Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.3K photos
1.34K videos
32 files
5.04K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_loyiha

Sud tomonidan ishni ko‘rganlik uchun undiriladigan davlat bojlari miqdorlari kamaytirilmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorlikda xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirish maqsadida Jinoyat kodeksi, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur loyihada AQSh, Buyuk Brintaniya, Kanada, Germaniya, Belgiya, Portugaliya, Singapur kabi ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi asosida bolalar va xotin-qizlarning tazyiq va zo‘ravonlikka uchrashining oldini olish choralari samaradorligini oshirish, oila institutini mustahkamlash, ma'naviy-axloqiy muhitni yaxshilashga qaratilgan bir qator yangi takliflar ilgari surilmoqda.

Mazkur takliflarning amalga oshirilishi mamlakatimizda olib borilayotgan bolalar va xotin-qizlarning ijtimoiy va huquqiy himoya tizimi bo‘yicha islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

❗️Mazkur qonun loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://regulation.gov.uz/oz/d/75074

Muhokama 26 yanvarga qadar davom etadi.

@adliyangiliklari