Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.3K photos
1.34K videos
32 files
5.04K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_timbilding

Adliya organlari xodimlari xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shdi

Ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati — hashar muhim o‘rin tutadi. Bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Ushbu xayrli ishga adliya organlari xodimlari ham o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Vazirlik tizimidagi barcha muassasalar, idoralar atrofi tozalanib obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtirildi.

Hashar nafaqat obodonlashtirish, balki jamoa bilan vaqtni unumli o‘tkazish, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik hamdir.

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

⚡️Davlat boshqaruv organlarida korrupsion sxemalarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi. Muhokamada faol bo‘ling.

Adliya vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentiligi bilan hamkorlikda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirishga oid Prezident qarori loyihasini tayyorladi.

Loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Unda quyidagilar nazarda tutilmoqda:

▪️ 2022-yil 1-sentabrdan boshlab davlat tashkilotlarida "E-Antikorrupsiya" loyihasini to‘liq ishga tushirish. Ushbu loyiha korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash, "Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri"ni shakllantirish va yuritish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha samarali choralarni ishlab chiqishni nazarda tutadi.

▪️Davlat tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash ishlari Agentlik va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyotiga muvofiq amalga oshirilishi.

▪️Davlat tashkilotlari tomonidan o‘ziga yuklangan funksiyalar va ularni amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlarning elektron reestrini ochiq e'lon qilib borish.

▪️Ijtimoiy so‘rovlar va mustaqil ekspertlar ishtirokida muhokamalarni o‘tkazish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni “past”, “o‘rta” va “yuqori” o‘lchovlarida “E-Anticor.uz” elektron platformasida baholab borish.

▪️Korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalarini tuzish amaliyoti yo‘lga qo‘yish.

▪️Kadrlar bilan ishlash sohasida inson omilini minimallashtirish maqsadida kadrlar bilan ishlash bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimni davlat boshqaruvi organlarida joriy etish.

▪️Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash ishlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi,

▪️Korrupsiyaga qarshi kurashish, shu jumladan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash sohasida ilmiy va amaliy ishlanmalarni tarqatish, bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual platformasi” loyihasini ishga tushirish.

▪️Baholash ishlarini nazorat qilish, shu jumladan axborotlarni eshitish va javobgarlik choralarini ko‘rish vazifasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga yuklatilmoqda.

▪️ Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanmoqda.

Loyihani ishlab chiqishda ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menedjment tizimlari” xalqaro standarti va mazkur sohada ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan xorijiy davlatlarning (Bolgariya, Moldova va Litva) amaliyoti o‘rganilgan.

Ushbu loyihaning qabul qilinishi davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlashga va ularni bartaraf etishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Muhokamada faol bo‘ling 👉🏻 https://regulation.gov.uz/oz/d/60468

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Shahrixon tumanida 1200 o‘ringa mo‘ljallangan masjid ro‘yxatdan o‘tkazildi

Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Shahrixon tumanidagi “Imom Moturudiy” jome masjidi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ushbu masjid 1200 o‘ringa mo‘ljallangan.

Viloyatdagi masjidlar soni 182 taga yetdi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi masjidlar soni 63 taga yetdi

O‘zbekistonda fuqarolarning din va e'tiqod erkinliklarini ta'minlanishiga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.

Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun asosida amalga oshiriladi.

Hozirgi kunda yurtimizda 2330 ta diniy tashkilot faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lsa, ularning 2110 dan ziyodini masjidlar tashkil qiladi.

Kuni kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Salmen iyshan” jome masjidi ro‘yxatdan o‘tkazilib, Qoraqapog‘iston Respublikasidagi masjidlar soni 63 taga yetdi. Bu esa Ramazon oyida musulmonlarga munosib tuhfa bo‘ldi.

Mazkur masjid Nukus shahri “Qum ovul” MFYda joylashgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 200 namozxonni qabul qilish imkoniyatiga ega.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

14-MAY DAM OLISH KUNI HISOBLANADI

Prezidentning 2022-yil 30-apreldagi PF–131-son Farmoniga asosan 2022-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan Prezident farmoniga o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga muvofiq:
3-may qo‘shimcha dam olish kuni;
4-may 7 maydan ko‘chirilgan dam olish kuni etib belgilandi.

14-may (shanba) besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni hisoblanadi.

3-may qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilangani uchun boshqa kuni ishlab berilmaydi.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

25-aprel
▪️ Adliya vazirligida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Prezident Farmoni bilan joriy etilayotgan qulaylik va afzalliklar, bekor bo‘layotgan byurokratik talablar va yangi tizimlar haqida axborot berildi.

26-aprel
▪️ “Qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish hamda kelishish sohasida O‘zbekiston hamda Qozog‘iston Respublikalarining tajribasi” mavzusida seminar o‘tkazildi.

▪️ Xalqaro intellektual mulk kunida tanlov g'oliblari taqdirlandi.

▪️ Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisida “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini taqdim etdi.

27-aprel
▪️ Adliya vazirligi va “O‘zbekiston” telekanlai tomonidan o‘zaro hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan “Yuridik klinika” ko‘rsatuvining navbatdagi soni jonli efirga uzatildi.

▪️ Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimovning Shvetsiya Qirolligining O‘zbekiston bo‘yicha Favqulodda va Muxtor Elchisi Tomas Danestad bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

28-aprel
▪️ Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Adliya vazirligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi va hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

▪️ Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida adliya vaziri Ruslanbek Davletovning 2021-yilda huquqiy targ‘ibot va ma'rifat sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti eshitildi.

▪️ Milliy matbuot markazida “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

▪️ Adliya vaziri o‘rinbosari Aktam Muxammadiyev Xorazm viloyati xizmat safari doirasida Qo‘shko‘pir tumani markazidan 27 km uzoqlikda joylashgan G‘azovot qishlog‘ida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

29-aprel
▪️ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 2022-yilning birinchi choragi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yakuni, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

▪️ "Yer munosabatlarini huquqiy tartibga solish masalalari" mavzusida ovozli chat tashkil etildi.

▪️ O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘iga asosan vazirlik markaziy apparati tarkibida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Jomboylik Gulruh Rustamova bola parvarishi taʼtilidan keyin nega muammolarga duch keldi? Tuman adliya boʻlimi muammoni oʻrgandi.

🔹 Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasi xodimlarining toʻlanmagan ish haqlari adliya boʻlimi aralashuvi bilan toʻlab berildi.

🔹 Samarqand shahar markaziy tibbiyot birlashmasida “Sogʻliqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” aksiyasi doirasida mazkur soha vakillari uchun sayyor qabul oʻtkazildi.

🔹 Andijon shahar adliya boʻlimi tomonidan xalq ta'lim boʻlimining 22 nafar xodimlari manfaatlarini koʻzlab fuqarolik ishlari boʻyicha Andijon tumanlararo sudiga ularga toʻlab berilmagan ustama haqlarini undirish yuzasidan da’vo ariza kiritilib, hal qiluv qarori chiqarilishi ta’minlandi.

🔹 Marhamat tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi 3 nafar oʻqituvchining 163 mln soʻmdan ziyod ustama pullari undirib berildi.

🔹Toshkent shaharidagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi 3 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha toʻxtatildi.

🔹 Shayxontohur tuman adliya bo’limi va yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarga sayyor qabul oʻtkazildi.

🔹 Samarqand viloyatida ikki nafar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning litsenziyalari vaqtincha to‘xtatildi.

🔹 Termizda “Adliya sayli” tashkil etildi.

🔹 Shahrixon tumanida 1200 o‘ringa mo‘ljallangan masjid ro‘yxatdan o‘tkazildi.

🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi masjidlar soni 63 taga yetdi.

🔹 Namangan muhandislik-texnologiya institutida ta'lim tizimi xodimlari uchun sayyor qabul oʻtkazildi.

🔹 Pop tuman adliya bo'limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi hamda xalq ta'limi bo'limi hodimlari uchun sayyor qabul tashkil etildi.

🔹 Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyat filialida tibbiyot xodimlari uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Fargʻona viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida ta’lim sohasi xodimlari uchun sayyor qabul tashkil etildi.

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#2022_yil_1_maydan

▫️Xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila a'zolariga moddiy yordam beriladi Batafsil

▫️Yangi tahrirdagi Yo'l harakati qoidalari amalga kiritiladi Batafsil

▫️Chet el fuqarolariga O'zbekistonda ko'chmas mulk olishlari yengillashadi Batafsil

▫️Istalgan “Avtomobil tarixi” oid ma'lumotlarini olish mumkin Batafsil

▫️Xotin-qizlar faolining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib belgilanadi Batafsil

▫️Xalqaro aeroportlarda aviaspotting bilan shug'ullanish uchun kuzatish maydonchalari faoliyat ko'rsatadi Batafsil

▫️Yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash uchun 10 mlrd so'mgacha grant ajratiladi Batafsil

▫️Pensiyani plastik kartada oluvchilarga 1 foiz qo'shimcha pul beriladi Batafsil

▫️
Pensiya miqdori oshiriladi Batafsil

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_videobayonot

📹 Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil birinchi choragi davomida huquq ijodkorligi sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida video axborot

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etib, ezgu niyatlaringiz ijobatini tilaymiz!

Yurtimizda tinchlik va xotirjamlik bardavom, adolat hamisha barqaror bo'lsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Adliya_tashabbusi

“Gender-madad” huquqiy maslahat platformasi ishga tushirildi

Jamiyatda ayollar va erkaklarning teng huquqliligini ta'minlash, ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, bepul huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Gender-madad” elektron huquqiy maslahat platformasi ishga tushirildi.

Platforma orqali quyidagi yo‘nalishlarda huquqiy yordam olish mumkin:
🔹Gender tenglik;
🔹Ayollar huquqiy himoyasi;
🔹Ayollarga imtiyozlar;
🔹Oilaviy munosabatlar;
🔹Oilaviy zo‘ravonlik;
🔹Xalqaro standartlar;
🔹Gender tengligiga erishish strategiyasi;
🔹Ayollar uchun ijtimoiy himoya daftarlari;
🔹Ona va bola salomatligini muhofaza qilish.

❗️Platformadagi ma'lumotlar sodda, xalqchil tilda bayon etilgan bo‘lib, bu huquqiy maslahatlar har bir ayol uchun kundalik hayotida dastak bo‘lib xizmat qiladi.

Eng asosiysi, platformada qayta aloqa yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Siz o‘z savollaringizga malakali huquqshunoslardan onlayn javob va maslahat olishingiz mumkin.

👉Batafsil

👉Platformaga o‘tish

@adliyangiliklari