgust kunlari bo'ladi

▪️Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma'lum qildi.

Oldinroq vazirlik bu imtihon sentabrning 1-yarmida o'tishi rejalashtirilganini ma'lum qilgandi.

⏏️ #Qabul_2021

Manba: Xpressuz

@ALGORITM_EDU
Testlar soni kamaytiriladi

▪️Bu yil pandemiyani hisobga olib, OTMlarga kirishdagi test topshiriqlari soni kamaytiriladi va kirish test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratiladi.

▫️Birinchi bo‘limdagi majburiy uchta fan – ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlarining har biriga 10 tadan, jami 30 ta test va umumiy 60 daqiqa belgilanadi.

▫️Ikkinchi bo‘limdagi yo‘nalishga mos ikkita fanning har biriga 20 tadan, jami 40 ta test va umumiy 120 daqiqa belgilanadi.

Maksimal ball – 189.

⏏️ #Qabul_2021

Manba: Xpressuz

👉 @algoritm_edu
Abituriyentlar kirish imtihonida qanday savollarni ishlaydi?

▪️DTM majburiy va mutaxassislik fanlaridan tushadigan savollar tarkibi qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.

Masalan, ona tilidan majburiy blokda 10ta test tushadi. Savollar orfografiya, punktuatsiya, leksikologiya, usbuliyat va grammatikaga oid.

⏏️ #Qabul_2021

Manba: Xpressuz

👉 @algoritm_edu
Fanlar majmuasi, baholash mezonlari.pdf
1.5 MB
Tasdiqlangan fanlar majmuasida texnik xatolik ketgan — DTM

▪️Kecha bakalavriat kirish imtihonlari uchun fanlar majmuasi ro'yxati e'lon qilingandi. Ro'yxatda defektologiya, maktabgacha ta'lim, oliy hamshiralik ishi yo'nalishlarida fanlar majmuasi biologiya va kimyoga o'zgarib qolgan. Oldin bu yo'nalishlarda biologiya, ona tili va adabiyot fanidan test yeshichlari kerak edi.

DTMning izoh berishicha, yangi tasdiqlangan ro'yxat mas’ul xodimlarning texnik xatoligi tufayli noto‘g‘ri joylashtirilgan edi va ushbu xatolik to‘g‘rilandi.

⏏️ #Qabul_2021
Manba: Xpressuz

👉 @algoritm_edu
Kirish imtihonlariga bosh kiyimda borish mumkin — DTM

▪️Test sinovlari ochiq maydonlarda o‘tkazilayotgani sabab bunga ruxsat beriladi, deb ma’lum qildi DTM.

Tashkilotning Xpress.uz'ga qo‘shimcha ma’lumot berishicha, DTM ham abituriyentlarga bosh kiyim tarqatadi. Xohlagan odam esa o‘ziniki bilan ham imtihonga kirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, imtihonlar 5-avgustdan 2 smenada:
▫️07:00–10:00gacha
▫️19:00–22:00gacha bo‘ladi.

⏏️ #Qabul_2021
➡️ manba: Xpressuz

👉 @algoritm_edu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tanishuv: Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

▪️Jurnalistlar tayyorlashga ixtisoslashgan oliygoh Markaziy Osiyo davlatlaridan faqat O'zbekistonda bor. Va biz jurnalistikani amaliyotda o'rganishni tavsiya qilamiz. 😉

⏏️ #Qabul_2021
Manba: Xpressuz

👉 @algoritm_edu
1-avgustdan Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga qabul boshlandi

▪️Onlayn ro‘yxatga olish texnikum.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Qabul 20-avgustgacha davom etadi.

⏏️ #Qabul_2021
MANBA: XPRESSUZ

Obuna bo'ling: 👉 @algoritm_edu
Bugun abituriyentlar o'zlari test topshiradigan joy bilan tanishib kelishlari mumkin — DTM

▪️
DTMga ko'ra, bugun ertalab soat 09:00 dan 10:00gacha abituriyentlar o‘zlari test topshirishi belgilangan stadion yoki xiyobonga kelib, u yer bilan tanishib ketishi mumkin.

Bunda abituriyentlar videofiksatsiyadan o‘tkazilib, videofiksatsiya tizimi sinovdan o‘tkaziladi.

⏏️ #Qabul_2021
Manba: ➡️ Xpressuz

Obuna bo'ling 👉 @algoritm_edu
Bu yil abituriyentlar soni o‘tgan yilgidan 535 mingtaga kam

▪️2020-yilda 1 484 085 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan edi. DTM bu yil abituriyentlar soni 1,6 millionga yaqin bo‘lishini taxmin qilayotgandi. Biroq amalda hujjat topshirganlar 1 millionga yetmadi: 948 211 kishi bakalavriatda o‘qimoqchi.

948 211 – bu yakuniy raqam. To‘lov qilmagan, ta’lim yo‘nalishini tanlamagan va hali maktabni tamomlamagani aniqlangan abituriyentlar bu statistikaga kiritilmagan.

⏏️ #Qabul_2021
Manba: Xpressuz

Obuna bo'ling 👉 @algoritm_edu
Biologiya bo'yicha tarqalgan test topshiriqlari kitobi kecha Namanganda o'tgan testga oid bo'lgan — DTM

▪️Ijtimoiy tarmoqlarda 5-avgustda bir nechta fandan savollar kitoblari rasmlari tarqab ketdi. DTMga ko'ra, biologiya bo'yicha 1122414 raqamli test topshiriqlari kitobi 5-avgustdagi testlarga oid. Va abituriyent imtihonda telefondan foydalanayotganda dalolatnoma asosida testdan chetlashtirilgan.

Qolgan fanlardan tarqalgan test topshiriqlari kitobi 5-avgustda o'tgan imtihonga oid emas.

⏏️ #Qabul_2021
Manba: xpressuz

Obuna bo'ling 👉 @algoritm_edu
Yangi O‘zbekiston universitetiga imtihonlar sentabr oyining boshida o‘tkaziladi

▪️Bu haqda Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil etish departamenti boshlig‘i Samariddin Shamsiyev ma'lumot berdi, deb xabar bermoqda Xpress.uz muxbiri. Unga ko‘ra, o‘qish oktabr oyidan boshlanadi.

Ma'lumot uchun, Yangi O‘zbekiston universitetiga kimyo, mexanika, dasturiy ta'minot muhandisligi yo‘nalishlariga 100 nafardan talaba qabul qilinadi. Qabul 15-avgustgacha davom etadi.

⏏️ #Qabul_2021
Manba➡️Xpressuz

Obuna bo'ling 👉@algoritm_edu
$18 ming evaziga yuridik universitetga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

▪️Toshkent viloyatida 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro abituriyentni TDYUga o‘qishga kiritish uchun $18 ming olayotganda ushlangan.

▫️Farg‘onada 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro abituriyentni Jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialiga o‘qishga kiritishni va'da qilib, $5 ming olgani aniqlangan.

▫️1995-yilda tug‘ilgan namanganlik shaxs abituriyentni Qirg‘izistonning Batken viloyatiga o‘qishga kiritishni va'da qilib, $2,5 ming olayotganda qo‘lga tushgan. — Prokuratura departamenti

⏏️
#Qabul_2021
Manba: ➡️xpressuz

Obuna bo'ling 👉@algoritm_edu