Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.2K subscribers
13.7K photos
1.43K videos
32 files
5.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya organlarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha mutaxassislar uchun trening o‘tkazildi

Adliya vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi doirasida Adliya vazirligining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha mutaxassislari uchun trening o‘tkazildi.

Treningda tashkilotning missiyasi va qadriyatlarini belgilash, inson resurslari boshqaruvini rejalashtirish, ishga qabul qilishning samarali tizimini yaratish, xodimlarning moslashuv (adaptatsiya) jarayoni, KPI tizimini joriy etish, baholash, ish va rivojlanish rejasini tuzish, motivatsiya hamda “offbording” (ishdan olish) jarayonlarining zamonaviy usullari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Trening natijasida loyiha hamkorlari bilan birgalikda kadrlar boshqaruvi transformatsiyasi bo‘yicha keyingi qadamlar — harakatlar rejasi ishlab chiqiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Qoraqalpogʻistonda

Ayni kunlarda adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini oʻrganish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasida.

Tashrif davomida vazirlik ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining eng chekka hududlarida boʻlib adliya boʻlimlari, yuridik xizmat ko’rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlari faoliyatini oʻrganish rejalashtirilgan.

Maqsad fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat.

@adliyangiliklari
O‘zbekistonda ilk bor Toshkent davlat yuridik universiteti QS Stars xalqaro reytingida 4 yulduzli universitet sifatida baholandi

Buyuk Britaniyaning eng nufuzli xalqaro reyting tashkilotlaridan biri QS (Quacquarelli Symonds) tomonidan tashkil qilingan QS Stars reytingi natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ichida birinchi bo‘lib Toshkent davlat yuridik universiteti ushbu ro‘yxatga kiritildi va 4 yulduzli universitet sifatida baholandi.

Ma’lumot uchun: QS Stars xalqaro reyting tizimi universitetlarni 13 ta yo‘nalish bo‘yicha baholaydigan, ko‘pqirrali metodologiya asosida tuzilgan reyting hisoblanadi. Mazkur reyting universitetlarni o‘qitish, tadqiqot, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlanganlik darajasi, xalqarolashuv, akademik rivojlanish, universitetdagi qulayliklar, onlayn ta’lim, sohaviy reyting, o‘quv dasturlari kuchi, innovatsiya, san’at va madaniyat, ijtimoiy mas’uliyat va inklyuzivlik asosida baholaydi.

@tsulofficial
#Adliya_xabari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tumanida zamonaviy koʻrinishga ega davlat xizmatlari markazi ish boshladi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Bemorga qaragani uchun xastalangan tibbiyot xodimiga 100 million so‘m pul mablag‘lari undirib berildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Shumanoy tumanida notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 27-oktabr kungi 15-sonli majlis qaroriga asosan,
▫️Shumanoy tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius K. Kadirovga xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning (QR 0021-sonli) amal qilishi 28-oktabr sanasidan boshlab 3 oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Adliya: mehnat stajiga qoʻshilmay qolgan yillar qayta hisoblandi

Baʼzi hollarda pensiyaga chiqishda ish staji bilan bogʻliq ayrim tushunmovchiliklar yuzaga keladi. Hujjatlarda necha yil qonuniy ishlagani qayd qilingan boʻlsa-da, pensiyaga chiqishda ayrim mehnat faoliyati bilan bogʻliq yillar hisoblanmaydi. Paxtachi tumanining “Goʻroʻgʻli” mahallasida yashovchi fuqaro Toshtemir Uraqov ham ana shunday muammoga duch keldi.

Masalani yechimin izlab sarson boʻlgan fuqaro tuman adliya boʻlimiga pensiya miqdorini qayta hisoblab, koʻpaytirib berishda amaliy yordam soʻrab murojaat qildi. Adliya boʻlimi xodimlari murojaatni oʻrganishda mehnat faoliyatining bazi yillarida sugʻurta badali toʻlanmaganligi sababli mazkur davrlar ish stajiga qoʻshilmaganligini aniqlashdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Voyaga yetmagan shaxslar jinoyat sodir etganda qanday so‘roq qilinadi?

👉Batafsil

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

🕊Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🇺🇿 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, oʻzgarishlar roʻy berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

@adliyangiliklari