Akhtam Yakubov blogi
1.08K subscribers
63 photos
142 videos
1 file
35 links
Xalqaro yurist, advokat, yuridik fanlari doktori, mediator, Qarshi xalqaro universiteti ta'sischisi va rektori, Sino tibbiyot texnikumi asoschisi, "Patronlar ligasi" va "1000X" Biznes klubi direktorlar kengashi a'zosi, motivator-kouch.
Download Telegram
TDYU – nafaqat taʼlim maskani, balki xalqaro huquqiy hamkorlik va diplomatik muloqotlar markazi.

So‘nggi 3,5 oy ichida Toshkent davlat yuridik universitetidagi faoliyatim davomida chuqur bir haqiqatga yana bir bor amin bo‘ldim: bugun taʼlim muassasalari nafaqat bilim beruvchi, balki davlatlararo siyosiy, madaniy va huquqiy aloqalarni mustahkamlovchi strategik maydonga aylanmoqda.

TDYU – ana shunday maskan. Shu qisqa vaqt ichida 5 ta davlatning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchilari, xalqaro tashkilotlar vakillari, dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan adliya vazirlari, huquqiy akademik doiralarning nufuzli namoyandalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdik, amaliy takliflar va istiqbolli loyihalarni muhokama qildik. Bu tashriflar rasmiy protokol darajasida emas, balki mazmunli muloqot va kelajakni rejalashtirish darajasida bo‘ldi.

Bugun esa TDYUda yana bir tarixiy uchrashuvga guvoh bo‘ldik.
Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Tamer Muhammad universitetimizga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida Misr va O‘zbekiston huquqiy maktablari o‘rtasida ilmiy almashinuvlar, qo‘shma tadqiqotlar, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish dasturlari va talabalar uchun almashuv imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha qator takliflar bildirildi.

Biz huquqiy ta’limni xalqaro miqyosga olib chiqishni maqsad qilganmiz. Shu yo‘lda diplomatik hamkorliklar, huquqiy muloqot va xalqaro doiralarda TDYU obro‘sini yuksaltirish ustuvor vazifamizdir.

Sizni kimlar o‘rab turgani, kimlar bilan suhbat qilayotganingiz – bu sizning fikrlash doirangiz, qarashlaringiz va kelajagingizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi.
TDYUda bunday imkoniyatlar kundan-kunga ortib bormoqda. Bu esa bizning talaba-yoshlarimizga xalqaro huquq, diplomatiya va ilm-fanning markazida bo‘lish imkoniyatini yaratadi.

TDYU – bu o‘zgarishlar markazi. Va biz bu markazda bo‘lishdan faxrlanamiz.
👍22❤‍🔥75🥰2🤩2🙏21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Miyaga Yaxshi Fikrlar Urug‘ini Ekish
Har bir insonning fikrlash jarayoni go‘yo unumdor yer kabi. Kimdir sizning miyangizga bir fikr urug‘ini ekkanida, u asta-sekin o‘sib, ong ostingizda o‘z o‘rnini topadi. Masalan, sizning hayolingizda mashina sotib olish rejasi yo‘q bo‘lsa ham, kimdir shu g‘oyani sizga taklif qilsa, asta-sekin o‘sha fikrga ko‘proq e’tibor qaratishni boshlaysiz. Bu jarayonda siz atrofingizdagi mashinalarga ko‘proq ahamiyat berasiz, ular haqida o‘ylashga tushasiz, va oxir-oqibat o‘sha fikrni amalga oshirishga intilasiz.

Shuning uchun yoshlarda va atrofdagilarda ham yaxshi va foydali fikrlarni shakllantirish, ularning ongiga ijobiy g‘oyalar urug‘ini ekish lozim. Bu fikrlar vaqt o‘tishi bilan shakllanib, ularning hayotida katta natijalarga olib keladi.
👍27❤‍🔥55🥰5💯3🕊2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yo‘lda o‘tadigan vaqtni unumli o‘tkazish — bu nafaqat vaqtni tejash, balki o‘z-o‘zini rivojlantirish, bilim olish va ruhiy holatni yaxshilash uchun ham ajoyib imkoniyatdir. Quyida yo‘ldagi vaqtingizni samarali o‘tkazish uchun foydali texnikalar va tavsiyalar bilan tanishasiz.



📚 1. Yo‘lda kitob o‘qish: odatni rivojlantirish

Agar jamoat transportida yurayotgan bo‘lsangiz, ertalabki yo‘l vaqtida kitob o‘qish — kunni to‘g‘ri boshlashning ajoyib usuli. Bu odatni quyidagicha rivojlantiring:
Oldindan tayyorgarlik ko‘ring: O‘qimoqchi bo‘lgan kitobingizni yoki maqolangizni telefoningizga yuklab oling yoki e-kitob qurilmangizga saqlang. Bu sizga yo‘lda internetga bog‘lanmasdan o‘qish imkonini beradi.
Maqsad qo‘ying: Masalan, “Bekatga yetguncha bir bobni o‘qiyman” kabi aniq maqsadlar motivatsiyani oshiradi.
Qisqa materiallarni tanlang: Yo‘lda uzoq matnlarni o‘qish qiyin bo‘lishi mumkin, shuning uchun qisqa maqolalar, hikoyalar yoki eslatmalarni o‘qish qulayroq bo‘ladi.
Qulay qurilmalardan foydalaning: Telefon yoki kichik planshetlar yo‘lda o‘qish uchun qulay. Katta qurilmalar bilan ishlash noqulay bo‘lishi mumkin.



🎧 2. Audiokitoblar va podkastlar: harakatda bilim olish

Agar mashina haydayotgan bo‘lsangiz yoki piyoda yurgan bo‘lsangiz, audiokitoblar va podkastlar sizga bilim olish imkonini beradi:
Audiokitoblar: Audible, Storytel, BookBeat kabi platformalarda sizga qiziqarli bo‘lgan kitoblarni tinglashingiz mumkin.
Podkastlar: Qiziqishlaringizga mos podkastlarni toping. Masalan, til o‘rganish, tarix, texnologiya yoki shaxsiy rivojlanish mavzularida podkastlar mavjud.
Til o‘rganish: Duolingo, Babbel, yoki Coffee Break kabi ilovalar yordamida yangi til o‘rganishni boshlang. Bu nafaqat foydali, balki yoqimli ham bo‘ladi.



🧘‍♂️ 3. Mindfulness va meditatsiya: ruhiy holatni yaxshilash

Yo‘lda ruhiy holatingizni yaxshilash uchun quyidagi texnikalardan foydalaning:
Box breathing: 4 soniya nafas oling, 4 soniya ushlab turing, 4 soniya nafas chiqaring, 4 soniya kuting. Bu usul stressni kamaytiradi.
Meditatsiya ilovalari: Headspace yoki Calm kabi ilovalar yordamida qisqa meditatsiyalarni tinglang.
O‘z-o‘zini tahlil qilish: Kun davomida nimalarga erishmoqchisiz? Yo‘lda bu haqida o‘ylab, rejalaringizni tuzing.



📝 4. Rejalashtirish va fikr yuritish: kunni samarali boshlash

Yo‘lda quyidagi ishlarni amalga oshiring:
Kunlik reja tuzing: Telefoningizdagi eslatmalar ilovasida yoki daftar orqali kunlik vazifalaringizni yozing.
Fikrlarni yozib oling: Yangi g‘oyalar yoki muhim fikrlar kelganda, ularni yozib qo‘ying yoki ovozli yozuvlar orqali saqlang.
O‘z-o‘zini baholash: O‘tgan kunni tahlil qiling, nimalarga erishdingiz va nimalarni yaxshilash kerakligini aniqlang.



🧩 5. Qiziqarli mashg‘ulotlar: yo‘lni zavqli o‘tkazish

Yo‘ldagi vaqtni yanada qiziqarli qilish uchun:
Til o‘rganish: Har kuni yangi so‘zlarni o‘rganing va ularni eslab qolishga harakat qiling.
Yangi narsalarni o‘rganish: Qiziqarli faktlar, tarixiy voqealar yoki ilmiy yangiliklar haqida o‘qing yoki tinglang.
O‘yinlar o‘ynang: Miya faoliyatini oshiradigan o‘yinlar (masalan, so‘z topish o‘yinlari) bilan shug‘ullaning.



🔄 6. Odatlarni shakllantirish: muntazamlik muhim

Yo‘ldagi vaqtni samarali o‘tkazish uchun quyidagi odatlarni shakllantiring:
Vaqtni belgilash: Har kuni yo‘ldagi vaqtni ma’lum bir faoliyatga ajrating. Masalan, ertalab audiokitob tinglash, kechqurun esa meditatsiya qilish.
Qulay muhit yaratish: Quvvatli quloqchinlar, qulay o‘rindiq va kerakli ilovalar yordamida yo‘ldagi vaqtni yanada samarali o‘tkazing.
Motivatsiyani oshiring: Erishgan yutuqlaringizni qayd eting va o‘zingizni mukofotlang.
👍244🔥31😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2 kun davom etgan I-Xalqaro yoshlar yuridik forumi o‘z nihoyasiga yetdi.

Ushbu forum nafaqat turli davlatlardan tashrif buyurgan iqtidorli yosh yuristlar uchun o‘z bilim va salohiyatini namoyon qilish, tajriba almashish, do‘stlar orttirish imkonini berdi, balki bugungi ziddiyatlarga to‘la murakkab dunyoda huquqshunoslik kasbining buguni va ertasi, xavotirlari va istiqbollari, yutuqlari va muammolari bo‘yicha ochiq va sermazmun muloqotlar maydoniga aylandi.

Forum jarayonida xalqaro tajriba, huquqiy islohotlar va dolzarb tendensiyalar atroflicha tahlil qilindi. Har bir sessiya, har bir munozara – o‘ziga xos bilim maktabi bo‘ldi.

📌 Tadbirni yuqori saviyada o‘tkazishda tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlab, ilhom bergan Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti rahbariyatiga, bir necha oy davomida kunu tun samimiy mehnat qilgan, chinakam fidoyilik namunasini ko‘rsatgan, yonimizda turib yelkadosh bo‘lgan jamoa a’zolarimga, hamda bu forumning asosiy yuragi bo‘lgan aziz talabalarimga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.

Bu tadbir men uchun katta hayotiy saboqlar, beqiyos tajriba, eng asosiysi – jamoamiz azolarining haqiqiy salohiyati, fidoyiligi va mas’uliyatini yaqindan ko‘rish, ularni saralab olish va rag‘batlantirish uchun bebaho imkoniyat bo‘ldi.

🤍 Shu quvonchli damlarimizga sherik bo‘lgan barcha qadrdonlarimga, yaqinlarimga, bizni kuzatgan, duo qilgan, qalban birga bo‘lgan barcha do‘stlarimga tashakkur aytaman.
15👍9🎉2🕊21🥰1🙏1
Forwarded from TSUL-Library
#maqola

Халқаро ҳамкорлик

ҲУҚУҚИЙ ТАФАККУР ВА ГЛОБАЛ МУЛОҚОТ

🏛 ТДЮУ проректори, юридик фанлар доктори, доцент Ахтам Якубовниенг фикрлари

🎤 “Янги Ўзбекистон” газетаси мухбири Лутфулла Сувонов ёзиб олди.

"Янги Ўзбекистон" газетаси 113 сон 5 июнь 2025 йил.

👉@tsullibrary👈



✍️ Мнения Ахтама Якубова, проректора ТГЮУ, доктора юридических наук.
🎤 Записал корреспондент газеты "Янги Ўзбекистон" Лутфулла Сувонов.

Газета "Янги Ўзбекистон" № 113 от 5 июнь 2025г.
текст на узбекском языке.

👉@tsullibrary👈
👍1510🔥4🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
15🙏6👍4🔥4🥰3👏2❤‍🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kasb tanlashda nimalar muhim? | Axtam Yakubov

😎 youtu.be/TNEJM8WADQE

🎙 Boshlovchi: Umid Hudoyberdiyev - tadbirkor, moliya va investitsiya bo‘yicha 20 yillik tajribaga ega mutaxassis.
🔹 Mehmon: Axtam Yakubov - yuridik fanlari doktori, TDYU prorektori, bir qancha xususiy ta'lim loyihalari asoschisi.

00:00 - Treyler
01:47 - "Yakubov school" videoroligi
02:17 - Podkast boshlanishi. "Yo'l podkast" loyihasining maqsadi
02:59 - "Yo'l podkast" loyihasining birinchi soni mehmoni Atham Yakubov
06:00 - To'g'ri kasb tanlash. Hayotda missiya va maqsad o'rnatish.
06:26 - Kasb tanlashda nimalar muhim?
09:00 - O'qi, uylan, ish top strategiyasi
14:47 - Jamiyat ikkiga bo'lingan o'qi degan mavzuda
16:20 - Kelajak universitetlari nafaqat bilim beradigan balki jamiyatga moslashtiradigan maydon bo'ladi
19:40 - Keyingi 20 yillikda yoshlar o'ziga o'zi ish berish tendensiyasida ketadi
22:23 - Yurisprudensiyani necha foiz bitiruvchilari ish bilan ta'minlanadi?
25:50 - Bitta mutaxassislikni olish uchun 3-4 yil umr sarflash shart emas
27:40 - Kelajakdagi o'zgarmas ko'nikmalar haqida
28:30 - O'qishga kirishdagi yoshlarning tanlov masalasi
31:15 - Inson o'zini topishi kerak
33:40 - Hozirgi yoshlarning xatosi
35:45 - Yurisprudensiya yo'nalishini og'irroq bir tomoni
43:40 - Bola orzu qilishni qolgan bolalardan o'rganadi
47:58 - Insonning kasbi nafaqat tafakkuriga balki jismiga ham yarashishi kerak
49:15 - O'zbekistondagi o'rtacha oyliklarning statistikasi
54:45 - Professorning o'rtacha oylik maoshi qanday?
57:00 - Qaysi kasblar tug'ma talant talab etadi?
01:02:52 - Ota-onamgilar bilan birga o'tirib dars qilmaganman
01:04:17 - Inson muvaffaqiyatga erishishida tilning o'rni
01:10:20 - Kasb tanlashda ustoz va ota-onaning o'rni
01:15:20 - Ustoz va shogird munosabatlari
01:16:27 - Blits savollar


"Yo'l podkast" loyihasining maqsadi: Yoshlarga to'g'ri va o'zlari yaxshi ko'radigan kasb tanlashda to'g'ri yo'l ko'rsatish.

Podkast davomida aytilgan gaplarning shirali joylarini eshitish uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling:
👉 @YolPodkast
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥52🙏1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹 Kelajakdagi o'zgarmas ko'nikmalar haqida

🎙 Spiker: Axtam Yakubov - yuridik fanlari doktori, TDYU prorektori, bir qancha xususiy ta'lim loyihalari asoschisi.

📹 To'liq videoni tomosha qiling:
👉 youtu.be/TNEJM8WADQE

Podkast davomida aytilgan gaplarning shirali joylarini eshitish uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling:
👉 @YolPodkast
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥115👏31👍1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹 Hozirgi yoshlarning eng katta xatosi

🎙 Spiker: Axtam Yakubov - yuridik fanlari doktori, TDYU prorektori, bir qancha xususiy ta'lim loyihalari asoschisi.

📹 To'liq videoni tomosha qiling:
👉 youtu.be/TNEJM8WADQE

Podkast davomida aytilgan gaplarning shirali joylarini eshitish uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling:
👉 @YolPodkast
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍64🎉1🙏1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹 Amerikadagi yoshlarning yutug'i

🎙 Spiker: Axtam Yakubov - yuridik fanlari doktori, TDYU prorektori, bir qancha xususiy ta'lim loyihalari asoschisi.

📹 To'liq videoni tomosha qiling:
👉 youtu.be/TNEJM8WADQE

Podkast davomida aytilgan gaplarning shirali joylarini eshitish uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling:
👉 @YolPodkast
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍143❤‍🔥2🥰2🎉2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qarshi xalqaro universitetida unutilmas lahzalar!

➡️ Har bir talaba universitetda tahsil olar ekan oʻz kelajagi uchun bir qadam oldinda ekanligini his qilishni xohlaydi.

Bizning talabalar ham yaqindagina boʻlib oʻtgan "Ma’rifat maydoni" koʻrik tanlovida faxrli birinchi oʻrinni egallaganliklari munosabati bilan KIU ustozlari tomonidan taqdirlandilar.

Shuningdek ushbu jarayonda ularning ota-onalari ishtiroki tadbirga oʻzgacha shukuh yaratdi.
👍17🔥7🏆4❤‍🔥221🎉1🙏1
#Tanlov

Toshkent davlat yuridik universitetining professor-o‘qituvchilar tarkibiga mavjud quyidagi bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga tanlov e’lon qilindi:

1) Davlat boshqaruvi kafedrasi — 2 shtat birligi (shundan: 1 shtat birligiga siyosiy-huquqiy va 1 shtat birligiga iqtisodiyot-menejment mutaxassisliklari bo‘yicha nomzodlar qabul qilinadi);
2) Ma՚muriy va moliya huquqi kafedrasi — 2 shtat birligi;
3) Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi — 2 shtat birligi;
4) Fuqarolik huquqi kafedrasi — 1 shtat birligi;
5) Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi — 2 shtat birligi;
6) Biznes huquqi kafedrasi — 1 shtat birligi;
7) Kriminalistika va sud ekspertizasi kafedrasi — 1 shtat birligi;
8) Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi — 3 shtat birligi;
9) Xorijiy tillar kafedrasi (ingiliz tili) — 1 shtat birligi;
10) Kiber huquq kafedrasi — 3 shtat birligi;

Mazkur lavozimlarga nomzodlar uchun qo‘yilgan malaka talablari (ko‘rsatilgan barcha lavozimlar uchun nomzodlar rus tilida ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish malakasiga ega bo‘lishi lozim) hamda tanlovda ishtirok etish tartibiga oid ma’lumotlar bilan batafsil tanishish va hujjat topshirish ushbu havola orqali amalga oshiriladi:


👉 https://vakansiya.adliya.uz/vacancy/1593#

Hujjat topshirish muddati 21.06.2025-yildan 02.07.2025-yilgacha (2-iyul oxirgi kun).


@hrtsul
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍132
Yoshlar va Oliy Ta’lim: 2025-yilda pasaygan abituriyentlar soni nimadan darak beradi?
2025-yilda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 732 411 nafarni tashkil etdi. Bu — so‘nggi yetti yildagi eng past ko‘rsatkich. 2020-yilda bu raqam 1,48 millionga yaqin bo‘lgan edi. Mutaxassislar fikricha, bu holatni faqat demografik pasayish bilan tushuntirish noto‘g‘ri — bu o‘zgarishlar tub mohiyatda yoshlar ongida, jamiyat ijtimoiy-siyosiy muhitida va ta’limga bo‘lgan yondashuvda yuz bermoqda.
📊 Abituriyentlar sonidagi pasayish: faktlar va raqamlar
Yil Abituriyentlar soni
2019 1 066 925
2020 1 484 085
2021 948 211
2022 1 214 232
2023 1 018 007
2024 894 279
2025 732 411
Shuningdek, gender tarkibda ham sezilarli tafovut kuzatildi:
Ayollar — 386 112 (52.7%)
Erkaklar — 346 299 (47.3%)
Yuqoridagi statistik ma’lumotlar OTMga bo‘lgan talab pasayayotganini, bu jarayon izchil va tizimli tus olayotganini ko‘rsatmoqda.
🌍 Jahon tendensiyalari bilan uyg‘unlik
O‘zbekiston holati global tendensiyalardan ajralib turmaydi. Masalan:
AQShda 2010-yildan 2022-yilgacha kollej va universitet talabalari soni 18 milliondan 14 milliongacha tushgan (National Student Clearinghouse).
OECD ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘plab mamlakatlarda 25–34 yoshli yoshlarning uchdan bir qismi eng yuqori ta’lim sifatida vokatsion (kasbiy) ta’limni tanlamoqda.
Google, IBM, Tesla kabi yirik kompaniyalar ishga olishda endilikda diplomni emas, amaliy ko‘nikma va tajribani ustuvor deb biladi.
O‘zbekistonda ham o‘nlab yoshlar aynan shu yo‘nalishga yuz tutmoqda: qisqa muddatli IT kurslari, grafika dizayn, SMM, video montaj, til o‘rganish kabi sohalar orqali muqobil, amaliy bilim olish imkoniyatlaridan foydalanishmoqda.
🧠 Yoshlar mentalitetidagi o‘zgarish: sabablar va baho
1. Diplom emas, ko‘nikma muhim degan qarash mustahkamlanmoqda
Yoshlar bugun ish bozoriga real ko‘z bilan qaramoqda. Ular ko‘rmoqda: daromadli ish uchun doim ham diplom kerak emas. Muhimi — ko‘nikma, portfel va ijtimoiy tarmoqdagi ishonch.
2. O‘z imkoniyatlarini real baholash
Ko‘p abituriyentlar testdan o‘tolmasligini oldindan anglab, resurslarini yo‘qotmaslikni afzal ko‘rmoqda. Bu o‘z-o‘zini anglash va ongli tanlovdir.
3. Imtihonsiz talaba bo‘lish istagi
Xorijiy OTMlar, ularning filiallari, nodavlat oliy ta’lim muassasalari va onlayn kurslar orqali osonroq va moslashtirilgan ta’lim olish istagi kuchaymoqda.
4. Alternativ ta’lim imkoniyatlarining ko‘payishi
Raqamli platformalar (Coursera, Udemy, Skillbox va boshqalar) orqali olingan sertifikatlar bugun mehnat bozorida real kuchga ega.
📉 Bu pasayish xavfmi yoki imkoniyat?
Ko‘plab ekspertlar fikricha, bu jarayonni muammo sifatida emas, balki ta’lim tizimi oldida turgan yangilanish zarurati sifatida qabul qilish kerak. Yoshlar klassik universitet modelidan chiqib, amaliy, qisqa muddatli, zamonaviy ta’lim shakllariga o‘tmoqda. Bu esa oliy ta’lim muassasalarini quyidagi savollar bilan yuzlashtiradi:
- Biz bozor talablari asosida ta’lim bermoqdamizmi?
- Bitiruvchimiz darhol ish boshlay oladimi?
- Dars berish metodlarimiz yoshlarning ruhiyatiga mosmi?
🔄 Yechim nima bo‘lishi kerak?
Ta’limni modul asosida yangilash – qisqa, intensiv, amaliy kurslar kiritilishi lozim.
- OTM va kasb-hunar ta’limi o‘rtasida integratsiya – ya’ni, amaliy bilim OTMda ham berilishi kerak.
- Ish beruvchilar bilan real hamkorlik – o‘quv dasturlari aynan bozor ehtiyojiga moslashtirilishi zarur.
- Yoshlar ovozini tinglash – ularning tanlovini hurmat qilish, muqobil ta’lim yo‘llarini qonuniylashtirish.
📌 Xulosa
2025-yilda O‘zbekistonda abituriyentlar sonining keskin kamaygani bu — tahdid emas, balki signal. Bu signal shuni anglatadiki, yoshlar o‘zgarayapti. Ular boshqa yo‘ldan borishga tayyor. Ular:
-o‘z vaqtini qadrlaydi,
-natijadorlikni afzal ko‘radi,
-ishga tayyor ko‘nikmaga ega bo‘lishni istaydi.
Endi savol: OTMlar ushbu o‘zgarish ortidan boradimi, yoki ortda qoladimi?
Bu savolga javob bizdan – siyosatchilar, olimlar, ta’lim rahbarlari va jamiyatning o‘zidan.
👍155🔥42
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 TDYUdagi Biznes Nonushta — Samimiy Muloqot va Ilg‘or G‘oyalar Uchun Maydon

Bugun TDYUda yana bir ezgu an’anamiz – Biznes nonushta bo‘lib o‘tdi. Bu format orqali biz xorijiy universitetlarni tamomlab qaytgan yosh o‘qituvchilar bilan rahbariyat va tajribali ustozlar o‘rtasida ochiq, samimiy va tusiqlarsiz muloqotni yo‘lga qo‘ydik.

🎯 Maqsad – chet elda o‘qib, “shamol” olgan yoshlarimiz bu yerda bo‘g‘ilib qolmasin. Aksincha, ularning out of box thinking – chegaradan tashqarida fikrlash ko‘nikmalari qo‘llab-quvvatlansin, ularning innovatsion yondashuvlari ta’lim jarayonimizni boyitsin.

💡 Uchrashuv davomida nafaqat xorijdagi ilg‘or tajribalar muhokama qilindi, balki hayotiy saboqlar, ta’limdagi dolzarb masalalar, shaxsiy va professional o‘sish borasidagi fikrlar ham almashildi.

Biz bu uchrashuvlarni muntazam tashkil etish orqali yoshlarga ilhom, yo‘l-yo‘riq va ishonch bag‘ishlaymiz. Chunki biz ishonamiz: haqiqiy o‘zgarish – ochiq muloqotdan boshlanadi.

#TDYU #BiznesNonushta #Mentorlik #YoshUstozlar #Ilg‘orTajriba #Ta’limdaO‘zgarish
👍118❤‍🔥2🔥2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Nega 5–6-sinf o‘quvchilariga “Etiket, moda va uslub” darslari kerak?

Bu yosh – shaxs shakllanishining muhim bosqichi. Shuning uchun bolaga odob, kiyinish madaniyati va tashqi ko‘rinish haqida to‘g‘ri tushuncha berish bevosita uning kelajagiga sarmoyadir.

💡 Nima beradi bu darslar?

O‘ziga ishonchni oshiradi
Toza, ozoda yurishni o‘rgatadi
Kattalarga hurmat va muomala madaniyatini singdiradi
Estetik did va ijodiy fikrlashni rivojlantiradi
Bullying (masxara) holatlaridan himoya qiladi
Kelajakdagi omma oldida chiqishlarga poydevor bo‘ladi

Bu darslar faqat kiyinish haqida emas. Bu – shaxs sifatida ulg‘ayish, jamiyatda o‘zini tutish, e’tiborli va didli inson bo‘lishni o‘rgatuvchi muhim saboqlardir.

🧠 Yoshlikda o‘rganilgan odob – butun umr xizmat qiladi.
9👍8😍2🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Safiya” xonasini tashkil qilishdan maqsad — qiz bolalarni hayotga har tomonlama tayyorlashdir. Qizlarimiz nafaqat bilimli, o‘z sohasida yuqori malakali mutaxassis bo‘lishlari, balki shu bilan birga — uy-ro‘zg‘or ishlari, pazandachilik, oilaviy mas’uliyatlar haqida ham yetarli tushunchaga ega bo‘lishlari muhim.

Bu xona orqali biz ularni kelajakda mehribon ona, oqila turmush o‘rtoq, mustaqil va kuchli shaxs sifatida tarbiyalashni maqsad qilganmiz. Chunki zamonaviy ayol – bu nafaqat kasbiy jihatdan yetuk, balki oila baxtining tayanchi bo‘la oladigan insondir.
👍18👏189🔥6