Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.38K videos
32 files
5.12K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Siyosiy partiyalar davlat roʻyxatidan qanday oʻtkaziladi?

So‘ngi yillarda Adliya vazirligiga nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan siyosiy partiyani davlat roʻyxatidan oʻtkazish yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Vazirlik tomonidan barcha murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda ko’rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilinmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Qonunlar hech bir shaxsga boshqalarni o‘z bilganicha jazolashiga, ya'ni xalq tilida “samosud” qilishiga, turli ko‘rinishdagi ta'sir o‘tkazishiga ruxsat bermaydi.

Quyida ayni shu mavzuga aloqador bir qator savollarga javob berib o‘tamiz.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Eng yaxshi yuridik xizmat – 2022” respublika tanlovining finalchilari aniqlandi

Adliya vazirligi tomonidan “Eng yaxshi yuridik xizmat – 2022” respublika tanlovi o‘tkazilmoqda. Ushbu tanlov yuridik xizmatlarning tashkilotlardagi o‘rnini ko‘rsatish orqali respublikadagi boshqa tashkilotlarda professional yuristlar jamoasini yaratishga bo‘lgan intilishlarni kuchaytirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari o‘rtasida tashkil etildi.

Tanlovda qatnashish uchun respublika darajasidagi 147 ta davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlaridan hujjatlar kelib tushdi.

Tanlov komissiya tomonidan kelib tushgan hujjatlarni o‘rganishi natijasiga ko‘ra, quyidagi 7 ta davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari faoliyati ijobiy baholanib, final bosqichiga yo‘llanma berildi:
▫️“O‘zsanoatqurilishbank” ATB;
▫️Davlat bojxona qo‘mitasi;
▫️“Qishloq qurilish bank” ATB;
▫️Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi;
▫️Davlat soliq qo‘mitasi;
▫️Transport vazirligi;
▫️“O‘zbekneftegaz”AJ.

Tanlovning final bosqichi Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “OLMOS” konvension markazida joriy yilning 1-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Bunda final bosqichi ishtirokchilari bir yil davomida amalga oshirgan ishlari, xususan, erishgan yutuqlari haqida komissiya a'zolariga taqdimot qiladilar.

Tanlov orqali nafaqat yuridik xizmat xodimlari o‘rtasida raqobat muhiti shakllanadi, balki tanlov ishtirokchilari o‘zaro fikr almashib, do‘stona aloqalarni mustahkamlashiga zamin yaratiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida mavjud bo'sh (vakant) ish o'rinlariga tanlov e'lon qilindi.

Adliya organlari va muassasalariga xodimlarni ishga qabul qilish Adliya organlari va muassasalarida HR-menejment tizimi to'g'risidagi nizomga muvofiq ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar quyidagi veb-sayt orqali 2022-yilning 9-apreliga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.

👉 https://vacancy.adliya.uz/vacancy/556#

Batafsil ma'lumot uchun: 55-501-11-58 (1005 ichki raqami)

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari A. Karimov Qirgʻiziston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari A. Zarilbek Oʻgʻli bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

“Qurol to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, qurol fuqaroviy qurol, xizmat quroli va jangovar qurol turlariga bo‘linadi.

Elektroshok qurilmalari (elektroshoker) o‘zini o‘zi himoya qilish quroli sifatida fuqaroviy qurol turiga kiradi.

Elektroshok qurilmalar uchun qanday me'yorlar belgilangan?

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni da’volash uchun vaqtinchalik shifoxonada faoliyat yuritadigan xodimlarga oylik maoshlarini to‘lash to‘g‘risida tegishli buyruqlariga asosan Xorazm viloyat Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tomonidan tibbiyot xodimlarga pul mablag‘larining hisob-kitob qilinishi tahlil qilindi.

Tahlil natijalariga koʻra koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb etilgan 27 nafar tibbiyot xodimlariga pul mablag‘lari hisob-kitob qilinmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Shularga asosan, adliya boshqarmasi tomonidan 2022-yilning 10-mart kuni viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga taqdimnoma kiritilib 27 nafar tibbiyot xodimlariga 2022-yilning fevral oyi uchun jami 78 mln 967 ming so‘m pul mablag‘i hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.

@adliyangiliklari
#Biz_birgamiz

Cheksiz imkoniyatlar marafoni

❤️Bugun, 27 mart kuni Toshkent shahrida Adliya vazirligi O‘zbekiston yengil atletika federatsiya bilan hamkorlikda “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida “Cheksiz imkoniyatlar marafoni”ni o‘tkazdi.

👉Batafsil
______________

#Мы_вместе

Марафон безграничных возможностей

❤️ Сегодня, 27 марта, в Ташкенте Министерство юстиции совместно с Федерацией легкой атлетики Узбекистана в рамках социальной проекта “Биз биргамиз!” («Мы вместе!») организовало Марафон безграничных возможностей.

👉Подробнее

@adliyangiliklari