Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
Forwarded from O‘zsuvta'minot
Islohotlar natijasi: Qorovulbozorda 7900 nafar aholi uzluksiz ichimlik suvi suvi bilan ta'minlandi
🔼 So‘nggi yillarda mamlakatimizda, xususan Buxoro viloyatida aholi va tadbirkorlik subyektlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqova suv xizmatlari bilan qamrab olish darajasini oshirish, sanitariya-epidemiologik va ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha izchil islohotlar olib borilmoqda. Bu ezgu ishlarning markazida esa davlatimiz rahbarining oqilona siyosati, sohaga qaratilgan yuksak e’tibor va tashabbuslari mujassam.
💬 Ayni paytda Buxoro viloyatidagi 2044 ming aholining 74 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Qolgan 26 foiz aholi muqobil manbalardan foydalanmoqda va shu bilan birga ichimlik suvi maxsus transport vositalari orqali yetkazib berilmoqda. 13 ta shahar va tumanning 5 tasida aholining 96–100 foizi toza suv bilan ta’minlangan.
🏆 Ta’kidlash joiz, sohaga berilgan e’tibor hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish natijasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, xalqaro hamkorlik natijasida OIIB ishtirokidagi “Buxoro viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Qorovulbozor tumanida loyiha qiymati – 1,610 mln AQSh dollari boʻlgan yirik suv infratuzilmasi obyektlari barpo etildi.
✔️ Loyiha doirasida “Bo‘zachi” va “Navbahor” suv taqsimlash inshootlari rekonstruksiya qilingan boʻlsa, “Jarqoq” nomli yangi suv taqsimlash inshooti barpo etildi. Shuningdek, 9 km ichimlik suvi tarmoqlari qurib bitkazildi. Mazkur inshootlarda zamonaviy texnologiyalar joriy etilib, toza suv havzalari, nasos va filtrlash stansiyalari, quyosh panellari, suv o‘lchagichlar va dizel generatorlari o‘rnatildi. Obodonlashtirish va xavfsizlik tizimlari (KPP, devorlar) yangilanib, SCADA tizimi orqali masofaviy boshqaruv yo‘lga qo‘yildi.
🔴 Natijada 7900 nafardan ortiq aholi (1780 ta xonadon), 3 ta maktab, 3 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 1 ta “Yoshlar markazi” va 3 ta OShP ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlandi, 3800 m³ toza suv zaxirasi yaratildi.
📌 Bugun mazkur obyektlarning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi v.b. Axmad Suvankulov yangi inshootlarning foydalanishga topshirilishida ishtirok etib, aholining quvonchi va mamnunligiga guvoh bo‘ldi.
📣 Bu kabi islohotlar, xalqimiz farovonligi va sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Asosiy maqsad – har bir xonadonga toza va sifatli ichimlik suvini yetkazishdir!
#Buxoro #Islohot #Ochilish_marosimi #OIIB
#Buxoro #Islohot #Ochilish_marosimi #OIIB
|🗝 Cabinet |🌐 Website
|🤖 Bot |😄 Telegram
|💬 Facebook |🌐 Instagram
|📹 YouTube |🕊 Twitter
|💬 Chat |✅ TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2🔥1