Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.37K videos
32 files
5.11K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Maʼlumki, Adliya vazirligi tomonidan sogʻlom turmush tarzini va ommaviy sportni hayotga keng tatbiq qilishga alohida eʼtibor qaratilib, yil davomida doimiy ravishda sport musobaqalari tashkil qilib kelinmoqda. Vazirlik markaziy apparati xodimlari oʻrtasida joriy yil mart oyida tashkil qilingan shaxmat boʻyicha sport musobaqasi yakuniga yetdi va gʻoliblar aniqlandi:

1-oʻrin: Murodjon Najmiddinov – Tartibga solish taʼsirini baholash boshqarmasi katta maslahatchisi;
2-oʻrin: Sardor Ahmatov – Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi boʻlim boshligʻi;
3-oʻrin: Ulugʻbek Ochilov – Fuqarolik-huquqiy munosabatlarni rivojlantirish boshqarmasi katta maslahatchisi.

Gʻoliblarni vazirlik jamoasi nomidan tabriklaymiz, kelgusida ishlariga yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

14-mart
▪️ Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida hamkorlik davom etmoqda.

▪️ Namanganda “LEX.uz va uning imkoniyatlari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

▪️ Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida “Qonunchilik hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish: siyosati, ahamiyati, zarurati, tartibi va uslubiyoti” mavzusida seminar tashkil etildi.

15-mart
▪️ Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-martdan 15-mayga qadar “Sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi. https://t.iss.one/adliyangiliklari/5213

16-mart
▪️ Oʻzbekiston delegatsiyasi MDH ishtirokchi-davlatlari sud ekspertiza organlari rahbarlarining Davlatlararo kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim loyihasi muhokamasida ishtirok etdi.

17-mart
▪️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmonda belgilangan Adliya vazirligi tizimidagi muhim oʻzgarishlarni keng aholi va jamoatchilik vakillariga yetkazish maqsadida vazirlik rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

18-mart
▪️ Adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramov hamda BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy boʻlinmasi rahbari R. Komenda oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

▪️ Adliya vaziri tizimni ixchamlashtirish bo‘yicha qabul qilingan Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

▪️ Navro'z bayrami arafasida Bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiya markazida davolanayotgan bemor bolalarga ko‘tarinki ruh berish va yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida ular holidan xabar olindi. Mazkur tashabbus O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi hamda Xalqaro NNT O’zbekiston va Turkiya Ishbilarmonlari Uyushmasi "UTID" bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

19-mart
▪️ Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlari oʻrtasida joriy yil mart oyida tashkil qilingan shaxmat boʻyicha sport musobaqasi yakuniga yetdi va gʻoliblar aniqlandi.

____________

#Adliya_tahlil

▫️ Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati sohasiga nazar: nimalar oʻzgarmoqda?

▫️ “Ta'qib etish” (stalking)ni cheklash zarurmi?!

@adliyangiliklari
#Adliya_tahlil

“Ta'qib etish” (stalking)ni cheklash zarurmi?!

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qonunchilikka “ta'qib etish” (stalking) tushunchasini kiritish hamda ta'qib ostida qolgan xotin-qizlarga himoya orderi berish tizimini joriy etish taklif etilgan edi.

Ushbu maqolada “ta'qib etish” (stalking)ning mohiyati, ijtimoiy xavfli xususiyatlari, bu boradagi xorij tajribasi hamda uni cheklash zaruriyati haqida so‘z yuritamiz.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Baliqchi, Buloqboshi, Xonobod va Xo‘jaobod tuman obodonlashtirish boshqarmalari 8 нафар ходимга 21 mln so‘m bir yo‘la to‘lanadigan bir martalik nafaqa to‘lanmaganligi aniqlandi. Andijon viloyati adliya boshqarmasi taqdimnomalar kiritildi.

🔹 Pop tuman adliya bo'limi aralashuvi bilan 72 nafar xodimning manfaatlari himoya qilindi.

🔹 “Yuksalish” umummilliy harakati, O'zbekiston Notarial palatasi hamda Adliya vazirligi ko'magida Andijon viloyatining Qo'rg'ontepa va Ulug'nor tumanlarida bepul huquqiy maslahatlar kuni aksiyasi o‘tkazildi.

🔹 Uchqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlgan murojaat yechim topdi.

🔹 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig’ining birinchi o'rinbosari M.Hatamov boshchiligida Sho‘rchi tumanidagi “Obodon” mahallasida sayyor qabul bo’lib o‘tdi.

🔹 Olmazor tuman adliya bo‘limining aralashuvi bilan fuqaroning buzulgan huquqlari tiklandi.

🔹 Uchtepa tuman adliya bo‘limi ko‘magi bilan pensiya summasi oshirildi.

🔹 Toshkent shahar adliya boshqarmasi va Olmazor tuman adliya bo‘limi tomonidan “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” doirasida xotin-qizlar huquqlari kafolati hamda ularga berilayotgan imtiyozlar mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi.

🔹 Shirin shahar adliya bo‘limining ko‘magi bilan fuqaroning ish haqi undirildi.

🔹 Guliston shahar adliya bo‘limi boshlig‘i N. Qarshiboyev “Do‘stlik” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

🔹 Bekobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tadbirkorning manfaatlari himoya qilinib, uning foydasiga 553 mln so‘m undirib berildi.

🔹 Bekobod tuman adliya bo‘limi Muhmuda ayaning murojaatini hal qildi.

🔹 Toshkent tumanida shifokorlar nazoratisiz tug'ilgan farzandiga adliya bo'limi yordami bilan 12 yildan keyin tug‘ulganlik haqidagi guvohnomasi berildi.

🔹 Rozilik arizasisiz ishdan bo‘shatilgan xodim Karmana tumani adliya bo‘limining ko‘magi bilan o‘z o‘rniga qaytdi.

🔹 Karmanada byurokratik to‘siqlarni oldini olish bo‘yicha monitoring tashkil etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

🌸 Adliya vazirligi barcha yurtdoshlarimizni yangilanish va yasharish ayyomi, 21 mart – Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

⚡️Bugun “O‘zbekiston” telekanalida soat 18.30 da “Munozara maydoni” ko‘rsatuvini o‘tkazib yubormang.

Fuqarolarga xizmat qiladigan ixcham va samarali boshqaruv tizimini qanchalik yarata olamiz?! Shular haqida gaplashamiz.

@adliyangiliklari
Prezident Shavkat Mirziyoev birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbari forumning barcha ishtirokchilarini samimiy qutladi.

“O‘zbekiston zamini ko‘p asrlar davomida dunyoning turli mintaqalaridagi savdogar, ishbilarmon va tadbirkorlar e'tiborini o‘ziga tortib kelgan.

Buyuk ipak yo‘lining markazida joylashgan yurtimiz qadimdan Osiyo, Yevropa va Afrika qit'alarining karvon yo‘llari tutashgan hudud sifatida mashhur bo‘lgan.

Xitoy, Hindiston, Eron, Vizantiya, Misr kabi mamlakatlarda shakllangan sivilizatsiya va madaniyat namunalari aynan qadimgi Movarounnahr, hozirgi O‘zbekiston hududida uchrashib, bir-birini o‘zaro boyitib kelgan.

Buning natijasida 3 ming yillik davlatchilik tarixiga ega mamlakatimiz uzoq davr mobaynida dunyoning savdo, iqtisod, ilm-fan, madaniyat va san'at yuksak ravnaq topgan markazlaridan biri bo‘lib xizmat qilgan”, dedi Prezident.
Korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Bu boradagi sa'y-harakatlarimizni amalga oshirish maqsadida alohida Agentlik tashkil etildi.

Bu sohada boshlagan ishlarimizni davom ettirib, iqtisodiyotda shaffoflikni ta'minlash va korrupsiyaga qarshi qat'iy kurash olib borish yanada kuchaytirilmoqda.

Mamlakatimizda yashayotgan har bir insonning huquq va erkinliklarini kafolatlash va to‘liq himoya qilishni ham eng ustuvor vazifa sifatida belgiladik.

Ikki yil avval O‘zbekistonda Inson huquqlari milliy strategiyasi qabul qilindi va tarixda birinchi marta mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari kengashiga a'zo bo‘lib saylandi.

O‘zbekistonni qonun va adolat mustahkam qaror topgan demokratik mamlakatga aylantirish, mustaqil va kuchli sud-huquq tizimini shakllantirish – eng oliy maqsadlarimizdan biri sifatida kun tartibiga qo‘yildi” – Prezident.
"Islohotlar ortga qaytmaydigan muqarrar tus olgani real haqiqatdir"Prezident.

"Umuman olganda, 5 yil davomidagi harakatlarimiz o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.

Bu fikrni islohotlarimizning dastlabki yillaridayoq, iqtisodiyotimizning yillik o‘rtacha o‘sishi 5 foizni, sanoat sohasida esa – 8 foizni tashkil etgani ham tasdiqlaydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 27 milliard dollardan 35 milliard dollarga yetdi.

Hatto koronavirus pandemiyasi avj olgan 2020 yilda ham mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti o‘śishida ijobiy dinamika saqlab qolingani, 2021 yilda esa uning o‘sish sur'ati 7 foizdan oshgani – islohotlar yo‘lining to‘g‘ri tanlanganidan dalolat bo‘lib, bizni yangi amaliy marralarga da'vat qilmoqda.

Yangi Strategiyamizning pirovard maqsadi – davlatimiz va jamiyatimizning barcha soha va yo‘nalishlarida “Inson qadri uchun” g‘oyasini hayotga tatbiq etish", dedi davlatimiz rahbari.