AKADEMIK BURCHAK
7.8K subscribers
1.42K photos
171 videos
178 files
1.75K links
Bizning burchakda ilm-fan bo‘yicha muhim va qiziqarli ma'lumotlarni kuzatib borishingiz mumkin.

Kanal - ilmiy faoliyatga qiziquvchilar uchun yaxshi manzil...
Download Telegram
Nodavlat OTMlarning ayrim talabalariga davlat tomonidan moddiy yordam koʻrsatiladi

Hukumat qarori (№181 02.05.2023) bilan nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalarini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi NIZOM tasdiqlangan

Unga koʻra:
Oliygohlar – har yili 15-sentyabrga qadar joriy oʻquv yilida ijtimoiy taʼminot yordami uchun mablagʻ oluvchi talabalar soni hamda ularga toʻlanadigan ijtimoiy taʼminot yordami uchun mablagʻ miqdorini hisoblaydi va byudjetdan zarur mablagʻlar ajratilishi yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga soʻrovnoma kiritiladi;


Batafsil: https://telegra.ph/Nodavlat-OTMlarning-ayrim-talabalariga-davlat-tomonidan-moddiy-yordam-ko%CA%BBrsatiladi-03-25



👉magistratura haqida👈

‼️Bakalavriat bosqichidagi talabalar uchun eng foydali ma'lumotlar

📍@akademik_burchak da bo'ling 🛋
👍3
#muhim

Ilmiy tadqiqot rejasini ishlab chiqishda nimalarga e'tibor berish kerak?!

Tadqiqot rejasini ishlab chiqish jarayonida aniq va tizimli yondashuv talab etiladi. Bu jarayonda quyidagi asosiy elementlarga e'tibor berish juda muhim:

1. Tadqiqot mavzusining aniqligi:
Mavzu bo'yicha chuqur tushunchaga ega bo'ling. Mavzu yanada spetsifik va dolzarb bo'lishi kerak.
Mavzuni tanlashda, uning ilmiy ahamiyati va amaliy qo'llanilishini hisobga oling.


👉davomini batafsil o‘qing👈

PhD student | master degree

📍@akademik_burchak da bo'ling 🛋
👍3
#imtiyozli #imtiyoz

⚡️“Bir million dasturchi” loyihasi kursni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga qanday imtiyoz beriladi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qaroriga asosan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATB banklari tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foizli stavka bilan iste’mol kreditlari ajratiladi va ularning foiz to‘lovlari Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan kompensatsiya qilib beriladi.

“Bir million dasturchi” loyihasi boʻyicha koʻp beriladigan savollarga javoblar: https://uzbekcoders.uz/faq


Asos: https://lex.uz/docs/-5668176

♻️TOP - 5 ta onlayn malaka oshirish platformalari haqida bu yerda o‘qing!

Ps: dasturchilarga yuborishni unutmang

📍@akademik_burchak da qoling🛋
👍2
Yosh tadqiqotchilarga ilmiy rahbarlik qilishda ustoz-olimlar o'ziga qanday talablar qo'yishi kerak?!

Fikrimizcha, ilmiy rahbarlarda quyidagi asosiy talablar va ko'nikmalar mavjud bo'lishi lozim:

-Yuqori malaka va bilim: Rahbar o'z sohasida chuqur bilimga ega bo'lishi, shuningdek, yangi tadqiqotlar va uslublardan xabardor bo'lishi kerak.
-Tadqiqot tajribasi: Katta miqdordagi ilmiy ishlar va tadqiqotlarda ishtirok etgan bo'lishi va bu borada nashr qilingan ishlari bo'lishi talab etiladi.
-Mentorlik qobiliyatlari: Rahbar tadqiqotchilarni rivojlantirish, ularning ilmiy qobiliyatlarini yuksaltirish va o'zlariga ishonch hissi berish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak.
-Aloqa ko'nikmalari: Ilmiy rahbar o'z fikrini aniq va ravshan ifoda eta olishi, shuningdek, murakkab g'oyalarni sodda qilib tushuntira olishi zarur.


👉Batafsil o'qish uchun👈

👨🏼‍🏫 Professor degani oʻzi nima ish qiladi? batafsil o'qish❗️

📍@akademik_burchak da qoling🛋
👍4
Davlat oliygohi yopilsa, qanday yo‘l tutiladi?

Nodavlat oliygoh va davlat oliygohining yopilishida ham ikki xil huquqiy standartlar amal qiladi. O‘zi davlat oliygohlari kamdan kam holda yopiladi, lekin shunaqa bo‘lishiga qaramasdan yopilgan holatlari ham bor.

Masalan, bir qancha yil oldin Angren davlat pedagogika universiteti yopilgan edi, ana shunda davlat talabalarni nima qildi deb o‘ylaysiz?

Albatta davlat oliygohi yopilganda birdaniga palapartish tartibda o‘qishni ko‘chirish degan tushuncha bo‘lmadi, davlat birinchi kursga qabul qilgan talabalarni to‘rtinchi kursni bitirib ketishlari uchun sharoit yaratib berdi, lekin boshqa birinchi kursga abituriyent qabul qilmadi.

Ya’ni bir davlat universitetining yopilishi to‘rt yil vaqt oldi, ana undan keyin yopildi. Nodavlat oliygohlarda esa boshqacha tartib, sud qaroridan keyin birdaniga ijro ishi boshlanib ketadi, talabalar boshqa nodavlat oliygohlargv tarqatib yuboriladi. Davlatnikiga o‘ta olmaydi, agar davlatnikiga o‘tmoqchi bo‘lsa, umumiy tartibda imtihon topshiradi.

Bu yomonmi?

Albatta yomon, talaba davlat oliygohida yoki xususiyda o‘qiydimi, u baribir mana shu davlatning fuqarosi hisoblanadi, u to‘lagan puldan ish o‘rinlari yaratilmoqda, ulardan davlat byudjetiga milliardlab soliq to‘lanmoqda, demakki talabalarning haq-huquqlari joy-joyiga qo‘yib qo‘yilishi kerak.

Talaba xususiy oliygohga davlatga ishonib bordi, u davlatga ishonib to‘lov qildi, davlatning bergan lisenziyasiga ishonib o‘qish uchun umrini, vaqtini sarfladi, endi davlat oliygohning lisenziyasini bekor qilsa, u talabaning huquqlarini ham joy-joyiga qo‘yishi kerak deb o‘ylayman.

Agar u o‘qiyotgan yo‘nalish boshqa nodavlatda yo‘q bo‘ladigan bo‘lsa, davlat bunga yechim berishi kerak, uni davlat oliygohining aynan o‘sha yo‘nalishiga hech qanday imtihonsiz olishi kerak, chunki bu talabaning huquqi, uni ixtiyoriy-majburiy tarzda xohlasang, shu, bo‘lmasa, katta ko‘cha deyish ham mumkin, lekin bu holatda mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan islohotlar degan gaplarni yig‘ishtirib qo‘yishimiz kerak.

🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰

▫️Nodavlat oliygohlarning litsenziyasi borligini qayerdan tekshirsam bo‘ladi? Javob

▪️Nodavlat OTMlarning talabalariga davlat tomonidan moddiy yordam koʻrsatiladimi? Javob

▫️Nodavlat oliygoh talabalari ham to‘lagan kontrakt pulidan 12% qaytarib olish huquqiga egami? Javob (video qo'llanama)

▪️Nodavlatdan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?
Javob

▫️Xorijdan nodavlat oliygohlarga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi? Javob

▪️Nodavlat oliygohlarning diplomi o‘tadimi? Javob

▫️Nodavlat universitetlari - Top 10 ligini bilasizmi? Javob

▪️Nodavlat universitetlar Oliy ta'lim rivojiga hissa qo‘shadimi? Javob

▫️Nodavlat universitet talabalari 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkinmi? Javob

▪️Nodavlat universitet yopilsa "Talabalar ko‘chada qolmaydi"

📍@akademik_burchak da qoling🛋
👍4🔥4


Professor | Dotsent

PhD student | magister degree
👍1
Oʻquv markazlarida IT sohasini oʻrganish uchun ham taʼlim krediti beriladi

Hukumatning tegishli qarori (№79, 27.02.2023y) bilan, nodavlat taʼlim tashkilotlarining oʻquv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun taʼlim krediti ajratish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlangan.

Qarorga koʻra, taʼlim krediti:


— bazaviy hisoblash miqdorining 65 baravarigacha (bugungi kunda 19 mln 500 ming soʻm) miqdorda;— Markaziy bankning asosiy stavkasida (bugungi kunda 15%);
— bir yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga;— har yili 5 ming nafargacha yoshlarga beriladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oila farzandlari uchun garov va kafillik talab etilmaydi.




⚡️“Bir million dasturchi” loyihasi kursni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga qanday imtiyoz beriladi? 👉Javob👈

Professor | Dotsent

PhD student | magister degree
👍2
‼️Қуйида сиз учун муҳим маълумотларни жамладик.

Фаолиятимизни қўллаб-қувватлаш учун маълумотларни илмий, таълимий гуруҳларга юбориб қўйинг.


0️⃣ Профессорлар учун;

1️⃣ Доцентлар (PhD);

2️⃣ Мустақил изланувчилар;

3️⃣ Таянч докторантлар;

4️⃣ Магистрантлар;

5️⃣ Бакалаврлар учун;

6️⃣ Нодавлат олийгоҳ талабалари учун;

📍@akademik_burchak да бўлинг🛋
👍4👏1
Nodavlat oliygohlarning diplomi o'tadimi?

Ko'pchilikni yoshlar va ota-onalarni mana shu savol qiynaydi. Litsenziyaga ega bo'lgan nodavlat oliygohlarning diplomi yurtimizda tan olinadi va davlat oliygohlari bitiruvchilari singari na'munadagi diplom beriladi.


Rasmda nodavlat Qo'qon universiteti tomonidan berilgan diplom na'munasi ko'rsatilgan. Bu diplomni davlat oliygohi diplomidan hech qanday farqi yo'q.


👉Nodavlat universitetlar talabari uchun barcha foydali ma'lumotlar👈
👍4👏1🙏1
⚡️Talabalarga akademik ta’til o‘quv yilining istalgan davrida, quyidagi muddatlarga beriladi:

harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;

homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga (MK 233-234-moddalar);

salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga (agar mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq talaba akademik ta’til muddatiga ta’limning mavjud sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilsa, navbatdagi semestrning boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga).


Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq OTM rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.

Talabaga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.


📍@akademik_burchak da bo‘ling 🛋
👍2


Professor | Dotsent

PhD student | master degree
👍1
QS-2024 @akademik_burchak.pdf
3.2 MB
📈 ТОП-1000 олийгоҳлар-2024

Ушбу рўйхатда дунёнинг халқаро даражада эътироф этилган ҚС рейтингида биринчи 1000 талик рўйхатидан жой олган энг кучли хорижий олий таълим муассасалари келтирилган.

Бирорта Ўзбекистон олийгоҳи бу рўйхатдан жой олмаган, лекин қўшни Қозоғистон Республикасининг нақд 20 та олийгоҳи ушбу рейтингдан жой олган.


⁉️Ўзингизни топинг

0️⃣
Профессорлар учун;

1️⃣ Доцентлар (PhD);

2️⃣ Мустақил изланувчилар;

3️⃣ Таянч докторантлар;

4️⃣ Магистрантлар;

5️⃣ Бакалаврлар учун;

6️⃣ Нодавлат олийгоҳ талабалари учун;

📍@akademik_burchak да бўлинг🛋
👍18🤔4🙏2👌1
#Yangilik

⁉️Aytishlaricha, magistratura va doktorantura uchun til bilish sertifikatlari talab qilinishi bekor qilinishi kutilmoqda.

Ayni vaqtda 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-son qarori qaytadan ko'rib chiqilmoqda va katta ehtimol magistratura va doktorantura uchun til sertifikati so'rash tartibi bekor qilinishi kutilmoqda.


Ushbu yangilik tasdiqlansa, yangi o'quv yilidan til sertifikatiga ega bo'lmaganlar talabgorlar ham magistratura va doktorantura uchun hujjat topshirishlari mumkin.

👉Manba👈

@akademik_burchak da bo‘ling
👍18🔥3🤔1
Talaba akademik ta’til davrida o‘qishini onlayn tarzda davom ettirsa bo‘ladimi?

Akademik ta’til beriladigan talabalar arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) buyrug‘iga muvofiq, uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazilishi mumkin.
Bunda oliy ta’lim muassasasida murojaatchi o‘qiyotgan ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi) bo‘yicha sirtqi yoki masofaviy ta’lim shakli mavjud bo‘lgan taqdirda talabaning o‘qishi arizasiga ko‘ra belgilangan muddatga ushbu ta’lim shakliga o‘tkaziladi.


👉Bakalavr talabalari uchun eng foydali ma'lumotlar👈



Professor | Dotsent

PhD student | master degree
👍2
⁉️Magistraturaga kirishdagi majburiy chet tili sertifikat talabi sabab oliygohlar 3 yilda 206 mlrd 435 mln so‘m yo‘qotgan!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-son qarori tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazilmoqda.

Vazirlik tomonidan mazkur qaror bo‘yicha to‘ldirilgan TSTB hisoboti e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, til sertifikati talabi natijasida magistratura uchun ajratilgan kvotalar ochiq qolganligi tufayli oliy ta’lim muassasalari uchun yuzaga kelgan moliyaviy yo‘qotishlar 2021–2023-yillar oralig‘ida jami 206 mlrd 435 mln so‘mni tashkil etgan.


Bu borada moliyaviy yo‘qotishlar 2021-yilda 18 mlrd 690 mln so‘mni, 2022-yilda 101 mlrd 865 mln so‘mni, 2023-yilda 85 mlrd 880 mln so‘mni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, til sertifikati talabi natijasida magistratura uchun 2021-yilda 20,7 foiz kvota ochiq qolgan bo‘lsa, 2022-yilda 80,2 foiz, 2023-yilda 62,6 foiz kvota ochiq qolgan.

📉 Shuningdek, hujjat topshirgan yoki talabgorlar soni so‘nggi 3 yilda 12,5 baravarga kamaygan.

👉Magistratura bosqichidagi talabalarning ilmiy-amaliy faoliyati uchun eng foydali ma'lumotlar👈
👍19👎5
Ilmiy tadqiqot faoliyatida adabiyotlarni ko'rib chiqishda qaysi jihatlarga e'tibor berish kerak?

Adabiyotlarni ko'rib chiqish, har qanday ilmiy tadqiqotning asosiy qismlaridan biridir. Bu bosqichda, tadqiqot mavzuingiz bilan bog'liq mavjud ilmiy ishlar, nazariyalar va tadqiqotlar o'rganiladi. Adabiyotlarni ko'rib chiqishda quyidagi jihatlarga e'tibor berish muhim:


1. Dolzarbligi:
Mavzu bo'yicha eng so'nggi nashrlarni ko'rib chiqing. Ilmiy sohada oxirgi paytlarda qanday yangiliklar yuz bergan, bu yangiliklar sizning tadqiqotingizga qanday ta'sir qilishi mumkinligini tushunish muhim. Adabiyotlarni ko'rib chiqishda nafaqat so'nggi yillardagi, balki asosiy klassik asarlar ham hisobga olinishi kerak.

2. Qamrov:
Tadqiqot mavzuingizni turli jihatlaridan yoritib beradigan adabiyotlarni tanlang. Bu sizga mavzuni to'liq tushunishga yordam beradi. Tadqiqot mavzuingizga bevosita yoki bilvosita aloqador bo'lgan turli sohalardagi adabiyotlarni ham ko'rib chiqing.

👉Batafsil o'qish👈

PhD student | master degree
3👍2🔥1
Nodavlat oliygoh talabalariga ham ijara puli qoplab beriladimi?

JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021-yildagi 605-sonli qarorida — davlat oliy ta’lim muassasalarining faqat kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan barcha talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini belgilangan mezonlar asosida Davlat budjeti hisobidan qoplab berish ko‘zda tutilgan.


📜 Qarorda nodavlat (xususiy) oliygoh talabalari uchun ijara pulini qoplab berish bo‘yicha hech qanday gap so‘z yo‘q. Demak, ushbu qoplab berish faqatgina davlat OTMlarining kunduzgi ta'lim shakli talabalari uchun amal qiladi.

👉Nodavlat (xususiy) oliygoh talabalari uchun barchasi shu... 👈

📍@akademik_burchak da bo‘ling🛋
👍4
Men bakalavryat sirtqi 5 kurs talabasiman maktabda 0.5 stavkada zavuch yoki zamdirektor bo‘lib ishlasam boʻladimi?

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 07.12.2019 yil 393-sonli buyrugʻiga asosan umumtaʼlim maktablarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimi uchun quyidagi malaka talablari belgilangan:

a) kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik maʼlumot yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi tajribali ofitserlar (umumiy oʻrta taʼlim maktablari yoki harbiylashtirilgan sinflari boʻlgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun);

b) xorijiy tillardan birining boshlangʻich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;

v) uch yildan kam boʻlmagan pedagogik yoki harbiy staj.


❗️Shuningdek, umumtaʼlim maktablarida OʻIBDOʻ lavozimi uchun quyidagi malaka talablari qoʻyilgan:

👉Batafsil o'qish👈

‼️Bakalavriat bosqichidagi talabalar uchun eng foydali ma'lumotlarni bir joyda
👍5
‼️Тошкент давлат юридик университети Конституциявий ҳуқуқ кафедраси ўқитувчиси Аслонова Лайло Олимовна «Илмий ижод эркинлигининг конситуциявий-ҳуқуқий асослари» мавзусидаги диссертасия иши учун онлайн сўров ўтказаётган экан.

Ушбу тадқиқотда қатнашиб, бўлғуси олимамизнинг сифатли илмий натижалар олишига кўмаклашинг.

Дўстларга улашсангиз жуда ҳам хурсанд бўлардик.


Сўровнома:👇
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdA2Ow_SPE9UOaaY0xPQM4LwHyFTmae6UiuhEGas53CjD4t-A/viewform?usp=sf_link

Каналга уланиш
@ILM_NUR_2020
👍4👎1🔥1