Adu.uz | Rasmiy kanali
13.9K subscribers
35.7K photos
3.87K videos
748 files
17.5K links
✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/adu.uzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz

©️ Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adu_uz_bot
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Prezident #videoselektor #xizmatlar_sohasi

So‘nggi sakkiz yilda 125 ta yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etildi

Prezident raisligida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil uchun asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda davlat rahbari tomonidan o‘tgan davrda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish borasida olib borilgan ishlar, yo‘nalishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilib, kelgusidagi asosiy vazifalar belgilab berildi.

Jumladan, so‘nggi sakkiz yilda 125 ta yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etilib, shundan 23 tasi xorijiy universitet filiallari ekanligi qayd etildi. Lekin, o‘tgan yili oliy ta’limda eksport atigi 26 million dollarni tashkil qilgani imkoniyatlarga mutlaqo mos emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga “Top-1000”talikka kirgan 2 ta oliygoh bilan cheklanib qolmasdan, yaqin yillarda ularni 10 taga yetkazish choralarini ko‘rish topshirildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍3❤‍🔥11