Adu.uz | Rasmiy kanali
13.9K subscribers
35.8K photos
3.88K videos
748 files
17.5K links
✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/adu.uzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz

©️ Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adu_uz_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023

Ertaga, 1 avgust kuni O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi sinovlarda 940 mingdan ziyod abituriyent ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Imtihon paytida abituriyentlar rioya qilishlari kerak bo‘lgan muhim qoidalar bor. Biz ularni videoeslatma shaklida tayyorladik.

Abituriyentlar, test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda uyali telefon, mikrokalkulyator va boshqa vositalarni, shpargalkalarni olib kirmang. Aks holda imtihondan chetlashtirilasiz. Yana boshqa qoidalar bilan videoda tanishing.

"Yuksalish" umummilliy harakati jamoasi bo‘lajak imtihonlarda barcha abituriyentlarga omad tilaydi! Bilimingizga, salohiyatingizga ishoning, hammasi o‘z qo‘lingizda!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
3👍3
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023
#foydali

⚡️Abituriyentga eslatma!

Hurmatli abituriyentlar, ruxsatnomada ko‘rsatilgan quyidagilarga qat’iy rioya qilishingiz tavsiya etiladi:

▪️Test topshirish hududiga ruxsatnomada belgilangan vaqtda yetib kelib, nazorat posti orqali ruxsatnoma va pasportingiz (ID-karta) bilan hududga kirishingiz zarur (Shaxsi tasdiqlanmagan va kechikib kelgan talabgorlar test sinoviga qo‘yilmaydi);

▫️Javoblar varaqasini buklash, belgilanmagan joylarga yozish taqiqlanadi;

▪️Test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan zarurat bilan chiqqan talabgorga qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

▫️Mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilgan yoki olib kirgan talabgorlar test sinovidan chetlatiladi.

Shuningdek, quyidagilar sizni test sinovlaridan chetlatishga asos bo‘ladi:

🔹test materiallarini boshqa talabgorga uzatish;
🔸yordam berish hamda bir-biri bilan gaplashish;
🔹test materiallariga ziyon yetkazish;
🔸hududdan tashqariga olib chiqish;
🔹test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganidan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortish.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍21
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023

⚡️ Kollej va texnikumlarga qabul boshlandi

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga olish 10-sentabrga qadar (10-sentabr kuni ham) davom etadi hamda ushbu muddatga qadar abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini tahrirlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍3
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023
#suhbat

Oliy ta’lim muassasalarida a’lo baho bilan tamomlagan texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda

Jumladan:

🔹Andijon mashinasozlik institutida bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha 3 ta ta’lim yo‘nalishiga o‘qish istagini bildirgan 45 nafar texnikum bitiruvchilari bilan suhbat o‘tkazildi;

🔸Qoraqalpoq davlat universitetida “Buxgalteriya hisobi va audit” (tarmoqlar bo‘yicha) yo‘nalishini tanlagan bitiruvchilar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi;

🔹Soliq qo‘mitasi huzuridagi Farg‘ona, Toshkent hamda Buxoro soliq texnikumlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni Fiskal institutiga 2-kursdan suhbat asosida o‘qishga qabul qilish uchun imtihon bo‘lib o‘tdi;

🔸O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida texnikum bitirivchilari uchun suhbat asosidagi imtihon bo‘lib o‘tmoqda;

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘tkazilayotgan suhbat-imtihon jamoatchilik nazorati ham o‘rnatilgan;

🔸Andijon davlat universitetida texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, boshqa oliy ta’lim muassasalarida texnikum bitiruvchilari bilan o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha suhbat quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:

🏛 Qarshi davlat universitetida 11 – 18-avgust kunlari;

🏛 Termiz davlat universitetida 14-avgust kuni;

🏛 Urganch davlat universitetida 14 – 16-avgust kunlari;

🏛 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 14 – 16-avgust kunlari;

🏛 Buxoro davlat universitetida 15-avgust kuni;

🏛 Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 15–16-avgust kunlari;

🏛 Toshkent davlat yuridik universitetida 15–16-avgust kunlari;

🏛 Toshkent davlat transport universitetida 15 – 17-avgust kunlari;

🏛 Samarqand davlat universiteti Urgut filialida 17-avgust sanasida;

🏛 Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 17 – 18-avgust kunlari;

🏛 Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 18 – 24-avgust kunlari.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
1👍1
#Qabul2023

⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

📣 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2023-yil 16-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2023” bo‘limidan):

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan (topshiradigan) talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
👍7🔥2
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023

⚡️ Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlariga joylashtirildi

2023/2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari test sinovi natijalari bilan birga hisoblanib, my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlariga joylashtirildi.

Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍10
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023
#Professional_taʼlim

Kollej va texnikumlarga oʻqishga qabul qilish boʻyicha savollarga tezkor javob olish mumkin

Buning uchun 2023/2024-o‘quv yili qabul jarayonlarida abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmalarida “Abituriyentlarni qoʻllab-quvvatlash” markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Markazlar yakshanba kunidan tashqari har kuni soat 9:00 dan 18:00 ga qadar faoliyat ko‘rsatadi.

👉На русском
👉In English

Qabulga doir foydali bot: 👉@eduuzuniversalbot

Hududiy boshqarmalarning telegram kanallari quyida👈

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍21🔥1
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2023 #Imtiyoz

Imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mandat.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi

Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etadigan imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

Endilikda mandat.uzbmb.uz saytidagi “Bakalavr-2023” bo‘limining “Imtiyozli” qismidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.

Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ham ko‘rsatiladi.

📌 Imtiyoz asosida qo‘shimcha kvota doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ishtirok etadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍5
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2023 #Imtiyoz

Imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mandat.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi

Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etadigan imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

Endilikda mandat.uzbmb.uz saytidagi “Bakalavr-2023” bo‘limining “Imtiyozli” qismidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.

Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ham ko‘rsatiladi.

Imtiyoz asosida qo‘shimcha kvota doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ishtirok etadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍8🔥1🤩1
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023 #grant

⚡️Texnikumlarda qabul kvotasining 50% i davlat granti asosida belgilangan kasb va mutaxassisliklar ro‘yxati

Eslatma: hujjatlar my.gov.uz sayti orqali hujjatlar qabul qilinmoqda.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍2
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023 #grant

⚡️Texnikumlarda qabul kvotasining 100% i davlat granti asosida belgilangan kasb va mutaxassisliklar ro‘yxati

Eslatma: hujjatlar my.gov.uz sayti orqali qabul qilinmoqda.


100% квот приема в техникумы составляет перечень профессий и специальностей, устанавливаемых на основе государственного гранта

Примечание: документы принимаются на сайте my.gov.uz.


100% of quotas for admission to technical schools is a list of professions and specialties established on the basis of a state grant

Note: documents are accepted on the website my.gov.uz.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍41
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2023 #Natija

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytining “Bakalavr-2023” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

5️⃣ QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
👍16🔥4🤩1👌1
#Qabul2023 #Apellatsiya

Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

🖥 Apellatsiya arizalari my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 31-avgustga qadar (10 kun) davom etadi.

📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2023-yil 24-avgustdan boshlanadi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
👍1🎉1
#Qabul2023 #MatbuotAnjumani #Live
⚡️ 2023-2024-o‘quv yili uchun 193 mingdan ziyod abituriyent talabalikka tavsiya etildi

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Shundan:

🔸 42 655 nafari — davlat granti;
🔸 150 766 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

👨🏻‍💻 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 129 927 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 49 852 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 10 752 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 2 890 nafar.

🧮 Tanlov natijalariga ko‘ra:

👉 davlat granti asosida o‘rtacha ball — 119,3 ballni;
👉 to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 93,3 ballni tashkil etdi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍61
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023
#bilasizmi

DIQQAT! Bu yildan boshlab davlat grantlari kollej va texnikumlarning dual ta’lim shakli bo‘yicha ham ajratildi

2023/2024-o‘quv yili uchun jami 2 868ta, jumladan kollejlardagi 16 ta kasb va mutaxassisliklarga 1 174 ta, texnikumlardagi 34 ta 1 694 ta grant o‘rinlari mavjud.

Kasb va mutaxassisliklar ro‘yxati ilovada (rasm👆)


ВНИМАНИЕ! С текущего года государственные гранты выделяются также и на дуальную форму обучения колледжей и техникумов.

На 2023/2024 учебный год выделено всего 2868, в том числе 1174 по 16 профессиям и специальностям в колледжах и 1694 - по 34 грантовым местам в техникумах.

Список профессий и специальностей прилагается (фото👆)


ATTENTION! Starting this year, state grants are also being allocated for the dual form of education of colleges and technical schools.

A total of 2,868 were allocated for the 2023/2024 academic year, including 1,174 for 16 professions and specialties in colleges and 1,694 for 34 grant places in technical schools.

The list of professions and specialties is attached (photo👆)

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍13
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023

⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha https://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 20 054 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlardan 9 074 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida bo‘lmaganligi sababli asoslantirilgan holda rad etildi. Talab darajasida bo‘lgan 10 980 nafar talabgor arizasi tanlovda ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 6 393 nafar talabgor o‘qishga tavsiya etildi. Shundan:

davlat granti — 3 238 nafar;
to‘lov-kontrakt — 3 155 nafar.

To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan talabgorlarning 2 160 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.

Talabgorlar natijalarni https://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Eslatma: Prezident qaroriga asosan, oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍5
#Qabul2023
#Statistika

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun 948 491 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Bunda:

🙋🏻‍♂️ erkaklar — 419 327 nafar (44,2 %) ni;
🙋🏻‍♀️ ayollar — 529 164 nafar (55,8 %) ni tashkil etdi.

👨🏻‍🎓 Test sinovi natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

🔹 100 491 nafari (52 %)erkaklar;
🔹 92 930 nafari (48 %)ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballariga e’tibor qaratilsa, ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilganini ko‘rish mumkin.

🎓Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha o‘tish bali davlat granti asosida:

👉 erkaklarda — 112,4 ballni;
👉 ayollarda — 125,1 ballni;

🔵to‘lov-kontrakt asosida:

👉 erkaklarda — 88,9 ballni;
👉 ayollarda — 98,5 ballni tashkil etgan.

📈 Erkaklar va ayollarda o‘rtacha o‘tish ballarining bunday farq qilishi ular ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan ta’lim yo‘nalishlari va ulardagi o‘tish ballari bilan bog‘liq.

▶️ Ta’lim sohalari bo‘yicha foiz hisobida olinganda:

🔸Ijtimoiy ta’minot(91,7 %), “Tillar” (88,5 %) va “Ta’lim” (78,7 %) sohalariga ayollar;
🔸 “Transport xizmatlari(93,5 %), “Arxitektura va qurilish” (84,8 %) va “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” (75,3 %) sohalariga erkaklar ko‘proq talabalikka tavsiya etilgan.

⬇️ Abituriyent (erkak va ayol) larning ta’lim sohalari kesimida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari bilan quyidagi rasmda tanishish mumkin.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
👍15
AndDU.pdf
4.5 MB
#qabul2023
#magistratura_natijalari

2023/2024-o‘quv yili uchun Andijon davlat universitetining magistratura mutaxassislikgi bo’yicha 15 ta ta’lim yo’nalishlarining qabul natijalari bilan tanishing.

📋
Talabgorlar magistraturaga qabul natijalarini quyidagi havola orqali bilib olishlari mumkin.

Eslatma: Prezident qaroriga asosan, oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
👍9
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2023   #Kollej   #Texnikum

⚡️ Birinchi kun natijalari e’lon qilindi

Ma’lumki, 2023-yil 26-sentabr kuni barcha hududlarda professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovlari boshlandi.

26-sentabr kuni 61 ta binoda ikki smenada o‘tkazilgan test sinovlarida jami 23 ming nafarga yaqin abituriyent ishtirok etdi.

26-sentabr kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari talabgorlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍1🔥1
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2023
#KollejTexnikum

⚡️ Beshinchi (so‘nggi) kun natijalari e’lon qilindi

2023-yil 30-sentabr kuni o‘tkazilgan professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

30-sentabr kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Ma’lumot uchun: 30-sentabr kuni o‘tkazilgan test sinovlarida 2 ming nafardan ziyod abituriyent ishtirok etdi.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍31