RESPUBLIKA AEROGEODEZIYA MARKAZI | RASMIY KANAL
749 subscribers
3.68K photos
254 videos
4 files
1.27K links
Respublika aerogeodeziya markazi



Murojat uchun tel: 71-200-10-98
Download Telegram
#Kadastr #Aerogeodeziya #Toponimika #Seminar

🌍Respublika aerogeodeziya markazi mutaxassislari hamda Davlat kadastrlar palatasi xodimlaridan iborat ishchi guruhi xizmat safari yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining "Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida" gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1010-son qaroriga muvofiq, Geografik obyektlarning nomlari Davlat reyestri bazasi hamda koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri yuritilishini yanada jadallashtirishni tashkil qilish borasida oʻquv-seminar oʻtkazishdi.
📊Ushbu masala yuzasidan soʻzga chiqqan Xorazm viloyati Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va Davlat tilini rivojlantirish masalalari boʻyicha hokim maslahatchisi Ravshan Xudoyberganov: "Hududimizda nomsiz mahalla va koʻchalar qolmaydi, buning uchun bor kuchimizni safarbar etamiz" - deb oʻz fikrini bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​🔰So‘nggi yillarda respublikada ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni takomillashtirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini inobatga olib, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyundagi 395-son qaroriga muvofiq Kadastr agentligining «Geodeznazorat» axborot tizimi ishlab chiqildi.

💠Mazkur axborot tizimini ishlab chiqishdan asosiy maqsad geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni texnik loyiha va texnik hisobotlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun arizalarni «Geodeznazorat» axborot tizimidan yuborilishini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

💠Bu bilan ortiqcha ovoragarchiliklar, buyrakratik to‘siqlar bo‘lmasligi taʼminlanib, murojaatlarning muddatlari buzilishlari oldi olinadi. Shu bilan birgalikda texnik loyiha va texnik hisobotlarning elektron reyestri yuritilib boriladi.

🔹Bugungi kunda ushbu axborot tizimi test rejimida ishlab kelmoqda, test rejimidan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng barcha geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan yuboriladigan arizalarni tizim orqali yuborilishini taʼminlash ko‘zda tutilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⁉️Vodiyda yerlar to'liq nazoratga olingan. Buning uchun qanday texnikadan foydaniladi?

📹Respublika aerogeodeziya markazi
Farg‘ona hududlararo bo‘linmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga nazar tashlaymiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Senat #Qonun #Yer #Kadastr

🇺🇿 Сенатнинг йигирма олтинчи ялпи мажлисида “Ер муносабатларида тенглик ва шаффофликни таъминлаш, ерга бўлган ҳуқуқларни ишончли ҳимоя қилиш ва уларни бозор активига айлантириш тизими такомиллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги Қонун муҳокама қилинди.

📌 Қонунда ижтимоий ҳимояга муҳтож айрим аҳоли қатламлари учун бир қатор кафолатлар ҳам белгиланмоқда. Хусусан, ногиронлиги бўлган шахслар ва уларнинг оиласи электрон онлайн-аукционлардан ер участкаларини сотиб олиши билан боғлиқ харажатлари давлат томонидан қоплаб берилади.

📝 Мазкур Қонун билан амалдаги 20 дан зиёд қонун, жумладан 4 та кодексга ўзгартиш ва қўшимчалар киритилмоқда.

Амалиётда учраётган турли тушунмовчиликларга барҳам бериш ва жамият ҳаётида қонунга бўлган эҳтиёжни инобатга олган ҳолда сенаторлар мазкур Қонунни маъқуллади.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Prokuratura Departamenti
Оҳангарон туманидан 5 гектар ер майдони олиб беришни ваъда қилган фирибгар ушланди

Бош прокуратура ҳузуридаги Департаментнинг Тошкент шаҳар бошқармаси томонидан ДХХ ходимлари билан ҳамкорликда ўтказилган тезкор тадбирда, фуқаро Х.Н. бошқа бир фуқаро Р.нинг ишончига кириб, унга танишлари орқали Оҳангарон тумани ҳудудидан 5 гектар бўш ер майдонини 50 минг АҚШ доллари эвазига олиб беришни ваъда қилиб, шундан 25 минг АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланган.

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 168-моддаси (фирибгарлик) ва 28, 211-моддаси (пора бериш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

👉@Department_uz
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#Kadastr #Aerogeodeziya #Topografiya

🛬Respublika aerogeodeziya markaz tamonidan “Leica Geosystem AG” kompaniyasining DMCIII rusumli aerofotokameradan foydalangan holda Surxondaryo viloyatining 7 456 kv. km hududida kartografiya, kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish tizimlarini modernizatsiya qilish, 1:10 000 va 1:25 000 masshtabdagi qishloq ho‘jaligi xaritalarini yaratishda, mamuriy va hududiy chegaralarni aniqlashga, yerlarni monitoring qilishda, noqonuniy uchastkalarni aniqlashda kartografik asosni yaratish maqsadida aerosuratga olish ishlari olib borildi.
#Kadastr #Aerogeodeziya

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi “Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarni belgilash, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobatanik tadqiqotlarni o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 299-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Taxtako’pir va Qoraoʻzak tumanlarida noqonuniy yerdan foydalanish holatlarini o’rganish jarayoni.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🌏1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

🎈Bolalik inson umrining eng go‘zal, orzu-umidlarga to‘la, tashvishlardan yiroq, jo‘shqin faslidir. Bu faslning tabiati shundayki, birgina kulgusi bilan butun olamni charog‘on qilib, qalblarga quvonch va shodlik hadya etadi. Inson umriga mazmun bag‘ishlab, hayotga muhabbat va ishtiyoqini kuchaytiradi.

👶👧Qadrli bolajonlar Respublika aerogeodeziya markazi jamoasi Sizlarni qutlug' ayyom bilan tabriklaydi va mamlakatimizni yuksak pog'onalarga olib chiqishingizga ishonch bildiradi. Ertamiz egalari Siz hamisha himoyamiz ostidasiz!
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Тожикистон Президенти Эмомали Раҳмон расмий ташриф билан мамлакатимизга келди.
Тошкент халқаро аэропортида уни Президентимиз кутиб олди.
Тожикистон раҳбари “Янги Ўзбекистон” боғига ташриф буюриб, Мустақиллик монументи пойига гул қўйди. Меҳмонга мажмуанинг мазмун-моҳияти ва меъморий хусусиятлари ҳақида сўзлаб берилди.

По приглашению Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева Президент Таджикистана Эмомали Рахмон прибыл в нашу страну с официальным визитом.
В международном аэропорту Ташкента его встретил Президент Узбекистана.
Лидер Таджикистана прибыл в парк “Янги Узбекистон” и возложил цветы к Монументу независимости. Он осмотрел комплекс, ознакомился с содержанием и архитектурными особенностями данного ансамбля.

#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #Geodeziya_nazorati

🔰Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid 96 ta texnik loyiha hamda 54 ta texnik hisobot ekspertizadan o‘tkazildi.

♦️Geodeziya va kartografiya materiallarni Davlat geodeziya va kartografiya fondidan olish uchun yil boshidan 39 ta ruxsatnoma rasmiylashtirilib, 11 992 ta kartografik materiallar Davlat geodeziya va kartografiya fondi orqali foydalanuvchilarga taqdim etilishi ta’minlangan.

♦️Joriy yilda licenses.uz xabardor etish tizimi orqali 55 ta geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ruxsat berildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#TAYINLOV
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tasarrufidagi Respublika aerogeodeziya markazi direktori o'rinbosari lavozimiga Aripov Shamsiddin Sayfievich tayinlandi.
Tayinlovga qadar Mudofaa Vazirligi Navigatsiya-geoaxborot ta'minoti boshqarmasi boshlig'i (rezervdagi harbiy xizmatchi, harbiy unvoni polkovnik) lavozimida faoliyat yuritgan.
1990-yilda Leningrad Oliy-harbiy topografiya bilim yurtini tamomlagan.