Akmal Murodov
439 subscribers
7.84K photos
3.74K videos
14 files
5.86K links
"O‘zsuvta’minot" AJ Axborot xizmati rahbarining rasmiy kanali

Rasmiy sayt: uzsuv.uz

Murojaat uchun: @uzsuv_oav
Download Telegram
Forwarded from O‘zsuvta'minot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

🔈Bugun "Daryo.uz" internet nashrining "Telegram" ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasida Chirchiq daryosiga kanalizatsiya quvuridan oqova suv chiqayotganligi haqida xabar tarqaldi.

📝"Toshkent suv taʼminoti" MChJ Boʻstonliq tuman boʻlimi mutasaddilari zudlik bilan joyiga chiqib, vaziyatni oʻrganganda ushbu quvur kanalizatsiya quvuri emasligi, sugʻorishdan ortib qolgan ariq suvlari chiqarilayotganligi aniqlandi.

❗️Shu o‘rinda, ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollaridan tekshirilmagan yoki yolg‘on xabarlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | YouTube | Chat
#rasmiy_munosabat

📲Facebook ijtimoiy tarmogʻida Chirchiq shahri "Sugʻdiyona" koʻchasidagi aholi vakilidan ichimlik suvi loyqaligidan shikoyat mazmunida tarqalgan murojaat yuzasidan #munosabat

🔷“Toshkent suv ta’minoti” MChJ Chirchiq shahar boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-51-18-sonli qarori asosida joriy yilning 2-avgustida Chirchiq shahridagi “Yulduz”, “Turon”, “Hayot guli” va “Ahmad Yassaviy” MFYlarida ichimlik suv quvurlarini rekonstruksiya qilish va zulfinlarni almashtirilishi maqsadida 27 ta MFY da ichimlik suv ta’minoti vaqtincha toʻxtatilishi haqida e’lon berilgan.

🏗Rekonstruksiya natijasida ichimlik suvi quvurida yigʻilgan loyqa quvurlar orqali chiqqan va iste’molchida norozilik paydo boʻlgan. Bir necha daqiqa davomida suv oqizilgach quvurdagi loyqalar oqib, odatdagi kabi shaffof suv oqa boshlagan.

❗️Mas'ullar tomonidan murojaat tushgan hudud va xonadondan ichimlik suvini tekshirish maqsadida namunalar olinib iste’molchiga tushuntirish ishlari olib borildi.
#rasmiy_munosabat

📲Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali Ohangaron shahar 1-daha "Oxunbovoyev" mahallasida suv quvurlari yotqizilganidan soʻng yoʻllar talab darajasida tartibga keltirilmaganligidan norozilik bildirilgan murojaatga munosabat.

❗️Murojaat yuzasidan Ohangaron shahar suv taʼminoti filiali mutasaddi xodimlari hududda ichimlik suv quvurlari yotiqish ishlari davom etayotganligini, mazkur ishlar yakunida yoʻllarga asfalt qoplama yotqizilishini bildiradi va bu borada murojaatchiga ham tushuntirish berildi.

Murojaatlaringizni quyidagi bot manziliga yo'llashingiz mumkin:

👉🏻 BOT
Forwarded from O‘zsuvta'minot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi “Samarqand” MFY aholisining ichimlik suvi ta'minoti sifatini yaxshilash bo‘yicha “Millar” dasturi orqali qilingan murojaatiga rasmiy munosabat.

Mazkur murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

Yoz fasli kelishi bilan aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoji ortadi. Bu esa ko‘pgina hududlar, jumladan, yuqorida qayd etilgan hududda ham suv bosimining pasayishi tufayli ta'minotdagi uzilishlarga sabab bo‘lmoqda. Ayni paytda "Jizzax suv ta'minoti" MChJning Zafarobod tuman filiali tomonidan ushbu manzilda suv ta'minoti sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Unga qadar esa maxsus suv tashuvchi transport vositalari orqali ichimlik suvi yetkazib berish ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Batafsil "Jizzax suv ta'minoti" MChJ Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan lavhada

|
🗝Cabinet |🌐Website
|🤖Bot |Telegram
|💬Facebook |🌐Instagram
|
📹YouTube |💬Chat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda:
“Ohangaron manzil koloniyasidagi mahkum pora bilan ushlandi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabarda 2 nafar shaxs o‘zaro kelishgan holda, qurilish firmasi rahbariga, o‘zlarining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Qo‘shko‘pir tumanidagi 72,5 mlrd. so‘mlik ichimlik suvi tarmog‘ini tortish loyihasini tender savdolarisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib berishni va’da qilib, evaziga obyekt qiymatining 6 foizining ma’lum qismini jarayonida ushlanganligi haqida ma’lumot berilgan.


Mazkur xabar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

Aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan qurilish ishlarida pudratchi tashkilot xabarda keltirilganidek tender savdolarisiz yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlanmaydi.
Balki, qurilish sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarning oʼz vaqtida va samarali ijro etilishini tashkil etish va nazorat qilish maqsadida Shaffof qurilish platformasi orqali talabgor (pudratchi) aniqlanadi. Ya’ni qurilish ishlari tender platformasi inson omilisiz amalga oshiriladi, bunda talabgorning ma’lumotlarini avtomatik tekshirish maqsadida Soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Majburiy ijro byurosi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi va Markaziy bank ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya
qilingan.

👉 akmal_murodov👈
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali berilgan "Navoiy viloyat “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasi ishchilari qonuniy yordam so‘rashmoqda" sarlovhali murojaat yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

"Navoiy suv ta'minoti" AJ mas‘ullari holat aslida qanday ekanligi yuzasidan quyidagilarni ma‘lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 oktyabrdagi PQ-343-sonli qarori 13-ilovasida “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasi tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinayotgan hududlardagi ichimlik va oqava suv tizimi obyektlarini «O‘zsuvta’minot» AJ va uning tizim korxonalariga o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

Ushbu qarorga asosan murojaatda keltirilgan masalalar bo'yicha hech qanday qonunbuzilish holatlari mavjud emas, shuningdek mazkur korxona ishchi-xodimlarining ish o'rinlari va maoshlari saqlangan holda "Navoiy suv ta'minoti" AJ tasarrufiga o‘tkazilishini ma‘lum qilamiz.
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali bugun e‘lon qilingan murojaat yuzasidan "Navoiy suv ta'minoti" AJ mas‘ullari quyidagilarni ma‘lum qiladi:

Murojaatdagi avtoulov masalasi tegishli organlar tomonidan qonuniy tartibda ko‘rib chiqilayotganligini bildiramiz.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 oktyabrdagi PQ-343-sonli qarori 13-ilovasida “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasi tasarrufidagi ichimlik va oqava suv tizimi obyektlarini «O‘zsuvta’minot» AJ va uning tizim korxonalariga o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

Ushbu qarorga asosan, O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 156-moddasi talablari asosida “Issiqlik manbai” DUKdan o‘tkazilayotgan ishchi xodimlarni ishlayotgan ish joyi va lavozimi saqlangan holda, amaldagi oylik maoshidan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi bilan ta’minlangan holda "Navoiy suv ta'minoti" AJga o‘tkazilishini ma‘lum qilamiz.

💧"Navoiy suv ta'minoti" AJ Axborot xizmati

Cabinet |Bot|Telegram|Facebook| Youtube|Instagram|Chat| Website