AKADEMIK BURCHAK
7.85K subscribers
1.42K photos
171 videos
178 files
1.75K links
Bizning burchakda ilm-fan bo‘yicha muhim va qiziqarli ma'lumotlarni kuzatib borishingiz mumkin.

Kanal - ilmiy faoliyatga qiziquvchilar uchun yaxshi manzil...
Download Telegram
Integritet, odatda, yuqori axloqiy tamoyillarga sodiqlik va ular asosida ish yuritish qobiliyatini anglatadi. Bu tushuncha shaxsiy va kasbiy hayotda o'z-o'zini hurmat qilish, halollik, adolat va ishonchlilik kabi qadriyatlarni o'z ichiga oladi.

Ilmiy sohada integritet quyidagilarni o'z ichiga oladi:

Halollik: Ilmiy ma'lumotlar va tadqiqot natijalarini to'g'ri va aniq tarzda taqdim etish.


Batafsil: https://telegra.ph/Integritet-odatda-yuqori-axloqiy-tamoyillarga-sodiqlik-va-ular-asosida-ish-yuritish-qobiliyatini-anglatadi-Bu-tushuncha-shaxsiy--01-30

📍@akademik_burchak da qoling🛋
🔥2
#google

Siz haqingizda google nima deyishi bilan qiziqmoqchimisiz? Qanday sohalarga qiziqishingizni google yaxshi bilishini anglaganmidingiz? Bilmasangiz, ushbu saytga kiring va barchasini bilib oling.

Ps: Yosh olimlarga yubirib qo'ying, ularning ilmiy faoliyatidan google qanchalik tanish?!

Havola 👉 adssettings.google.com

📍@akademik_burchak da qoling🛋


Professor | Dotsent

PhD student | magister degree
Stajyor-tadqiqotchi va doktorantlar uchun stipendiya miqdori quyidagicha belgilanadi:

💡STAJYOR-TADQIQOTCHILIKDA — tahsil oluvchi shaxslarga stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi.
💸 5.497.800so‘m.


💡TAYANCH DOKTORANTURA (PhD) — tahsil oluvchi shaxslarga ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega bo‘lgan) kichik ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi.
💸6 210 435 - so‘m


💡DOKTORANTURADA (DSc)— tahsil oluvchi shaxslarga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan yetakchi ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi.
💸 - 7.934.850 so‘m.


Mazkur miqdorlar O‘zbekiston Respublikasi Vairlar Mahkamasining 2009-yil 18-avustdagi 233-son qarori ilovasi bilan tasdiqlangan "Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari"da belgilangan.



Professor | Dotsent

PhD student | magister degree
#professor #dotsent #unvon

Қуйида санаб ўтилган умумий талабларни бажарган шахслар илмий унвонларга талабгор бўлишлари мумкин:

а) илмий лойиҳа, давлат гранти, хўжалик шартномаси ёки бошқа лойиҳалар доирасида илмий натижалар олган;

б) маънавий-маърифий ишларда самарали иштирок этаётган;

в) охирги 2 йил ичида олий таълим ва олий таълимдан кейинги таълим тизимидаги аттестация жараёнида иштирок этган (тақризчи, илмий семинар, илмий даражалар берувчи илмий кенгаш, малакавий имтиҳонларни қабул қилиш комиссияси аъзоси, расмий оппонент ва шу каби шаклларда);


👉батафсил ўқинг👈

📍@akademik_burchak да бўлинг 🛋
Forwarded from Scienceproblems.uz
📢 DIQQAT! 2025-yil 15-avgustgacha mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirish uchun kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis talab etiladi.

📚 2 ta TEZISNI QUYIDAGI KONFERENSIYALARIMIZDA NASHR ETTIRING:

1️⃣ “Oʻzbekiston — 2030: Innovatsiya, fan va taʼlim” konferensiyasi
🗓 Muddat: 01.08.2025 | 📤 Nashr: 05.08.2025

2️⃣ “Yangi davr ilm-fani: innovatsion gʻoya va yechimlar” konferensiyasi
🗓 Muddat: 05.08.2025 | 📤 Nashr: 10.08.2025

📨 Yuborish: @n_science
📄 Batafsil: @anjumanlar_platformasi
________________________

📝 1 ta MAQOLANI QUYIDAGI JURNALLARIMIZDAN BIRIDA NASHR ETTIRING:

1️⃣Scienceproblems.uz (OAK jurnali) — tarix, iqtisodiyot, falsafa, filologiya, huquq, pedagogika
📨Yuborish: @scienceproblemsuz
📄Batafsil: @scienceproblems_uz

2️⃣ Techscience.uz (OAK jurnali) — texnika fanlari
📨Yuborish: @sciencepro_tahririyat
📄Batafsil: @scienceproblems_uz

3️⃣ Medicineproblems.uz — tibbiyot, farmatsevtika (OAK bazasidagi-CrossRef, ResearchBib)
📨 Yuborish: @sciencepro_tahririyat
📄Batafsil: @medicineproblems_uz

4️⃣ Agrovetscience.uz — qishloq xoʻjaligi, veterinariya, biologiya, iqtisodiyot (OAK bazasidagi-CrossRef)
📨 Yuborish: @sciencepro_tahririyat
📄Batafsil: @Agrovetscience_uz

🗓 Barcha jurnallar uchun qabul muddati: 01.08.2025
📤 Jurnallarning nashr sanasi: 10.08.2025

📌 Eslatma: har bir maqola (tezis) ga DOI raqami va web havola beriladi.

Hurmat bilan,
Sciencepro team jamoasi.
👏2
#grant #ilmiy

Xalqaro ilmiy grantlarni muvaffaqiyatli yutib chiqishning siri nimada?

Xalqaro darajadagi ilmiy grantlarni muvaffaqiyatli yutib chiqishda e'tibor beriladigan bir nechta muhim jihatlar:

Maqsadlarni tushunish va belgilash:

Grantni yutishning asosiy jihati, maqsadlarni aniq tushunish va belgilashdir. Har bir grantning o'ziga xos maqsadlari va ko'rsatgichlari bo'ladi. Bu maqsadlarni tushunib, proyekt yoki loyiha rejasini to'g'ri va konsistent ko'rsatish juda muhimdir.
Tajriba va yutib chiqish uchun yaxshi tayyorgarlik:
Xalqaro grantlar odatda kuchli murabbiylar yoki komissiyalar tomonidan baholangan savollarga javob berishni talab qiladi. Muvaffaqiyatli yutib chiqish uchun, ishtirokchilar o'zlarining tajribalarini va qobiliyatlarini yaxshi ko'rsatishlari kerak

.

Batafsil: https://telegra.ph/Xalqaro-ilmiy-grantlarni-muvaffaqiyatli-yutib-chiqishning-siri-nimada-02-16

Ps: Ushbu postni maksimal darajada ilmiy doiralarga ulashing va kanalga taklif qiling

📍@akademik_burchak da bo'ling 🛋
#bepul #jurnal #filologiya #pedagogika #linguistika #publish

Elsevier nashriyotining Scopus ma'lumotlar bazasidagi maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallar

1. Linguistics and Education(Q1)
2. Lingua(Q1)
3. Language & Communication(Q1)
4. Brain and Language(Q1)
5. Journal of Memory and Language(Q1)
6. International Journal of Educational Development(Q1)
7. Social Science Research(Q1)
8. Studies in Educational Evaluation(Q1)
9. International Journal of Educational Research(Q1)
10. Teaching and Teacher Education(Q1)

Tadqiqot ishingizni ko'rib chiqish muddati 1-7 oy.


Elsevier nashriyotining jurnallarida maqolalaringizni "open access" modelida yoki bepul chop qilishingiz mumkin. Shunchaki maqolangizni jurnalga taqdim qilganingizda bepul chop qilish varianti haqida online tizimga qayd qilsangiz bo'lgani.

Ps: Ushbu postni maksimal darajada ilmiy doiralarga ulashing va kanalga taklif qiling

📍@akademik_burchak da bo'ling 🛋
🔥1🤝1
#professor #dotsent #unvon
#fan_doktori #phd #daraja

Fan doktori bir vaqtning o‘zida to‘rttadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbar va konsultant bo‘lishi mumkin. So‘nggi uch yilda izlanuvchilari o‘z vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbar va ilmiy konsultantlarga ilmiy yoki ta’lim tashkilotlarining kollegial organi xulosasi asosida oltitadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin.

Ilmiy unvoni bo‘lgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) bir vaqtning o‘zida ikkitadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin. So‘nggi uch yilda izlanuvchilari o‘z vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbarlarga ta’lim yoki ilmiy tashkilotning kollegial organi xulosasi asosida uchtadan ko‘p bo‘lmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin.


Xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi bo‘lmagan izlanuvchilarga o‘rnatilgan me’yordan ortiq ilmiy rahbar yoki konsultantlar tayinlanishi mumkin.

📍@akademik_burchak da qoling🛋
⚡️1 августдан педагоглар қуйидагича оширилган миқдорда ойлик маош оладилар

Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида»ги 02.06.2025 йилдаги ПФ-91-сон фармонига мувофиқ, 2025 йил 1 августдан бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи миқдори 10 фоизга оширилди.

🔹Фармонга мувофиқ, педагоглар 2025 йил 1 августдан қуйидагича оширилган миқдорда ойлик маош оладилар:

Мактаб директори:
• 5 млн 166 минг 485 сўм (400 ўқувчигача);
• 5 млн 516 минг 559 сўм (401-880 ўқувчигача);
• 5 млн 849 минг 691 сўм (881-1600 ўқувчигача);
• 6 млн 187 минг 933 сўм (1600дан ортиқ);


Директор ўринбосарлари: (ММИБДЎ, ЎТИБДЎ)   
• 4 млн 825 минг 345 сўм (400 ўқувчигача);
• 5 млн 166 минг 485 сўм (401-880 ўқувчигача);
• 5 млн 516 минг 559 сўм  (881 -1600 ўқувчигача);
• 5 млн 849 минг 691 сўм (1600дан ортиқ);


Директорнинг хўжалик ишлари бўйича ўринбосари:
• 1 млн 957 минг 858 сўм (400 ўқувчигача);
• 2 млн 233 минг 302 сўм (401-880 ўқувчигача);
• 2 млн 322 минг 127 сўм (881 -1600 ўқувчигача);
• 2 млн 515 минг 091 сўм (1600дан ортиқ);


Психологлар:
• Олий маълумотли психолог – 3 млн 356 минг 916 сўм;
• Иккинчи тоифали психолог – 3 млн 594 минг 851 сўм;
Биринчи тоифали психолог – 3 млн 838 минг 851 сўм;
Олий тоифали психолог – 4 млн 72 минг 508 сўм;


Ўқитувчилар:
• Ўрта махсус маълумотли ўқитувчи – 3 млн 468 минг 585 сўм;
Олий маълумотли ўқитувчи – 3 млн 729 минг 906 сўм;
Иккинчи тоифали ўқитувчи – 4 млн 175 минг 834 сўм;
Биринчи тоифали ўқитувчи – 4 млн 653 минг 151 сўм;
Олий тоифали ўқитувчи – 5 млн 142 минг 053 сўм;

Кадрлар бўйича менежер:
1 млн 758 минг 372 сўм;


Кутубхона мудири:
Ўрта махсус маълумотли – 2 млн 349 минг 447 сўм;
Олий маълумотли – 2 млн 563 минг 442 сўм;


📍@akademik_burchak да бўлинг🛋
👍2
Sindrom (syndrome) — bu biror kasallik yoki holat bilan bog'liq bo'lgan belgilar va simptomlar to'plami. Bu belgilar va simptomlar ko'pincha birgalikda yuzaga keladi va bir-birini to'ldiradi. Sindromlar o'zaro bog'liq bo'lmagan turli xil sabablar tufayli ham paydo bo'lishi mumkin.

Ba'zi mashhur sindromlar misollari:


Down sindromi - genetika nuqsoni bo'lib, 21-xromosomaning ortiqcha nusxasi bilan tavsiflanadi.
Tourette sindromi - asab tizimi kasalligi bo'lib, odamda kutilmagan va tez-tez takrorlanuvchi harakatlar va tovushlar (tikar) bilan ifodalanadi.
Irritable Bowel Syndrome (IBS) - oshqozon-ichak tizimi bilan bog'liq muammo bo'lib, ichakning og'riqli spazmlari va boshqa simptomlar bilan ifodalanadi.
Metabolik sindrom - yuqori qon bosimi, qonda yuqori shakar darajasi, ortiqcha tana yog'i va giperlipidemiya bilan ifodalanadigan xavf omillarining to'plami.

Sindromlarni aniqlash va davolash uchun tibbiy mutaxassislar tomonidan batafsil diagnostika va klinik tadqiqotlar talab etiladi.

📍@akademik_burchak da qoling🛋
Abu Dabi universiteti stipendiyalari 2025

Kimlar uchun: bakalavr, magistratura va PhD

Foydali tarafi:
-100% o'quv to'lovlari, ariza to'lovlari, ro'yxatga olish to'lovlari, talabalar xizmatlari to'lovlari va tibbiy to'lovlardan qoplaydi.


Batafsil

📍@akademik_burchak da qoling🛋
👏2🙏1
#stajor_tadqiqotchi
#tayanch_doktorant

O‘qishga qabul qilingan sanadan boshlab:

stajor-tadqiqotchilikda — tahsil oluvchi shaxslarga stajor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi;

tayanch doktoranturada — tahsil oluvchi shaxslarga ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega bo‘lgan) kichik ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi;

doktoranturada tahsil oluvchi shaxslarga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan yetakchi ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi.


📍@akademik_burchak da qoling🛋
👍2
#nobel

Нобель мукофотининг пайдо бўлишига оддий газета мухбирининг хатоси туртки бўлгани ҳақида биласизми?

Швециялик машҳур олим Альфред Нобель 55 ёшга тўлганида Канн шаҳрида истиқомат қилаётган акаси Людвиг вафот этади. Швециялик газета мухбирларидан бири янглишиб, Альфред Нобель вафот этибди деб газетада эълон бериб юборади. Ўзи хақидаги таъзияномани ўқиган Альфред Нобель бутун ҳаёти ва фаолиятининг моҳиятини тушуниб етган экан. Чунки Швеция газеталарида - “Ажал савдогари, ажал ихтирочиси ўлди” деб ёзилганди. Бу нарса олимга қаттиқ таъсир қилади - "Ҳа, мана жамият мен хақимда қандай фикрларкан" деб хулоса қилганди олим.

Аслида Нобелнинг динамитдан ташқари яна 355 та кашфиёти ҳам бор эди, аммо айнан динамит ихтиросидан у жуда катта фойда кўрганди. Унинг вафот этган акаси Людвиг эса снаряд ишлаб чиқарадиган ва уни сотадиган савдогар эди.

Нобель ўзи ҳақидаги жамиятнинг фикрини бутунлай ўзгартиришга қарор қилиб, ўз васиятномасини қайтадан ёздиради.

1895 йил Париждаги Швед-Норвег клубида тузилган бу васият хатида Альфред Нобель ўзига тегишли 31 млн Швеция маркасини келажакдаги фан ва адабиёт намоёндаларига қолдирилган васиятнома пунктларида қуйидагича ёзилган эди:


- Мен Альфред Бернхард Нобель ақл-ҳушим жойида, танам соғлом ҳолда васият қиламан: Менинг васиятимни бажарувчи вакилларим ўлимимдан сўнг менга тегишли барча бойликларимни қимматбаҳо қоғоз пулларига айлантириб, фонд тузишларига буюраман. Ушбу фонддан келадиган фоиз фойдасини илм-фанда, адабиётда, инсониятга фойда келтирувчи шахсларга ҳар йили мукофот тарзида берилишини шарт қилиб белгилайман. Ушбу мукофот фондидан келадиган фоиз фойдасини беш қисмга ажратиб, бешта мукофот таъсис қилинишини буюраман.

1. Физика йўналишидаги оламшумул кашфиётга;

2. Кимё фани йўналишидаги оламшумул кашфиётга;

3. Физиология ва Медицина йўналишидаги оламшумул кашфиётга;

4. Башарият идеалларини тараннум қилувчи бадиий асар муаллифига, яъни адабиёт йўналишига;

5. Халқларнинг тинчлиги йўлида, уларнинг бирлашиши йўлида курашадиган, қулликни бартараф этадиган, армиялар сонини қисқартирадиган, урушларнинг олдини оладиган, тинчлик сулҳларини тузадиган инсонларга


🔥ушбу мукофотнинг берилишини буюраман.

- Менинг яна бир тилагим бу мукофотлар ирқчилик, миллатчилик принципларидан холи бўлиши керак, ғолиблар қайси миллат, қайси ирқ вакили бўлишидан қатъи назар мукофотни олишини истайман ва васият қиламан.

Альфред Нобель вафотидан кейин унинг васиятига кўра ҳар йили оламшумул натижаларга эришган инсонлар ўз мукофотларини, яъни Нобель мукофотини олиб келмоқдалар.

Нобелнинг жуда кўп қариндошлари суд орқали ўз аждодларининг васиятини қайта кўриб чиқишга ҳаракат қилганлар, аммо барчаси судда ютқазганлар. Чунки Нобель бутун бойлигини қариндошларига эмас, башариятга бағишлаганди. Дунёдаги энг эътирофли мукофот ана шундай пайдо бўлган эди.


📍@akademik_burchak да бўлинг 🛋
👍11🔥5
#unvon #professor

Илмий унвондан маҳрум этиш ёки уни тиклаш

Аттестация иши экспертизадан нохолис ўтказилганда шахс ОАК Раёсатининг қарори асосида илмий унвондан маҳрум этилиши мумкин.


Шахсни илмий унвондан маҳрум этиш ёки уни тиклаш бўйича ОАКга ёки тегишли Кенгашга мурожаат қилинади. Бунда манфаатдор шахслар тегишли далиллар (ҳужжатлар)ни ўз мурожаатига илова қилган ҳолда тақдим этиши шарт.

Бундай масала билан ОАКга мурожаат қилинганида, тақдим этилган далиллар ОАКнинг тегишли эксперт кенгаши томонидан муҳокама қилиниб, масалани кўриб чиқиш учун тегишли Кенгашга юборилади.


Батафсил: https://telegra.ph/Ilmij-unvondan-ma%D2%B3rum-ehtish-yoki-uni-tiklash-02-10

📍@akademik_burchak да қолинг 🛋
👍1
#professor #dotsent #unvon

Ижтимоий-гуманитар фанлар соҳаларида илмий унвонларга талабгорлар махсус имтиҳон топширадилар

Ижтимоий-гуманитар фанлар соҳаларида илмий унвонларга талабгорлар Давлат ва жамият қурилиши тизимини такомиллаштириш, қонун устуворлиги, иқтисодиётни ривожлантириш ва либераллаштириш ҳамда ижтимоий ривожланишнинг илмий асослари ва амалий йўналишлари фанидан махсус имтиҳон топширадилар.

👉батафсил ўқинг👈

📍@akademik_burchak да бўлинг 🛋
⚡️Tasdiqlandi: 2026-yildan boshlab xususiy oliy ta’lim muassasalariga ham abituriyentlar DTM test natijalari asosida qabul qilinadi.

Ya’ni, keyingi yildan abituriyentlar davlat OTMlariga ma’lum ball to‘plab kirayotgan bo‘lsa, xususiy universitetlarga ham shunday tartib joriy etiladi.

❗️Bu nima degani? 👉 Endilikda past ball to'plagan abituriyent nafaqat davlat, hatto xususiy universitetga ham kira olmasligi mumkin.

Bu tajriba qo'shni mamlakatlarda ham qo'llanib kelinmoqda. Bu yil sentabr oyiga qadar xususiy oliygohga o'qishga kirib olmagan abituriyentlar keyingi yil xatto talaba bo'la olmasligi mumkin. Demak abituriyentlar ixtiyorida 1,5 oy vaqt qoldi xolos.


📍@akademik_burchak da bo‘ling🛋
🔥7😍1
Dissforall.com, 2007 yilda tashkil etilgan, Rossiyada o'tgan 20 yil ichida himoya qilingan dissertatsiyalar to'plamini taqdim etadigan elektron kutubxona hisoblanadi. Sayt Rossiya va boshqa mamlakatlardan keladigan tashrif buyuruvchilarga xizmat ko'rsatadi. Saytning serverlari AQShda joylashgan va u turli texnologiyalardan, jumladan Google Analytics va Yandex Metrics kabi xizmatlardan foydalanadi​​​​​​.

Dissforall.com sayti tashrif buyuruvchilar va sahifa ko'rishlar soni bo'yicha Rossiya ichida yaxshi o'rinda turadi va kuniga taxminan 1000 dan ortiq tashrif buyuruvchilari mavjud. Saytning umumiy qiymati taxminan $10K deb baholanadi.

Havola 👉 https://www.dissforall.com/

PS: Ilmiy izlanishlar bilan band bo'lgan do'stlaringizga yuborib qo'ying!

📍@akademik_burchak da qoling🛋
“Ilmiy maqola yozishni bilmayman, deydiganlar uchun bitta savol: Nega ayrim doktorantlar yiliga 3 ta maqola yozadi, boshqalar esa uch yilda bitta ham yoza olmaydi?”

Ilmiy faktlar shuni ko‘rsatadiki:

2022-yilda “Springer Journal” tomonidan o‘tkazilgan xalqaro tadqiqotda ilmiy yozuvni o‘rgangan doktorantlar ikki yil ichida o‘rtacha 3,7 ta maqola, o‘rganmaganlar esa atigi 0,9 ta maqola e’lon qilgan. Bu shuni anglatadiki, maqola yozish – tug‘ma iste’dod emas, o‘rgatiladigan va rivojlantiriladigan ko‘nikmadir.
Ilmiy maqola yozishni rivojlantirish bo‘yicha samarali tavsiyalar:

1️⃣ Analitik o‘qish: Sohangizdagi eng yaxshi 10 ta maqolani o‘qing va tahlil qiling – kirish qismi qanday boshlanadi, dalillar qanday keltiriladi, manbalar qanday formatlangan?

2️⃣ Strukturadan foydalaning: Ilmiy maqolalar andozasini o‘zlashtiring: Annotatsiya → Kirish → Metodologiya → Tahlil → Xulosa. Har bir bo‘limning maqsadini tushunib yozing.

3️⃣ Fikrni aniq ifodalang: Har bir paragrafda bitta asosiy g‘oya bo‘lsin. Ortiqcha bezakli jumlalardan qoching, fakt va dalillarni ustun qo‘ying.

4️⃣ O‘z-o‘zingizni tahlil qiling: Har yozganingizdan keyin savol bering: “Bu matnni mutaxassis bo‘lmagan odam ham tushunadimi? Har bir fikrga ilmiy dalil berdimmi?”

5️⃣ Yozish odatini shakllantiring: Har kuni kamida 100–150 so‘z yozishga odatlaning. Ilmiy yozuv – muntazam amaliyot orqali shakllanadigan malaka.


OECD tomonidan 2021-yilda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, ilmiy maqolalarini muntazam chop ettirayotgan tadqiqotchilar 23% ko‘proq ilmiy lavozimlarga qabul qilinadi, shuningdek grant va stipendiyalarni qo‘lga kiritish ehtimoli 35% ga oshadi.

Xulosa: Ilmiy maqola yozish – mukammallikni kutib o‘tiradigan jarayon emas. Asosiy shart – boshlash, o‘rganish va amaliyot bilan tajribani oshirishdir. Ilmiy faoliyatni bugundan boshlang, ertaga ilmiy natijalaringiz bilan o‘z yo‘nalishingizda yetakchi bo‘lishingiz mumkin.

📍@akademik_burchak da qoling🛋
👏5👍1