RESPUBLIKA AEROGEODEZIYA MARKAZI | RASMIY KANAL
745 subscribers
3.71K photos
255 videos
4 files
1.27K links
Respublika aerogeodeziya markazi



Murojat uchun tel: 71-200-10-98
Download Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

🫥QONUN MAZMUN-MOHIYATI VA IJROSI BO‘YICHA XATLOV ISHLARINI TO‘G‘RI TASHKIL ETISH YUZASIDAN O‘QUV-SEMINARI O‘TKAZILDI

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 🌏O‘RQ-937-son Qonuni ijrosi yuzasidan joylarda ishlarni to‘g‘ri tashkil etish va Qonun talablarini bir xilda amalga oshirish bo‘yicha Kadastr agentligi derektorining tegishli buyrug‘iga asosan Samarqand viloyatiga biriktirilgan "ISHCHI GURUH" mas’ullari tomonidan bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmalari boshliqlari va tuman (shahar) filial rahbarlari, shuningdek, topograflar hamda kadastr muhandislari ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

💠 Ushbu o‘quv-seminarida viloyatga vakil etib tayinlangan 5️⃣ Respublika aerogeodeziya markazi direktori - Ishchi guruh rahbari A.Omonov, ⭐️ Kadastr agentligining Kadastr va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Madiyarov, 🌟 Davlat kadastrlari palatasining Topgorafik ishlarni muvofiqlashtirish sho‘basi boshlig‘i R.Bakirovlar tomonidan ma’ruzalar qilindi.

🫥 Seminarda, mazkur Qonun ijrosi yuzasidan “Ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizasiyadan o‘tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi USLUBIY QO‘LLANMA”ga muvofiq bajariladigan ishlar ketma-ketligi birma-bir, har bir bandi bo‘yicha to‘liq tushuntirib o‘tildi.

💭Seminar savol-javoblar asosida qizg‘in muhokamalar bilan o‘tdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga ma’ruzachilar batafsil javoblar berishdi.

#Kadastr #Aerogeodeziya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Telegram
🌐Websayt 🌐You Tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎤🎤🎤🎤

🇺🇿O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarida qurilgan qurilmalarga huquqlarni e’tirof etish jarayonlarida yigirmaga yaqin davlat idoralari orasida o‘zaro elektron hujjat aylanishi hamda jarayonlarni shaffofligini ta’minlash maqsadida 🌟Kadastr agentligi tomonidan “E’TIROF” AAT dasturi ishlab chiqildi.

5-noyabr kunida soat 11:00 da 🌟Kadastr agentligining markaziy aparati binosida dasturning taqdimoti bo'lib o'tadi.

🎤Taqdimotga ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlarni taklif etamiz.

📍 Manzil:  Chilonzor-S, Cho'ponota ko'chasi 6 V uy. 🌟Kadastr agentligi binosi.

‼️Shu bilan birgalikda Qonunga muvofiq respublikamizning barcha hududlarida mahalla kesimida bosqichma-bosqich o'tkaziladigan xatlovlar reja-grafigi ham e'lon qilinadi.

#Kadastr_agentligi #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

📆Bugun Jahon banki ekspertlari tomonidan O'zbekistonda Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasini yaratish investitsiya loyihasini amalga oshirish istiqbollarini o'rganish bo'yicha ⭐️Kadastr agentligi5️⃣Respublika aerogeodeziya markaziga tashrif amalga oshirildi.

➡️Mazkur tashrifda Jahon bankining ekspertlari Muhammad Nada markazning Geodeziya, kartografiya, GNSS stansiyalarini boshqarish, stereotopografiya va Yerlarni masofadan zondlash bo'limlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Loyiha doirasidagi o'rganish ishlari davom ettirilmoqda.

#Kadastr #Aerogeodeziya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Telegram
🌐Websayt 🌐You Tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

Yangi Qonun yuzasidan huquqiy seminarlar muntazam ravishda o'tkazilmoqda


Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O'RQ-937-sonli Qonuni e'lon qilinganidan so'ng keng jamoatchilikka targ'ib qilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

Kuni kecha, 5️⃣Respublika aerogeodeziya markazi direktori o‘rinbosari A. G‘aniyev boshchiligida ⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining barcha xodimlariga Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o'tkazildi.

✔️ Seminar davomida, mutaxassislari tomonidan berilgan savollarga Qonun bo‘yicha aniq javoblar berildi.

#Kadastr #Aerogeodeziya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Telegram
🌐Websayt 🌐You Tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ❗️❗️❗️ 📣📣📣📣


🗓 2024-yil 8-noyabr kunidan xatlov ishlari boshlanadi.

Qonunga muvofiq o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlariga qurilgan ko'chmas mulk obyektlarini aniqlash maqsadida 2024-2025-yillarda xatlov qilinadigan mahallalar reja-jadvali tasdiqlandi.

Tasdiqlangan reja-grafik 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz saytiga joylashtirildi.
Fuqarolar saytga kirib o'zining hududida xatlov ishlari qachon amalga oshirilishini bilib olishi mumkin.

🌟Kadastr agentligi direktorining matbuot kotibi N.Atamuratov bu haqda to'liq ma'lumot berdi.

📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

5️⃣Respublika aerogeodeziya markaziga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo'yicha (1-noyabr holatiga) ma'lumot.

Infografika ko'rinishida


#Kadastr #Aerogeodeziya #infografika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Telegram
🌐Websayt 🌐You Tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli yurtdoshlar!

Yer, mulk, uy-joy bilan bog‘liq munosabatlar tarixan qadriyatimizga aylangan. 2024-yilning 5-avgust sanasida Davlatimiz rahbari vatandoshlarimiz uchun muhim bo‘lgan yana bir tarixiy Qonunni imzoladilar.

Bugun 8-noyabrdan millionlab yurtdoshlarimiz kutgan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kiradi. 2024–2025-yillar uchun tasdiqlangan reja-garfik asosida mahallalarda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari boshlanadi.

Qonun kuchga kirish sanasida sizga murojaat qilishimdan maqsad
“ogohlikka” chaqirishdir!

Uzoq yillar davomida o‘zi yashab kelayotgan uyini rasmiylashtirib olishni niyat qilib yurgan halol insonlar ko‘p ammo, vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yo‘llar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan “uddaburonlar” ham yo‘q emas.

Sizlarni bunday nopok kimsalarning har qanday so‘zlari va va’dalariga ishonmaslikka chaqiraman!

Birinchidan,
mahallalar aniq tasdiqlangan reja-grafik asosida xatlovdan o‘tkaziladi. Biri qolib ikkinchisiga o‘tilmaydi, ya’ni xalq tili bilan aytganda “tezlashtirib berishning imkoni yo‘q!”.

Ikkinchidan, xatlovdan keyin “E’TIROF” dasturiga kiritilgan har bir holat bo‘yicha 15 dan ortiq vazirlik va idoralar xulosalarini beradi hamda kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “ilojini qilib o‘tkazib bo‘lmaydi!”.

Uchinchidan, xatlov jarayonida qonun bilan aniq belgilab berilgan 8 ta toifaga kiruvchi holatlar o‘rganiladi. Hozirda egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirib olishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va bu ishlar ham axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “tanish-bilish o‘tmaydi!”.

‼️Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering.

Mazkur Qonunning adolatli va samarali ijro etilishi barchamizga birdek bog‘liq ekanligini yoddan chiqarmaylik.

Hurmat bilan,
Kadastr agentligi direktori
Farrux Pulatov
.