Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.35K videos
32 files
5.07K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_sport

25–26-noyabr kunlari Toshkent shahridagi “Paxtakor” stadioni Yengil atletika sport majmuasida Adliya vazirligi xodimlari boshqa respublika tashkilotlari vakillari bilan bir qatorda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlaridan oʻtdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_sport

Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Xabar berganimizdek, 25–26-noyabr kunlari Toshkentdagi “Paxtakor” stadioni Yengil atletika sport majmuasida Adliya vazirligi xodimlari “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlaridan oʻtdi.

Sport sinovlarining maqsadi — aholining barcha qatlamlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali ularning jismoniy qobiliyati va harakat faolligini takomillashtirish, mehnatga layoqatini oshirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Sinovlarda 23 ta vazirlik, yuqori turuvсhi respublika tashkilotlarning 544 nafar xodimlari ishtirok etib, ulardan 208 nafari maxsus talablar bo‘yicha (I daraja: 65 nafar, II daraja: 87 nafar, III daraja: 56 nafar) va 133 nafari ixtiyoriy talablar bo‘yicha (I daraja: 25 nafar, II daraja: 69 nafar, III daraja: 39 nafar) natija qayd etdi.

Xodimlarining ishtiroki hamda ular tomonidan qayd etilgan natijalarning yuqoriligi bilan Adliya vazirligi kuchli uchlikdan o‘rin egalladi (13 nafar xodimdan 2 nafari I daraja, 8 nafari II daraja, 3 nafari III daraja).

Vazirlikning markaziy apparati xodimlari bilan bir qatorda adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev “shaxsiy nаmuna” tamoyili asosida sport normativlarini topshirdi.

Bugun, 24-dekabr kuni Sport vazirligi tomonidan sport sinovlarini tashkil etishda ko‘rsatgan faolligi uchun adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, aholi jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi 2021-yil 16-iyundagi Prezident Farmoniga asosan joriy etilgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM