Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.36K videos
32 files
5.1K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruh vakillari “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida Navoiy viloyatida boʻlib turibdi.

Viloyatda “Huquqiy mahalla” maqomi berilgan Navbahor tumanining “Beshrabot” MFYda adliya organlarnitomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi.

Oʻrganish natijasi yuzasidan adliya boshqarmasida amaliy-seminar tashkil etilib, huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bunda fuqaro murojaatlari bilan ishlash, mahalladagi ijtimoiy muammolarni ijobiy hal etishning samarali mexanizmigaeʼtibor qaratildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_viktorina

📣📣 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan radioviktorina o‘tkaziladi.

Radioviktorina soat 17-10 da "Yoshlar" radiokanalida o‘tkaziladi.

📞 Dasturda ishtirok etish uchun (71) 233-80-70 va (71) 286-32-25 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun, 6-dekabr kuni Adliya vazirligida Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Unda 40 nafarga yaqin NNT rahbarlari va jamoatchilik faollari ishtirok etdi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan sunʼiy intellekt yordamida tayyorlangan huquqiy multfilm “Yuksalish” harakatining “Tabiat himoyachilari” eʼtirofiga sazovor boʻldi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tanlov

Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola tayyorlagan ijodkorlar eʼtirof etildi.


Bunda Konstitutsiyada belgilangan huquqlarni targʻib qiluvchi eng yaxshi ijodiy ishlar jamoatchilik faollari va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan saralab olinib, baholandi.

Tanlovda 2024-yilning 1-yanvaridan 25-noyabriga qadar boʻlgan davr oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha tayyorlangan hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan yoki nashr etilgan maqola va blogpostlar koʻrib chiqildi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlandi:
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi maqola” nominatsiyasida — Muhtarama Komilova;
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi blogpost” — Sherzod Egamberdiyev.

Tanlov gʻoliblari diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun, 6-dekabr kuni Adliya vazirligida Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda vazirlik rahbariyati, adliya organi va muassasalarining rahbarlari hamda markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida adliya vaziri Akbar Toshqulov barchani qutlugʻ ayyom bilan samimiy tabrikladi. “Bosh qomusimiz — eng muhim hujjat qabul qilingan kun biz, huquqshunoslar, uchun oʻziga xos sana. Norasmiy kasb bayrami desa ham boʻladi. Konstitutsiyamiz — bu xalqimiz irodasi, davlatimizning huquqiy asosi va adolatli jamiyat barpo etishga yoʻnaltirilgan qimmatli hujjatdir. Yangilangan Konstitutsiya xalqimiz xohish-irodasiga tayangan holda ishlab chiqilib, uning asosida “Inson qadri uchun” gʻoyasi qaror topgan”, — deya taʼkidladi adliya vaziri.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan adliya sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar eʼtirof etildi. Ular adliya vaziri buyrugʻi bilan taʼsis etilgan “Adliya aʼlochisi” koʻkrak nishoni hamda Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Shu kunlarda Toshkent shahridagi davlat xizmatlari markazlarida maxsus bezak tufayli yaratilgan bayramona muhit hukm surmoqda. Konstitutsiya qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan bu yerda tematik burchaklar tashkil etilib, tashrif buyuruvchilar oʻz huquqiy bilimlarini kengaytirish imkoniga ega boʻldi.

Markaz mehmonlari uchun Konstitutsiya normalari boʻyicha viktorinalar oʻtkazilib, ularda mamlakatimizning bosh qonuni haqidagi bilimlarini sinab koʻrish va esdalik sovgʻalari olish mumkin boʻldi.

Ijodiy jamoalar va sanʼatkorlarning chiqishlari bayram dasturining yoqimli qoʻshimchasi boʻlib, iliq va tantanali muhit yaratdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM