Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.7K photos
1.42K videos
32 files
5.27K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Bilasizmi

⚡️Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishda qanday qulayliklar mavjud?

🔊Endilikda:

🗺 Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish boʻyicha eksterritorial tamoyil asosida istalgan Davlat xizmatlari markazi yoki ichki ishlar organlariga murojaat qilishi mumkin.

👨‍💻 Qogʻoz koʻrinishidagi ariza-anketani toʻldirish amaliyotidan toʻliq voz kechilib, faqatgina elektron soʻrovnoma toʻldirish mexanizmi joriy etilgan.

📃 Ayrim murakkab hollarda xizmat oluvchilar tomonidan taqdim etilishi lozim boʻlgan qator maʼlumotnoma va spravkalar qisqartirildi.

📌Xususan:

🔸18-27 yoshdagi harbiy xizmatga majburlar uchun – harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasini taqdim etish talabi bekor qilingan.

🔸 Voyaga yetmagan shaxslarga pasport olish uchun ota-onalar birgalikda murojaat qilgan hollarda, ulardan notarial tasdiqlangan rozilikni talab qilinmaydi.

💻Davlat xizmatini koʻrsatishning tegishli bosqichlari avtomatik ravishda sms-xabar yoʻllash orqali xabardor qilib boriladi, shuningdek YAIDXP yoki Davlat personallashtirish markazining rasmiy veb-sayti orqali tekshirib olish imkoniyati yaratiladi.

👨‍👩‍👦Voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish pasporti berishda ushbu voyaga yetmaganning hamrohlik qiluvchisi otasi va (yoki) onasi boʻlsa, ulardan hamrohlik qiluvchining notarial tasdiqlangan majburiyati talab etilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Trening

Intellektual mulk sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan treninglar haftaligiga start berildi

Joriy yilning 7—25-noyabr kunlari davomida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Mutaxassislar uchun Fulbrayt dasturi” doirasida Janubiy Karolinaning Klemson universiteti mutaxassisi Shontavia Jonson tomonidan intellektual mulk sohasida faoliyat yurituvchi davlat organlari va sudyalarning soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan treninglar haftaligiga start berildi.

Ushbu treninglar haftaligi davomida Adliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va sudyalar uchun intellektual mulk sohasi, intellektual faoliyat natijalari va individuallashtirish vositalariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish bo‘yicha manzilli treninglar o‘tkaziladi.

Treninglarni olib boruvchi Janubiy Karolinaning Klemson universiteti mutaxassisi, professor hamda amaldagi patent vakili Sh.Jonson intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza va himoya qilish sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega ekspert hisoblanadi.

Joriy haftada Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti va hududiy adliya organlarining Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limlari xodimlari uchun treninglar o‘tkazilmoqda.

Ushbu treninglar haftaligini kelgusi haftalarda o‘tkaziluvchi intellektual mulk huquqlarini himoya qiluvchi davlat organlari va sudyalar uchun treninglar davom ettiradi.

👉Ma’lumot uchun

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Tadbirkorga 2 milliard so‘mga yaqin kompensatsiya puli undirib beriladigan bo‘ldi

Andijon shahrida faoliyat yuritgan “ZANGORI EKRAN TRADE" mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Isroiljon Madragimov shahar adliya bo‘limiga murojaat qilib, jamiyatga tegishli bo‘lgan savdo do‘konining bino-inshootlari Andijon shahar hokimligi tomonidan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilib, buzilganligi sababli kompensatsiya to‘lanmaganini ma'lum qilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya organlarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha mutaxassislar uchun trening o‘tkazildi

Adliya vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi doirasida Adliya vazirligining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha mutaxassislari uchun trening o‘tkazildi.

Treningda tashkilotning missiyasi va qadriyatlarini belgilash, inson resurslari boshqaruvini rejalashtirish, ishga qabul qilishning samarali tizimini yaratish, xodimlarning moslashuv (adaptatsiya) jarayoni, KPI tizimini joriy etish, baholash, ish va rivojlanish rejasini tuzish, motivatsiya hamda “offbording” (ishdan olish) jarayonlarining zamonaviy usullari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Trening natijasida loyiha hamkorlari bilan birgalikda kadrlar boshqaruvi transformatsiyasi bo‘yicha keyingi qadamlar — harakatlar rejasi ishlab chiqiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Qoraqalpogʻistonda

Ayni kunlarda adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini oʻrganish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasida.

Tashrif davomida vazirlik ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining eng chekka hududlarida boʻlib adliya boʻlimlari, yuridik xizmat ko’rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlari faoliyatini oʻrganish rejalashtirilgan.

Maqsad fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat.

@adliyangiliklari
O‘zbekistonda ilk bor Toshkent davlat yuridik universiteti QS Stars xalqaro reytingida 4 yulduzli universitet sifatida baholandi

Buyuk Britaniyaning eng nufuzli xalqaro reyting tashkilotlaridan biri QS (Quacquarelli Symonds) tomonidan tashkil qilingan QS Stars reytingi natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ichida birinchi bo‘lib Toshkent davlat yuridik universiteti ushbu ro‘yxatga kiritildi va 4 yulduzli universitet sifatida baholandi.

Ma’lumot uchun: QS Stars xalqaro reyting tizimi universitetlarni 13 ta yo‘nalish bo‘yicha baholaydigan, ko‘pqirrali metodologiya asosida tuzilgan reyting hisoblanadi. Mazkur reyting universitetlarni o‘qitish, tadqiqot, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlanganlik darajasi, xalqarolashuv, akademik rivojlanish, universitetdagi qulayliklar, onlayn ta’lim, sohaviy reyting, o‘quv dasturlari kuchi, innovatsiya, san’at va madaniyat, ijtimoiy mas’uliyat va inklyuzivlik asosida baholaydi.

@tsulofficial
#Adliya_xabari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tumanida zamonaviy koʻrinishga ega davlat xizmatlari markazi ish boshladi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Bemorga qaragani uchun xastalangan tibbiyot xodimiga 100 million so‘m pul mablag‘lari undirib berildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Shumanoy tumanida notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 27-oktabr kungi 15-sonli majlis qaroriga asosan,
▫️Shumanoy tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius K. Kadirovga xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning (QR 0021-sonli) amal qilishi 28-oktabr sanasidan boshlab 3 oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari