📌 G‘elon va Sarchashma – rivojlanish uchun imkoniyatlar
Iyun oyining oxirida Shahrisabz tumanidan 100 km ichkarida joylashgan tog‘li G‘elon va Sarchashma qishloqlari aholisining muammolarini o‘rgandik. Bu qishloqlar qish mavsumida qor sababli uzoq vaqt tashqi aloqadan uzilib qoladi.
Aniqlangan asosiy muammolar:
Tuproq eroziyasi – unumdor qatlam yo‘qolmoqda.
Yangi navlar yetishmasligi – ekinlar xilma-xilligi past.
Bozor muammosi – sifatli mahsulot yetishtirilsa ham, xaridor topish qiyin.
Ushbu muammolarga konstruktiv yechimlar:
✅ Tog‘li hududga mos yangi navlarni joriy qilish
✅ Qishloq xo‘jaligi va turizmni integratsiya qilib, agroturizmni rivojlantirish
✅ Mahalliy aholi bilimini oshirish orqali yangi imkoniyatlarni yaratish
Bu chora-tadbirlarni amalga oshirish tog‘li qishloqlar aholisining iqtisodiy holatini yaxshilashga xizmat qiladi.
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️Shovkat_Xoldorov
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
💬 Telegram| 💬 Facebook|
📷 Instagram| 📺 Youtobe|

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
Bir o‘simlikdan ikki hosil olishni tasavvur qiling!
Bu – aynan Pomato o‘simligi beradigan natija. Pomato – pomidor va kartoshka birlashtirilgan g‘ayrioddiy tajriba mahsuli. Ilm-fan va ijodkorlik uyg‘unlashganida, shunday innovatsion yechimlar paydo bo‘ladi. Ayniqsa, shaharda bog‘dorchilik qiluvchilar uchun joyni tejaydigan va samaradorlikni oshiradigan ajoyib imkoniyat.
Bu qanday amalga oshiriladi?
Pomato tabiiy gibrid emas, balki payvandlash yo‘li bilan yaratiladi.
Kartoshka niholining ildizi (pastki qismi) va pomidor niholining yer usti qismi (yuqori qismi) kesib birlashtiriladi. Ular bir necha kun iliq va nam sharoitda o‘sib, bitta o‘simlik bo‘lib ketadi.
Natijada – yer ustida pomidor, ostida esa kartoshka hosil bo‘ladi.
Kamchiliklari bormi?
Ha, ba’zan hosil miqdori yoki ta’mi odatdagi o‘simliklarnikidan farq qilishi mumkin. Chunki o‘simlik energiyasini ikkita hosilga bo‘ladi. Lekin bu tajriba – bog‘dorchilikda kelajak sari qadamdir.

👍5
🍏 Olma daraxtida azot yetarli yoki yo‘qligini qanday bilsa bo‘ladi?
Azot (N) – daraxtning o‘sishi, bargi, mevasi va hosilning sifati uchun eng muhim ozuqa. Uning yetishmasligi yoki ortiqligi olmada ko‘rinib turadigan belgilar orqali aniqlanadi.
Quyida azot kam, normal yoki ortiq bo‘lsa, qanday o‘zgarishlar yuz berishini ko‘rib chiqing:
🟥 Azot KAM bo‘lsa (yetishmovchiligi):
🌿 Yillik novda o‘sishi sust: 10 sm dan kam.
🍃 Barglar: Mayda, yupqa, sarg‘ish-yashil rangda.
🍂 Barg to‘kilishi: Vaqtidan oldin, barglarda qizil tomirlar paydo bo‘ladi.
🍏 Meva bog‘lanishi: Kam, mevalar erta to‘kiladi.
🍎 Meva hajmi: Kichik.
🔴 Rangi: Vaqtidan oldin qizaradi.
⏳ Yetilishi: Erta, bozorda uzoq turmaydi.
🟩 Azot YETARLI bo‘lsa (me’yorida):
🌿 Yillik o‘sish: 10–30 sm oralig‘ida.
🍃 Barglar: O‘rtacha o‘lchamda, to‘q yashil.
🍂 To‘kilish: Kuzda, barglar sarg‘ayib tushadi.
🍏 Meva bog‘lanishi: Normal (1–3 dona bir bog‘lamda).
🍎 Meva hajmi: O‘rtacha va bir xil.
🔴 Rangi: O‘z vaqtida chiroyli qizaradi.
⏳ Yetilishi: Vaqtida, bozorga mos.
🟦 Azot ORTIQ bo‘lsa (ortiqcha o‘g‘it berilgan):
🌿 O‘sish haddan tashqari kuchli: 30 sm dan ortiq.
🍃 Barglar: Yirik, juda quyuq yashil, uchlari bukiladi.
🍂 Barg to‘kilishi: Juda kech, ba’zida sovuqgacha tushmaydi.
🍏 Meva bog‘lanishi: Kam yoki umuman
🍎 Meva hajmi: Katta, ammo ko‘p hollarda meva kamayadi.
🔴 Rangi: Yashil qoladi, hatto terilgandan keyin ham.
⏳ Yetilishi: 5–10 kun kechikadi, bozorda kech sotiladi.
✅ MASLAHAT: Bahorda daraxt novdasi, bargi va guldonidagi mevalarga qarab siz azot miqdorini taxminan aniqlashingiz mumkin. Shunga qarab azotli o‘g‘it (karbamid, ammoniy nitrat) me’yorini belgilang.

👍7
Internetda shu kunlarda ko'rgan eng manoli postlarimdan birini sizga ham ulashmoqchiman.
Tushunish oddiy, bizga oz bo'lsada oziq-ovqat berayotgan yoxud jilla qursa chorva uchun oziqa bera oladigan yerlarni quyosh panellari bilan to'sib tuproqni o'ldirma! Buni o'rniga mashina uchun ajratilgan parkovkalardan boshla ishni deyishmoqchi. Shu bahona issiq kunlarda mashinalar salqin-panada tursa.
Shaharlarni loyihalashtiruvchilar, energetiklar va eko faollar uchun yahshigina turtki bo'lsa ajab emas bu rasm.
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️Shovkat_Xoldorov
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
💬 Telegram| 💬 Facebook|
📷 Instagram| 📺 Youtobe|
Tushunish oddiy, bizga oz bo'lsada oziq-ovqat berayotgan yoxud jilla qursa chorva uchun oziqa bera oladigan yerlarni quyosh panellari bilan to'sib tuproqni o'ldirma! Buni o'rniga mashina uchun ajratilgan parkovkalardan boshla ishni deyishmoqchi. Shu bahona issiq kunlarda mashinalar salqin-panada tursa.
Shaharlarni loyihalashtiruvchilar, energetiklar va eko faollar uchun yahshigina turtki bo'lsa ajab emas bu rasm.
AGROLABORATORIYA-ILM BILAN
©️Shovkat_Xoldorov
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
Kaltsiy (Ca) va uning sho‘r tuproqlarni tuzatishdagi ahamiyati 🟫🚜
Muhim ma’lumotlar:
- Kaltsiy (Ca) — bu tuproqda mavjud bo‘lgan ikki zaryadli foydali element.
- O‘simlik tanasidagi ko‘p kaltsiy barg devorlarida to‘plangan bo‘ladi.
- Kaltsiy o‘simlik ichida juda sekin harakat qiladi.
- Ayrim barglarda kaltsiy miqdori o‘simlik qurigan vaznining 10% gacha bo‘lishi mumkin.
Kaltsiy nima vazifa bajaradi?
- O‘simlik hujayra devorlarini mustahkamlashga yordam beradi.
- O‘simlik hujayralarining ichki tuzilmasini (membranalar va skelet) barqaror saqlaydi.
- O‘simlikning signal uzatish tizimida ishtirok etadi.
- Stressga (qurg‘oqchilik, sho‘rlik) bardoshliligini oshiradi va zararli kislorodlarni zararsizlantiradi.
Tuproqda mavjudligi qanday?
- Tuproqda fosfor (P) juda ko‘p bo‘lsa, kaltsiy oson so‘rilmaydi.
- Kaliy (K) va magniy (Mg) ortiqcha berilsa, kaltsiy ildiz atrofida kam so‘riladi.
- Tuproqdagi chirindi va organik modda ba’zan kaltsiyni bog‘lab qo‘yadi.
- Bor (B) kam bo‘lsa, kaltsiy tuproqda yetarli harakatlana olmaydi.
Fermerlik amaliyotida kaltsiyni qanday ishlatish kerak?
Sho'rtob tuproqlar — tuproqdagi natriy (Na) juda ko‘p bo‘lib, kaltsiy va boshqa foydali moddalarning joyini egallaydi. Bu holat tuproqni qattiqlashtirib, suv o‘tkazuvchanligini kamaytiradi.
Bunday tuproqlarni yaxshilash uchun:
- Gips (kaltsiy sulfat) yoki ohak (kaltsiy karbonat) qo‘llaniladi.
- Kaltsiy natriyni tuproq zarralaridan siqib chiqaradi va tuproq tuzilmasini yaxshilaydi.
- Shuningdek, chirindi (organik modda) qo‘shish ham foydali.
Natijada tuproq havosi yaxshilanadi, suv osonroq kiradi, ildizlar yaxshi o‘sadi va hosil ko‘payadi.

Pomidor uchidan chirib qolsa, bu nimadan bo‘ladi? 🍅
Pomidorning pastki uchi (gulgagiga qarama-qarshi tomoni) qorayib, chirib qolsa, bu kasallik emas, balki oziqa moddasi — kaltsiy Ca+ yetishmasligidan bo‘ladi.
Bu holat nima sababdan bo‘ladi?
- Sho‘r suv bilan sug‘orilganda, tuproqda sho‘rlik oshadi.
- Sho‘rlik oshsa, o‘simlik ildizi kaltsiyni yuta olmaydi.
- Natijada, meva uchiga kaltsiy yetib bormaydi va u yerdan chiriy boshlaydi.
Bunday bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak?
✅ Sug‘orish suvi sho‘r bo‘lmasin — kerak bo‘lsa, tekshirtiring.
✅ Tuproqqa kaltsiyli o‘g‘it (masalan, kaltsiy nitrat) soling.
✅ Pomidor gullab, meva tugayotgan paytda muntazam sug‘oring.
✅ Agar tuproq sho‘r bo‘lsa, chuqur sug‘orib, tuzni yuvib tushiring.
Yodda tuting: ayniqsa kaltsiy mevada bo‘lmasa u chiriydi — sho‘rlangan suvda sug'orish bu tez sodir bo'ladi.

👍8🔥1
Tuproq tahlil natijalari fermerlarga yetib borishi — ustuvor vazifa bo‘lishi kerak
Yaqinda Indoneziyada bo‘lib o‘tgan AFACI SOIL+ workshopida ishtirok etdim. Unda Markaziy va Janubiy Osiyoning 15 davlatidan vakillar qatnashdi. Ko‘plab mamlakatlar tuproq tahlillari asosida agroxaritalar yaratmoqda. Bu, albatta, muhim yutuq. Ammo asosiy savol shunchaki xarita yaratish emas, yaratilgan ma’lumotdan kim va qanday foydalanmoqda, u amalda qanday naf keltirmoqda? — ana shu masalaga jiddiy e’tibor qaratish zarur.
Fermerlar o‘z yeriga oid tuproq ma’lumotlarini onlayn platformalar yoki mobil ilovalar orqali qulay tarzda ko‘rish imkoniga ega bo‘lishi lozim. Chunki bugungi kunda deyarli har bir fermerda zamonaviy gadjet va internetga ulanish imkoniyati mavjud. Shunday ekan, biz zamonaviy, ishlatishga qulay va amaliy tizim yaratishimiz zarur.
Bunday raqamli tizimlarni ishlab chiqish va ularni uzluksiz ishlatib borish uchun malakali IT mutaxassislari kerak. Afsuski, ko‘plab davlat tashkilotlari mavjud byudjeti doirasida bunday mutaxassislarni jalb eta olmayapti.
Tailand va Filippin tajribasi tahsinga loyiq: bu davlatlarda tuproq boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda alohida IT bo‘limlari faoliyat yuritadi va doimiy texnik xizmat ko‘rsatiladi. Bu yondashuv texnologik yechimlarning samarali ishlab chiqilishi va muntazam takomillashuvini ta’minlamoqda.
Shu bois, bizda ham IT mutaxassislar mehnatini davlat tomonidan subsidiya qilish mexanizmlarini joriy etish dolzarbdir. Bu yondashuv nafaqat raqamli agroxizmatlar tizimini yaratishga va uni barqaror ishlatishga xizmat qiladi, balki davlatning raqamlashtirish maqsadiga tezroq va sifatli yetishiga zamin yaratadi.

👍5🔥1
🌱 O‘simlik ildiz ajratmalari va biotik stressga javob reaksiyalari 🐛
O‘simliklar o‘zini nafaqat yer usti zararkunandalar va kasalliklardan himoya qiladi, balki ildiz atrofi mikroblar muhitini kimyoviy moddalari orqali shakllantirish orqali ham himoya mexanizmini ishga soladi.
🔄 Biotik stress (masalan, patogenlar yoki hasharotlar hujumi) yuzaga kelganda, ildiz ajratmalari tarkibi va miqdori o‘zgaradi. Har bir ildiz zonasi maxsus moddalarga boy bo‘lib, ular orasida treonin, malik kislotasi yoki fenolik birikmalar mavjud bo‘lishi mumkin.
1️⃣ Biotik zarba ostida, o‘simliklar salitsil kislotasi (SA), metil yasmonat (MeJA) va azot oksidi (NO) kabi himoya molekulalarini ko‘proq ajrata boshlaydi. Bu esa ildiz ajratmalarini o‘zgartirib, mikroblar tarkibini boshqacha shakllantiradi.
2️⃣ Shuningdek, o‘simliklar foydali mikroorganizmlarni tanlab o‘ziga jalb qiladi. Masalan, Bacillus subtilis kabi foydali bakteriyalar l-malik kislotasi va limon kislotasi orqali ildiz zonasiga tortiladi.
3️⃣ Ildiz ajratmalari orqali induktsiyalangan tizimli qarshilik (ISR) va sistemali o‘zlashtirilgan qarshilik (SAR) faollashadi. Bu esa himoya genlarining faollashishiga va foydali mikroblarning ishga tushishiga olib keladi.
4️⃣ Hasharotlar zarari natijasida ildiz ajratmalaridagi shakarlar, organik kislotalar va himoya metabolitlari miqdori o‘zgaradi. Natijada, Pseudomonas, Paenibacillus, Streptomyces kabi foydali mikroorganizmlar ildiz atrofida ko‘proq to‘planadi.
🧪 Xulosa: Ildiz ajratmalari nafaqat oziqlanishda, balki o‘simlikning mudofaa tizimini faollashtirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Biotik stressga qarshi kurashda mikroblarni “chaqirish” orqali tabiiy himoya kuchaytiriladi.
🖼 Rasm: Ildiz ajratmalari yer usti va yer osti stresslarini sezib, rizosfera mikroblar muhitini o‘zgartiradi (Manba: Sharma va boshq., 2023; DOI: 10.3389/fpls.2023.1132824)

🔥1