Adu.uz | Rasmiy kanali
13.9K subscribers
35.8K photos
3.89K videos
750 files
17.5K links
✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/adu.uzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz

©️ Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adu_uz_bot
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Vazir_talaba

Xabar berganimizdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, vazir muassasada yo‘lga qo‘yilgan talabalar ishtirokidagi radioeshittirishda chiqish qilib, yoshlar bilan bo‘lgan muloqotda ularning qator takliflarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5268



Как мы сообщали, министр высшего образования, науки и инноваций, академик Иброхим Абдурахмонов посетил Университет журналистики и массовых коммуникаций Узбекистана и ознакомился с созданными здесь для студентов условиями.

Министр так же выступил в радиопередаче с участием студентов и выразил готовность поддержки ряда предложений в ходе диалога со студентами.

Подробно: https://edu.uz/ru/news/view/5268

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍4
#Vazir_tashrifi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri amaliy tashrif bilan Andijonda

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Andijon viloyatida amaliy tashrif bilan oliy ta'lim muassasalardagi davlat-xususiy sherikchilik asosida bunyod etilayotgan TTJlar bilan yaqindan tanishdi.

🎞Ushbu videoni youtube kanalimiz orqali HD formatda tomosha qilishingiz mumkin.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
👍4
Forwarded from Edu.uz
#Vazir_qabuli

9-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha navbatdagi qabuli tashkil etildi.

Unda uzoq hududlarda bo‘lib, vazirlikka kela olmagan, lekin vazir bilan uchrashishni istagan fuqarolarga video-konferens-aloqa vositasi orqali murojaat yo‘llash imkoniyati ham yaratildi.

👉https://edu.uz/uz/news/view/5407

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍4
Forwarded from Edu.uz
#Vazir_va_yoshlar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

Unda yoshlarning bilim olishlari, rivojlanishlari uchun soʻnggi yillarda ko‘plab imkoniyatlar yaratilib, ularni hayotda o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlari uchun sharoitlar kengayotgani qayd etildi. Vazir bundan unumli foydalanish zarurligi haqida gapirarkan, yoshlarga oʻz hayotidan misollar keltirib, muvaffaqiyatga erishish yoʻlidagi o‘gitlarini berdi.

Oʻz oldingizga katta maqsadlarni qoʻyish va bu maqsadlarga erishishda oʻzingizni ayamang, oldinda turgan turli toʻsiqlardan oʻtish uchun bor imkoniyatlaringizni ishga soling, muammolarni koʻra bilish, ularning yechimini topishda kuzatuvchan bo‘lish hamda ahil jamoa shakllantirish lozim, - dedi I.Abdurahmonov.

Uchrashuv davomida yoshlar ham soʻzga chiqib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, turli takliflarni bildirdilar. Xususan, vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlaridagi yosh kadrlardan iborat “Yoshlar klubi”ni tashkil qilish, xorij amaliyotini o‘rganish uchun stajirovkalarga yuborish, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish kabi takliflar uchrashuv ishtirokchilari tomonidan iliq kutib olindi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍4
Forwarded from Edu.uz
Vazir: bu yilgi faoliyatimizning maqsadi — sifatli ta’limga erishish

9-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparatining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 5-fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalar, jumladan professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarishlar qilish, ta’lim sifatini oshirish, professional va oliy ta’lim muassasalarini ish beruvchilar bilan hamkorligini tashkil qilish choralari hamda ijro intizomini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6426

#topshiriq_ijrosi #vazir #yig‘ilish

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
2👍1
Forwarded from Edu.uz
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan yigʻilishi oʻtkazildi

6-mart kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda vazirlik markaziy apparati mutasaddilari, davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan oliy va professional taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi muhokama qilindi. Taʼlim sifatini takomillashtirish, taʼlimni sanoat korxonalari, ish beruvchilar ehtiyojlariga moslashtirish, talabalarda amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish zarurligi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar koʻrib chiqilib, bu borada aniq rejalar va yoʻl xaritalari tuzish boʻyicha koʻrsatma berildi.

👉 На русском
👉 In English

#vazir #yigʻilish #ustuvor_vazifalar #ijro_intizomi #KPI

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍52
Forwarded from Edu.uz
Fransiya elchisi bilan Oʻzbekiston-Fransiya universitetini tashkil etish masalalari muhokama qilindi

11-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Fransiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashdi.

Tomonlar ikki davlatning oliy hamda professional taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida hamkorligi, oʻzaro aloqalarni yanada mustahkamlash yoʻlida olib borilayotgan ishlarni muhokama qildilar. Xususan, Toshkent shahrida Oʻzbekiston-Fransiya universitetini tashkil etish, joriy yil sentabr oyidan universitetning tayyorlov kurslarini ochish, oʻquv rejalari, taʼlim dasturlarini yaratish va tasdiqlash, professor-oʻqituvchilarni jalb etish kabi masalalar koʻrib chiqildi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6551

👉 На русском
👉 In English

#vazir #elchi #xalqaro_hamkorlik

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍61
Forwarded from Edu.uz
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan sayyor yig‘ilishi Farg‘onada o‘tkazildi

Bugun,16-mart kuni Farg‘ona davlat universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov, vazirlik markaziy apparati masʼullari, davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov so‘zga chiqib, bugungi o‘quv seminari va vatanparvarlik targ‘ibotining yoshlar uchun ahamiyati xususida gapirib, oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtaldi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6575

#vazir #Farg‘ona #kengaytirilganyig‘ilish

👉 На русском

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | X | YouTube
👍8❤‍🔥11👏1🏆1
Forwarded from Edu.uz
Oʻzbekistonlik talabalarga Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom tumanidagi universitetlarida tahsil olishlari uchun stipendiyalar taqdim etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov va Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uygʻur avtonom viloyati hukumati raisi Erkin Tuniyaz Oʻzbekiston fuqarolariga Xitoy oliy taʼlim muassasalarida oʻqish uchun stipendiyalar taqdim etish toʻgʻrisidagi kelishuvni imzoladilar.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/8469/

👉 На русском
👉
In English

#vazir #Shinjon_Uygʻur #stipendiya_kelishuv

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍8🔥21
Forwarded from Edu.uz
#vazir #yig‘ilish #turizm #topshiriq_ijrosi

30 ta tumanda oliygohlar turizm salohiyatini oshirishda an’anaviy festivallar o‘tkazadi

Davlat rahbarining respublikada turizmni rivojlantirish va xorijiy sayyohlarning oqimini ko‘paytirish bo‘yicha bergan bir qator tegishli topshiriqlar ijrosi yuzasidan 19-aprel kuni yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov bilan birgalikda bir qator oliy ta’lim muassasalarining biriktirilgan hududlarda turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha aprel-may oylarida amalga oshiradigan vazifalari va o‘tkaziladigan tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/10011/

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍3
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_ochiq_muloqot

⚡️ Nima sababdan “avval test, soʻng tanlov” tizimiga oʻtildi?


Qachon rektorlarni jamoatchilik saylaydi?

Taʼlim granti har yili qayta taqsimlansa, poraxoʻrlik avj olmaydimi?

Nega sirtqi taʼlimdan voz kechilmoqda?

Ushbu savollarga Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov bilan “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorov suhbatida javob olishingiz mumkin.

🎬 Videoni Full HD formatda koʻrish

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍21
Forwarded from Edu.uz
#vazir_yoshlar
#ochiq_muloqot

Vaqti keladi, katta lavozimlarni egallaysizlar. Kelajak yukini sizlar yelkangizga olasizlar. Buning uchun yaxshi o‘qing, katta maqsadlarni qo‘ying va unga harakat qiling — vazir


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning 200 dan ortiq yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotidan fotolavha

💾 FOTOGALERIYA

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍21👏1
Forwarded from Edu.uz
#live #yig‘ilish #vazir #muhandislik

Ayni damda “tarmoq – korxona – oliygoh” zanjiri asosida muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha olimlar takliflari tinglanmoqda


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov davlat rahbari raisligida o‘tgan yig‘ilishda muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimida mavjud yutuq va kamchiliklar qayd etib o‘tilgani, shu bilan birga, kelgusida sohada amalga oshirish lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab berilganini qayd etib, ularga to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, oliygohlar rahbarlari va soha mutaxassislarining tizimni rivojlantirish bo‘yicha taklif va mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, “tarmoq – korxona – oliygoh” zanjiri asosida har bir oliygoh sanoat hamkorini topish va dual ta’limni yo‘lga qo‘yish borasida takliflar muhokama qilindi.

10 ta oliygohda “Oliy muhandislik maktablari” ochilishi, bunda har bir hududdan muhandislik sohasida ilg‘or oliy ta’lim muassasalari tanlab olingan holda faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligi bildirildi.

Kelgusi yildan texnika yo‘nalishidagi loyihalarga davlat grantlari 4 karra oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍81
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#vazir #suhbat

Bugun, soat 12:00 da “Lolazor” podkastida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov bilan suhbatni tomosha qilishingiz mumkin.

Unda qabul jarayonlari, ta’limdagi muammolar va ularning yechimlari, oliygohlarning ahvoli, ta’limdagi korrupsiya va tanish-bilishchilik, davlat grantining yangi tizimi, kontraktlar oshishi, super-kontraktlar yo’qolishi kabi mavzularda suhbat qilindi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍42
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#podkast #vazir

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Lolazor” podkastida qabul haqidagi yangiliklar, kvota masalasi, oliygohlar faoliyati, ta’limda korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat granti, kontraktlar va super-kontraktlar, akademik mobillik, kadrlar muammosi kabi dolzarb savollarga javob berdi.

📹 https://youtu.be/nkfD9_oxy3c

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71🔥1
Forwarded from Edu.uz
#Vazir_va_yoshlar

Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov yoshlar bilan uchrashadi

⚡️“Yoshlar forumi” tadbirlari doirasida ertaga, 17-dekabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning yosh xodimlar va mahalla yoshlari ishtirokida uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda ishtirok etish istagini bildirgan barchani soat 14:00 da Yoshlar ijod saroyida kutamiz. Shuningdek, taklif va murojaatlaringizni yoshlarforumi.uz sayti va vazirlikning @eduuzuniversalbot'i orqali ham yo‘llashingiz mumkin!

#Yoshlarforumi2024 #Yoshlaruchrashuvi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1
Forwarded from Edu.uz
#Vazir_yoshlar_uchrashuvi

Vazir: Liderlik – bu odamlarni yangi marralarga ilhomlantirish, ularga yoʻl koʻrsatish va imkoniyat yaratishdir


21-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida ikki yuzdan ortiq oliy taʼlim muassasalari yoshlar yetakchilari bilan uchrashib, ularning rahbarlik va tashabbuskorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot qildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/31005

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍5❤‍🔥1
Forwarded from Edu.uz
#vazir #muhandislik #yigʻilish #tanlov

Muhandislik yoʻnalishlari boʻyicha “Eng yaxshi gʻoya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika koʻrik tanlovlari oʻtkaziladi

20-yanvar kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida ushbu tanlovlarni oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama qilindi. Unda vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlari masʼul xodimlari hamda 16 ta oliygoh rektorlari ishtirok etdi.

Bildirilgan fikrlar va takliflarni inobatga olgan holda tanlovni oʻtkazish nizomi hamda vazifalari koʻrib chiqildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/33544

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍5❤‍🔥1
Forwarded from Edu.uz
#yig‘ilish #vazir

Ijro intizomi va taʼlim sifatini oshirish masalalari tanqidiy muhokama qilindi


2025-yil 25-fevral kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda vazirlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini kompleks rivojlantirish, oliygohlar uchun xorijiy adabiyotlarni tarjima qilish hamda ijro intizomi bilan bogʻliq dolzarb masalalar tanqidiy muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/37764

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤‍🔥1🎉1
Forwarded from Edu.uz
#vazir

Qoʻngʻirotboy Sharipov Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi raisi etib saylandi


Toshkent shahrida Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Konferensiyada Assotsiatsiya raisi etib Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov saylandi.

Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi 2018-yilda tashkil etilgan boʻlib, uning asosiy maqsadi — talabalar, oʻqituvchilar va oliygoh xodimlari oʻrtasida sportni ommalashtirish, yuksak mahoratli sportchilar zaxirasini shakllantirish va sport infratuzilmasini takomillashtirishdan iborat.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/46733

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍2😁2❤‍🔥1🤔1