Andijon Davlat Texnika instituti
1.63K subscribers
6.68K photos
606 videos
68 files
2.4K links
Andijon Davlat Texnika instituti telegram kanali
✔️Veb-sayt:www.eduaiqi.uz
✔️Facebook:www.facebook.com/groups/569793291356099/?mibextid=NSMWBT
✔️Instagram:www.instagram.com/aiqi__uz

Murojaat uchun: @aiqirektorigamurojaatbot
Download Telegram
#diqqat_tanlov #yil_talabasi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi “Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi.

👇Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi:
👉Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi;
👉Yilning eng faol targʻibotchi talabasi;
👉Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
👉Yilning eng faol sportchi talabasi;
👉Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
👉Yilning eng faol ijodkor talabasi;
👉Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

Tanlov nominatsiyalar boʻyicha birinchi OTM bosqichida yuqori oʻrinlarni egallagan gʻoliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorligʻi va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

👍Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich gʻoliblari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda  bazaviy hisoblash miqdorining 1-oʻrin 15 barobari, 2-oʻrin 10 barobari va 3-oʻrin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

“Yil talabasi” tanlovi nizomi

Hujjatlar 12-oktabrdan 20-oktabr qadar oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun oʻz oliygohingiz masʼullariga murojaat qiling.

Yuqorida “Yil talabasi – 2021” gʻoliblarini taqdirlash marosimi videosini joyladik. Bu yilgi taqdirlash marosimida esa aynan Siz shunday taqdirlanishingiz mumkin. Buning uchun hozirdanoq harakatni boshlang. Ishtirok eting va gʻoliblar safida boʻling.
👍1
#diqqat_tanlov

Imkoniyati cheklangan iqtidorli talabalar uchun tanlov!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan iqtidorli talaba-yoshlarni aniqlash va ularni munosib ragʻbatlantirish maqsadida Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi imkoniyati cheklangan talabalar oʻrtasida “Eng yaxshi talaba” tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi:
birinchi oliy taʼlim muassasasi bosqichi;
respublika final bosqichi.

Tanlov nizomi batafsil

Tanlovning oliy taʼlim muassasi bosqichida 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan gʻoliblar oliygoh rektoratining faxriy yorligʻi hamda tegishli ravishda 1-oʻrin sohibi BHMning 10 barobari, 2-oʻrin 8 barobari va 3-oʻrin 6 barobari miqdorida moddiy ragʻbatlantiriladi.

Respublika bosqichining 1-oʻrin sohibi esa Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining maxsus diplomi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Hujjatlar 2022-yil 25-oktabrga qadar qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan yoshlar oʻzi taʼlim olayotgan fakultet rahbariyatiga murojaat etishlari mumkin.

Batafsil maʼlumotlar rasmiy sahifamizda:
https://t.iss.one/+VnxqO-c0cBb_ZWhm
👍1
Andijon Davlat Texnika instituti
Photo
#diqqat_tanlov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda hamkor tashkilotlar birgalikda “Shuhrating porlasin toki bor jahon!" mavzusida Davlat madhiyasini jamoaviy jo‘r bo‘lib kuylash tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi nominasiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
«Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan oila»;
«Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan maktab»;
«Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan guruh»;
«Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan mehnat jamoasi».

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi belgilangan tartibda jamoaviy jo‘r bo‘lib kuylangan videolavha internetdagi ochiq manbalar, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarda e’lon qilinadi. So‘ngra videorolik havolasi (linki) va ishtirokchi jamoa haqidagi ma’lumotlar, bog‘lanish uchun telefon raqamlari 2022-yil 8-dekabrgacha @oyinauz_bot manziliga yuboriladi.

Videolavha formati MPG, MPEG, AVI, MOV, WMA, MP4 bo‘lishi kerak. Talabga javob bermaydigan, tegishli ma’lumotlari to‘liq bo‘lmagan ishlar tanlovdan chetlatiladi.

Har bir nominasiya bo‘yicha 1, 2, 3-o‘rin g‘oliblari aniqlanadi va quyidagi tartibda mukofotlanadi:
1-o‘rin – 10 million so‘m;
2-o‘rin – 7 million so‘m;
3-o‘rin – 5 million so‘m.

Hakamlar hay’ati tavsiyasiga asosan Tashkiliy qo‘mitaning qarori bilan qo‘shimcha rag‘batlantirish mukofotlari berilishi mumkin.

Taqdirlash marosimi 10-dekabr kuni Toshkent shahridagi «Xalqlar do‘stligi» maydonida tashkil etiladigan tantanali tadbir doirasida o‘tkaziladi. Hududlarda yashovchi g‘oliblarni taqdirlash esa Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tegishli bo‘lim yoki bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
👍1🔥1😱1
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

🎓 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mamlakatimizda amalga oshiralayotgan keng koʻlamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish hamda oʻz iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida “Maʼrifat maydoni” Respublika koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi.

🟥Tanlovda sanʼat oliygohlaridan tashqari Respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari 10 nafargacha boʻlgan talabalardan tashkil topgan jamoalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda jamoalar oʻzaro 3 ta shart boʻyicha bellashadilar:
🔵1-sharti: “Adib hayoti” koʻrgazmali taqdimot chiqish;
🔵2-shart: Tezkor savol-javob;
🔵3-shart “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya”.

🏆 Tanlov gʻoliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🎁 Mintaqaviy bosqichda gʻolib boʻlgan jamoa aʼzolari oʻzi tahsil oladigan taʼlim muassasasining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan planshet, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.

🟢Respublika bosqichi gʻoliblari esa Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom hamda quyidagi tartibda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi.
🟢1-oʻrin 40 million soʻm;
🟢2-oʻrin 25 million soʻm;
🟢3-oʻrin 20 million soʻm;
🟢4-oʻrin 10 million soʻm;
🟢5-oʻrin 5 million soʻm.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi talaba-yoshlar oʻzi tahsil olayotgan oliygohning yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻyicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.

📌 Tanlov nizomi

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi talabalarning qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 19-yanvarga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi.

Yakunda 30 nafar ishtirokchilar tanlovning g‘olib va sovrindorlari deb topiladi va tashkilotchilar tomonidan quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin – 5 million so‘m va I darajali diplom;
🔵2-3-o‘rinlar – 4 million so‘m va II darajali diplom;
🔵4-6-o‘rinlar – 3 million so‘m va III darajali diplom;
🔵7-10-o‘rinlar – 2 million so‘m va sertifikat;
🔵11-20-o‘rinlar – 1 million so‘m va sertifikat;
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – 1 million so‘m va sertifikat bilan taqdirlanadi.

📌 Tanlov nizomi bilan tanishish

Qishki ta’tilni bekor o‘tkazmasdan, qo‘lingizga kitob oling. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.
👍9
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

🚗 “Spark” avtomobiliga ega boʻlmoqchimisiz?

Shoir va yozuvchilar hayoti, ijodi haqida bilim va imkoniyatlaringizga ishonasizmi? Unda “Ilhom” mukofoti tanlovida ishtirok etib, oʻzingizni sinab koʻring!

“Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.

➡️Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:
🟢1-oʻrin – “Spark” avtomobili;
🟢2-oʻrin – 30 mln soʻm pul mukofoti;
🟢3-oʻrin – 15 mln soʻm pul mukofoti.

➡️Tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi:
🔴1-bosqich – oliy taʼlim muassasasi miqyosida saralash bosqichi;
🔴2-bosqich – asosiy tanlov bosqichi hisoblanadi.

🏆“Ilhom” mukofoti bilan taqdirlash har yili Adiblar xiyoboni ochilgan kun – 20-mayda “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida amalga oshiriladi.

🔵Shoshiling, 15-martga qadar OTMning yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullariga ariza bilan murojaat qiling!

📌Tanlov nizomi bilan tanishish👈

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2😱1😭1
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

🇺🇿Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi ta’lim muassasalari pedagog xodimlari va talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!

🗣Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
🔵1) Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi;
🔵2) Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra;
🔵3) Eng yaxshi tyutori;
🔵4) Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi;
🔵5) Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi.

Tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇BHMning 45 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥈BHMning 40 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥉BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti;

Tanlovda ishtirok etish istagidagilar 15-oktabrga qadar OTMlardagi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

📺YouTube orqali ko‘rish

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Diqqat_Tanlov!

💸“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan tanlov o'tkaziladi

Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida "Aksilkorrupsiya oyligi" doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi va yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hamda Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti bilan hamkorlikda talabalar oʻrtasida “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida tanlov bo'lib o'tadi.

Tanlov 3 ta yo'nalish bo‘yicha o'tkaziladi:

🎬 “Eng yaxshi videorolik"               
🎨 "Eng yaxshi devoriy gazeta"
📝 “Eng yaxshi insho”

Tanlov shartlariga ko’ra, yo’llanadigan videoroliklar:
ta’limga oid korrupsion  jinoyatlarni ochib berish hamda uning oqibatlarini oldini olishni targ'ib qiluvchi g'oyalarni aks ettirgan bo'lishi;
hajmi 5 daqiqadan oshmaydigan;
kreativ va sifatli;
original va mualliflik huquqiga asoslangan holda suratga olinishi zarur;
har bir videoda AIQI logotipi aks etishi shart.


▪️Eslatib o'tamiz!
Taqdim etilayotgan materiallarning orginalligi va ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinmaganligiga alohida e'tibor qaratiladi.  

Videorolik va devoriy gazetalar bo'yicha ijodiy ishlar joriy yilning 25-noyabr kuniga qadar Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limiga  topshirilishi belgilangan.

"Eng yaxshi insho" tanlovi joriy yilning 27-noyabr kuniga qadar topshiriladi. Ushbu tanlovda ishtirok etmoqchi bo'lgan talabalar Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limiga  murojaat qilishlari so'raladi.   


Tanlov g'oliblari nominatsiyalar bo‘yicha Institut Rektorining qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlanadi.
👍3👏1💯1
#Diqqat_Tanlov!

📢Aziz talabalar! Oliy ta'lim muassasalarining talabalar o'rtasida inson huquqlari sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarini ko‘rsatish hamda amaliyotda qo‘llashga qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida "Inson huquqlari bilimdoni-2023" ko'rik tanlovi e'lon qilinadi.

Ko‘rik-tanlovga ariza topshirish 2023-yil 20-noyabrdan 1-dekabr soat 18:00ga qadar davom etadi. Arizalarni Ma'naviyat bo'limiga topshiringiz mumkin.

📝Ko‘rik-tanlov 2023 yil 6-7-dekabr kunlari o‘tkaziladi. Gʻoliblar OTM va vazirlikning rasmiy edu.uz sayti orqali e’lon qilinadi va o‘rnatilgan tartibda rag‘batlantiriladi.

📌Ko‘rik-tanlov oliy ta’lim muassasalarining bakalavr hamda magistr talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Quyidagi nominatsiyalar bo'yicha bo'lib o'tadi:

Eng yaxshi inson huquqlari bilimdoni;
Eng yaxshi inson huquqlari universal shartnomalari bilimdoni;
Eng yaxshi inson huquqlari soxasidagi qonunchilik takliflari;
Eng yaxshi innovasion g‘oya muallifi;

Tanlovda faol ishtirok eting!
👍2
#DIQQAT_TANLOV!!!

📝Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida “Yangi Konstitutsiya – taraqqiyot qomusi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi tashkil etilmoqda. Tanlovda barcha talaba, tadqiqotchi, professor-o‘qituvchilar ishtirok etishlari mumkin.

📢Tanlov muddati: 1-3 – dekabr 2023-yil.

📝Maqolalar tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-72 – sonli farmoyishi 38-bandida “Barcha oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar o‘rtasida “Yangi Konstitutsiya — taraqqiyot qomusi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovini tashkil etish” to‘g‘risida berilgan topshirig‘i doirasida o‘tkazilmoqda.

Institut tomonidan tanlov g‘oliblari uchun quyidagicha rag‘batlantirish mukofotlari belgilangan:
1-o‘rin – Bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 3 baravari,
2-o‘rin – BHMning 2 baravari,
3-o‘rin – BHMning 1 baravari miqdorida pul mukofotlari beriladi.

Tanlov uchun maqolaga qo‘yilgan talablar:
📌14-shrift. 1.5 interval. Times New Roman
📌Chap tomondan 3 sm, qolgan tomonlari 2sm
📌Mualliflar soni 3 tagacha
📌Maqola 3 betdan 10 betgacha qabul qilinadi.
📌Maqolalar 30-noyabrga qadar qabul qilinadi.
📌Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan talabgorlar “O‘zbek tili va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri t.f.f.d. (PhD) dotsent A.A.Xakimovga murojaat qilishlari so'raladi.

Tanlov uchun mas’ul: “O‘zbek tili va ijtimoiy fanlar” kafedrasi
Murojaat uchun telefon: +99893-415-95-36, Abdulxayev Elyorbek
👍52
#Meningkonstitutsiyam
#konstitutsiyakuni

#DIQQAT_TANLOV

Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida institut miqyosida diktant yozish tanlovi tashkil etilmoqda. Tanlovda barcha talaba, tadqiqotchi, professor-o‘qituvchilar ishtirok etishlari mumkin.

👨‍🎓 “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda”shiori ostida 2023-yil 4-dekabr kuni ARM zalida soat 11:30 da Andijon iqtisodiyot va qurilish institutining barcha talabalari ishtirok etishlari mumkin.Tanlov g‘oliblari 1-2-3 o’rinlarga institut tomonidan estalik sovg’alari va faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.

🟢Barcha talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Murojaat uchun: ☎️ 944308006
Tanlov uchun mas’ul: “O‘zbek tili va ijtimoiy fanlar” kafedrasi
Murojaat uchun telefon: +99894-430-8006, Yunusjonov Nodirbek.

https://t.iss.one/aiqi_uz
1
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida qatnashing va o‘z iste’dodingizni ro‘yobga chiqaring!

💠Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligida Respublikamizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovi e’lon qilinadi.

➡️Tanlov 16-25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida 3 bosqichda tashkil etiladi har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

🔹Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar mazkur sayt orqali ro‘yxatdan o‘tishlari yoki o‘zi tahsil olayotgan OTM mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.

☎️Qo‘shimcha ma’lumot:
+998974119354 | +998555200808-357

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Diqqat_Tanlov

✏️Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan Navro'z bayrami munosabati bilan "O'lkamizda Navro'z" nomli insholar tanlovini e'lon qilinadi. Ushbu tanlovda barcha talabalarni faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.

✒️Insholarni topshirish muddati 18-mart ya'ni Dushanba kuni soat 12:00 ga qadar.

Murojat uchun:
@nematullaev07
@shokh_off1

https://t.iss.one/aiqi_uz
👍1
#diqqat_tanlov

🟢 "Bo'lajak olim" tanlovida ishtirok eting!


📣 Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Yoshlar akademiyasi yoshlarning ilmiy g'oyalari va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida "Bo'lajak olim" tanlovini e'lon qiladi.

🖥 Tanlovda shartlari va ishtirok etishga qo'yiladigan talablar bilan batafsil BU YERDA tanishishingiz mumkin.

✉️ Tanlovga arizalar joriy yilning 15-iyul kunidan 15-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

⌛️ Tanlovda ishtirok eting va o'z tashabbusingizni biz bilan rivojlantiring!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring!

https://t.iss.one/Andinnovatsion
👍1
Forwarded from Edu.uz
#diqqat_tanlov

🟢 "Bo'lajak olim" tanlovida ishtirok eting!


📣 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Yoshlar akademiyasi yoshlarning ilmiy g'oyalari va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida "Bo'lajak olim" tanlovini e'lon qiladi.

🖥 Tanlovda shartlari va ishtirok etishga qo'yiladigan talablar bilan batafsil BU YERDA tanishishingiz mumkin.

✉️ Tanlovga arizalar joriy yilning 15-avgust 00:00 ga qadar qabul qilinadi.

⌛️ Tanlovda ishtirok eting va o'z tashabbusingizni biz bilan rivojlantiring!

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_tanlov

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Vazirlik va idoralar hamkorligida ijodkorlar o‘rtasida Respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilinadi


Mazkur tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi

📹 “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”

🎼 “Eng yaxshi  vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq”

🖌 “Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r”

Baholash natijalari bo‘yicha g‘oliblar:

“Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq”
1-o‘rin — 50 000 000 so‘m
2-o‘rin — 30 000 000 so‘m
3-o‘rin — 20 000 000 so‘m.

“Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”
1-o‘rin — 30 000 000 so‘m
2-o‘rin — 20 000 000 so‘m
3-o‘rin — 10 000 000 so‘m.

“Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r”
1-o‘rin — 20 000 000 so‘m
2-o‘rin — 10 000 000 so‘m
3-o‘rin — 5 000 000 so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

📝Tanlovda 18 yoshdan barcha ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.

Ijodiy ishlarni
t.iss.one/ManaviyatTanlovlar_bot manziliga jo‘natasiz.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
#diqqat_tanlov

🗣“Inson huquqlari bilimdoni” viktorinasida qatnashib, bilimingizni sinab ko‘ring!

🇺🇿Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va hamkor tashkilotlar 8-dekabr – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” va 10-dekabr – “Xalqaro inson huquqlari kuni”ga bag‘ishlab “Inson huquqlari bilimdoni” onlayn viktorinasi o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Viktorina:

➡️Telegram ijtimoiy tarmog‘ida 6-dekabr kuni soat 15:00 da o‘tkaziladi.
➡️Ishtirokchilarga “Konstitutsiya va inson huquqlari” mavzusini qamrab olgan 20 ta savol taqdim etiladi.
➡️Viktorina 15:00 da boshlanadi va belgilangan vaqt davomida o‘tkaziladi.

Qanday qatnashish mumkin?

↪️6-dekabr kuni soat 15:00 da @NationalHumanRightsCenter kanalida e’lon qilinadigan havola orqali sahifaga kirasiz;
↪️Belgilangan joyga ism, familiyangiz va boshqa so‘ralgan ma’lumotlarni kiritasiz;
↪️Berilgan vaqt davomida savollarga javob berasiz.

🔹G‘oliblarni nimalar qimmatbaho sovg‘alar, inson huquqlari bo‘yicha foydali adabiyotlar bilan taqdirlanadi.

➡️ Batafsil ma’lumot

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

Italiya Ta’lim, universitet va tadqiqot vazirligi (MIUR) bilan hamkorlikda Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqot va innovatsion loyihalar bo‘yicha “O‘zbekiston - Italiya” xalqaro qo‘shma tanlovida ishtirok eting.

Tanlov 17 ta fan yo‘nalishida tashkil etilib, ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2025-yil 15-yanvardan 15-martga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.


🌐 Batafsil

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM