Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.3K photos
1.34K videos
32 files
5.04K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_sayli

Navbatdagi «Adliya sayli» Farg‘onada bo‘lib o‘tdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
9-may – Xotira va qadrlash kuni

Adliya vazirligi jamoasi umumiy tarixiy xotira orqali birdamlik va hamjihatlikka chorlovchi ushbu kun bilan barchani samimiy muborakbod etadi!

Xotira o‘zlikni anglatib turadi, qadr insonni yuksaklikka ko‘taradi.

@adliyangiliklari
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari – Abbos Appanov, Fyodor Fedin qatori Akmal ota Akromov xonadonlariga borib, ularning holidan xabar oldi.

Akmal ota Adliya vazirligi o‘z faoliyatini boshlagan kezlari vazirlik tizimida ish boshlab, uzoq yillar shu sohada mehnat qilgan, sohadagi kam sonli Ikkinchi jahon urushi qatnashchilaridan biri.

👉Batafsil

@dliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

5-may
▪️ Adliya vaziri R. Davletov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Sh. Adrian va BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili M. Dimovska bilan uchrashdi.

▪️ Adliya vazirligi rahbariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qurilish ishlari ketayotgan davlat xizmatlari markazlari bilan tanishdi.

▪️ Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Beruniy tumani "Abay" OFYda tashkil etilgan sayyor qabulda fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini o‘rgandi.

6-may
▪️ AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda adliya sohasida amalga oshirilgan ishlar, raqamlar, o‘zgarishlar haqida jamoatchilikka axborot berildi.

7-may
▪️ “Olib borilayotgan islohotlarning xalqaro reytinglarga ta'siri” mavzusidagi III Xalqaro reytinglar forumining plenar yig‘ilishida adliya vaziri Ruslanbek Davletov nutq so‘zlab, erishilgan yutuqlar, natijalar va istiqboldagi vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

▪️ Toshkentda “Adliya sayli” tashkil etildi.

▪️ Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi.
__________

#Adliya_loyiha

▫️ Qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Oxirgi benefitsiar mulkdorlar yagona davlat reyestri to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi. Unda “oxirgi benefitsiar mulkdor” tushunchasining aniq mezonlari, oxirgi benefitsiar mulkdorlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim qilmaydigan tashkilot va korxonalar belgilanmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi tomonidan ta'lim tizimi xodimlariga 51 mln so‘mdan ortiq oylik ish haqlari va nafaqalar to‘lab berilishi ta'minlandi.

🔹Jomboylik Gulruh Rustamova bola parvarishi ta'tilidan keyin nega muammolarga duch keldi? Tuman adliya bo‘limi muammoni o‘rgandi.

🔹Ishtixon tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlarining to‘lanmagan ish haqlari adliya bo‘limi aralashuvi bilan to‘lab berildi.

🔹O‘qituvchi va shifokorlarning 1 mlrd so‘mdan ortiq to‘lanmagan to‘lovlari Samarqand viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan undirilib berildi.

🔹Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan Shahrisabz shahridagi 2-sektor binosida 30 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari o‘rtasida sayyor qabul tashkil etildi.

🔹Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2022-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar va galdagi vazifalar yuzasidan jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

🔹Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan xalq ta’limi xodimlarining huquqlari tiklandi.

🔹Kitob tumanidan 30 km olisdagi togʻli hududlardan biri “Bashir” mahallasida Davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor xizmatlar tashkil etildi.

🔹Boʼston tumanidagi "Quyoshcha" bolalar oromgohida Andijon viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “Inson qadrini ulugʼlash — eng oliy saodat” shiori ostida “Аdliya sayli” oʼtkazildi.

🔹Guliston shahrida o‘tkazilgan "Adliya sayli" jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg‘otishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

🔹Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Yangiariq tumanida "Fuqarolar davlat organlariga emas, davlat organlari fuqarolarga xizmat qilishi kerak!" shiori ostida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan "Adliya sayli" o‘tkazildi.

🔹Chirchiq shahrida Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “Inson qadrini ulug‘lash — eng oliy saodat” shiori ostida "Adliya sayli" tashkil etildi.

🔹So‘x tumanida DXM filiali ish boshladi.

🔹Navbatdagi “Adliya sayli” Farg‘onada bo‘lib o‘tdi.

🔹Namangan viloyatida “Adliya sayili” koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.

🔹 Navoiy viloyat adliya boshqarmasida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan adliya faxriylari uchun “xotira kechasi” tashkil etildi.

🔹 Navoiy viloyatining olis hududlarida adliya boshqarmasi boshlig‘i, mahalliy hokimliklar, sektor rahbarlari va mas’ullari ishtirokida ommaviy sayyor qabullar bo‘lib o‘tdi.

🔹 Uchquduqda shahar tipidagi posyolka xodimlari uchun ustama mablag‘lari undirib berildi.

🔹 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i bilan viloyat yuridik texnikumida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

Manfaatlar to'qnashuvi alohida qonun bilan tartibga solinmoqda

Adliya vazirligi tomonidan manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to'g'risida qonun loyihalari ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.

Qonun loyihalarida quyidagilar nazarda tutilmoqda:

▫️ davlat tashkiloti xodimi yoki uning yaqin qarindoshi aksiyadori, muassisi (ishtirokchisi), boshqaruv organi a'zosi hisoblanadigan yuridik shaxs ushbu xodimlarga aloqador shaxs hisoblanadi;
▫️ davlat tashkiloti xodimi tomonidan manfaatlar to'qnashuvi to'g'risidagi ma'lumotlarni ma'lum qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
— manfaatlar to'qnashuvi to'g'risidagi ma'lumotlarni deklaratsiya qilish;
— mavjud manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida xabar berish.

Davlat tashkiloti xodimining yaqin qarindoshlari va unga aloqador bo'lgan shaxslar mazkur xodimning mehnat qilayotgan tashkiloti bilan huquqiy munosabatga kirishayotganida manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida yozma yoki elektron shaklda xabar berishi lozim.

Shuningdek, manfaatlar to'qnashuviga oid talablarni buzganlikning huquqiy oqibatlari belgilanmoqda.

Xususan:

davlat tashkilotlari xodimlarining har bir holatda manfaatlar to'qnashuvi haqida xabar bermaganligi BHMning 3 baravardan 5 baravarigacha (takroran bo'lsa – BHMning 5 baravardan 10 baravarigacha);

mansabdor shaxslarining ushbu vaziyatlarni tartibga solmaganligi BHMning 5 baravardan 10 baravarigacha (takroran bo'lsa – BHMning 10 baravardan 15 baravarigacha) jarima solishga sabab bo'lishi mumkin.

❗️Mazkur qonun loyihalari qabul qilinsa, davlat tashkilotida davlat xizmatchilari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir qilinishi oldi olinishi hamda xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi 3 ta indeksda O'zbekiston pozitsiyasiga ijobiy ta'sir etishi kutilmoqda.

Quyidagi havolalar orqali loyihalar muhokamasida ishtirok eting:

👉 https://regulation.gov.uz/oz/d/60813
👉 https://regulation.gov.uz/oz/d/60954

@adliyangiliklari