Akramov Abdumalik
133 subscribers
2.26K photos
228 videos
19 files
821 links
Parlament faoliyati, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tahlili va unga munosabat...
Download Telegram
⚡️Ёшлар фестивали – 2025 концерт дастурида "Ёшлар ойлиги" давомида фаол бўлган энг муносиб ёшлар эътироф этилди! 🥳

Ушбу юксак эътироф билан тақдирланган барча ёшларни чин дилдан табриклаймиз!
🏢Yoshlar — davlat va jamiyatning hal qiluvchi kuchi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan “30-iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yoshlar–Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.


🔴BATAFSIL

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Қуёшда қизиган ичимлик — заҳарми?

Ёз фаслида чанқоқни босиш учун турли хил салқин ичимликларга мурожаат қилиш одатий ҳол. Айниқса, газли сувлар, рангли ичимликлар ва энергетик маҳсулотлар бу мавсумда кенг истеъмол қилинади. Аммо савдо нуқталарида, айниқса йўл четларида, қуёш нури остида сақланаётган бу каби маҳсулотлар ортида жиддий хавфлар яширинганини кўпчилик англаб етмайди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/734794

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе
Ўқишни кўчириш бўйича ўтиш баллари тасдиқланди

Энг юқори ўтиш балли ҳуқуқ соҳаси учун белгиланди – 165 балл. Ўқишни кўчириш бўйича аризалар 5 августгача қабул қилинади.
#OʻqishniKoʻchirish

⚡️E’lon! Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi

2025/2026-o‘quv yili uchun respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:

2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – transfer.edu.uz;

xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlarigamy.uzbmb.uz.

Arizalar 2025-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🕊Oq yoʻl sizga, bitiruvchilar!

🎓Bitiruvchi – 2025: Urganch davlat universiteti bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi

➡️Bugun , 16-iyul kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetini muvaffaqiyatli tamomlagan magistr hamda bakalavr bosqichi bitiruvchilariga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, faxriy professor-o‘qituvchilar, bitiruvchi talaba-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Bu kun nafaqat bitiruvchilar, balki ularni ilm yo‘lida tarbiyalagan ustozlari va fidoyi ota-onalari uchun ham faxrli va hayajonli onlarga boy bo‘ldi.

➡️Tantanali marosim O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi. Tadbirni UrDU rektori v.v.b S.Xodjaniyazov tabrik soʻzi bilan ochib berdi, bitiruvchilarni muvaffaqiyatli tamomlaganlari bilan tabrikladi. Yurtimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida to'xtalib, universitetning bugungi kundagi yutuqlari buning yaqqol dalili ekanini ta'kidladi.

➡️Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rahbari A.Akramov ham ishtirok etib, tabrik nutqi bilan chiqish qildi. Shuningdek, universitet faxriy professor-o'qituvchilari X.Bobojonov va S.Masharipovalar so'zga chiqib, bitiruvchilarni samimiy tabriklashdi. Shundan so‘ng, diplom topshirish marosimining asosiy qismiga start berildi.

Ta’kidlash joizki, 2024/2025 o‘quv yilida Urganch davlat universitetini jami 6 677 nafar talaba muvaffaqiyatli tamomladi. Shundan 222 nafari magistr, 6455 nafari bakalavr darajasidagi talabalardir. Bakalavriat bosqichi talabalarining 83 nafari imtiyozli diplom asosida tamomladi.


🎊Urganch davlat universiteti jamoasi bitiruvchi yoshlarimizni chin yurakdan tabriklaydi va kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
⚡️Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi

Kirish test sinovlari 2025-yil 24-iyul kuni respublikamizning barcha hududida, 25-iyul kuni Toshkent shahrida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.

Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:
🟢birinchi smena soat 9:00 da;
🟢ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.

❗️Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi.

🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda👈
👉 IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)

#Qabul2025 #Imtihon

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
⚡️Akademik litseylarga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun hujjat topshirgan o‘quvchilar diqqatiga!

Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini olishi mumkin:

1️⃣ my.edu.uz platformasida shaxsiy kabinetga login va parol bilan kirgan holda yuklab olishi;

2️⃣ Bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.

❗️Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi.

🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda👈
👉 IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)

#Qabul2025 #AkademikLitsey #Ruxsatnoma

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram