Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.4K photos
1.38K videos
32 files
5.14K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Bir_murojaat_izidan

Toʻraqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimi aralashuvi bilan fuqaroning 41 yillik muammo hal etildi

Toʻraqoʻrgʻon tumani “Yakkatom” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Rahima Abduqahhorovaning farzandi bundan qirq bir yil avval vafot etgan edi. Biroq eʼtiborsizlik sabab farzandining oʻlimi haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilmagani bois, R. Abduqahhorova nafaqa olishda muammoga duch kelgan. Shundan soʻng vafot etgan oʻgʻlining oʻlganlik faktini belgilashda amaliy yordam soʻrab Toʻraqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimiga murojaat qildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan 78 nafar pedagog xodimni 41 million soʻmga yaqin yoʻl haqqi undirib berildi.

Yangi Namangan tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi 60-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi Sh.Tadjibayevaning uyda yakka tartibda taʼlim olayotgan oʻquvchi bolalarni uyida oʻqitganlik uchun oylik yoʻl kompensatsiyasi toʻlab berilmaganligidan norozi boʻlib yoʻllagan shikoyati oʻrganib chiqildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Yillar davomida hal boʻlmagan masala adliya vazirining tashrifidan soʻng bir kunda ijobiy yechim topdi.

Batafsil 👉videorolikda

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Otaliqqa olingan yoshlarning murojaatlari qanoatlantirilmoqda.


Payariqlik Dildora Mamadiyorova ham adliya xodimlari xonadoniga borib u bilan muloqotda boʻlganida tikuvchilikni oʻrgangani, ammo tikuv mashinasi yoʻqligi bois tikuvchilik bilan shugʻullana olmayotganini aytib, yordam soʻragandi. Endi u tikuvchilik qilib, oʻzini oʻzi band qilmoqchi va shu orqali oilasiga moddiy yordam koʻrsatmoqchi.

Samarqand viloyat adliyasiga biriktirilgan 30 mingdan nafardan ortiq yoshlarning muammolari, qiziqishlari, murojaatlari mahallabay, xonadonbay tarzida oʻrganilgan edi. Navbatdagi bosqichda ularning murojaatlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hal etilmoqda.

Xususan, bugun 7 nafar ana shunday yoshlarning muammolari bartaraf etilib, ularga motokultivator hamda tikuv mashinalari topshirildi.

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan 20 yillik muammo o‘z yechimini topdi


Fuqaro A.Salimov Mingbuloq tumani adliya bo‘limiga murojaat qilib, 2004-yilda tug‘ilganligini, 20 yoshga yetgan bo‘lsada xozirga qadar tug‘ilganlik guvohnomasi olmaganligini, bu borada bir necha marotaba davlat idoralariga murojaat qilganligini, biroq murojaati ijobiy yechim topmaganligini bayon qilib, bu borada amaliy yordam berishni so‘ragan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

“Sogʻlom avlod uchun”ordeni sohibiga ushlab qolingan nafaqa pullari qaytarildi

Isomiddin ota Qoʻchqorov Navoiyda birinchilardan boʻlib “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlagan. Oʻsha kezlarda mazkur orden sohiblariga qonunchilikka koʻra uy-joy kommunal xizmatlar haqi sifatida kompensatsiya toʻlab kelingan.

Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Xatirchi tuman boʻlimi Isomiddin otaga pul mablagʻlari 2015- yildan shu kunga qadar ortiqcha toʻlangan deb hisoblab, oylik pensiya toʻloviga 50% miqdorida chegirma qoʻyish yaʼni ushlab qolish boʻyicha qaror chiqardi.

Adliya organlari tomonidan uyma-uy yurish jarayonida fuqaroning mazkur masalasi aniqlanib, ish yurituviga qabul qilindi.

Oʻrganishlar natijasida otaxonga ushlab qolingan pul mablagʻlari qaytarilib, nafaqani chegirma qilish boʻyicha chiqarilgan qaror bekor qilindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi Muhiddin Zayniddinov pensiyaga chiqqanidan soʻng 10 yildan ortiq ishlagan davri nafaqasiga qoʻshilmay qolib ketgan.

Muhiddin otaning murojaatiga koʻra, Olmazor tumani adliya boʻlimi xodimlari fuqaroning huquqlarini sud orqali tiklab berishdi va otaxonning pensiyasiga ishlagan davri qoʻshib berildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

29 yoshli Shakarboy Ravshanov yosh bo‘lsa-da, hayotning achchiq sinovlariga erta duch keldi. Oilaviy muammolar sabab uning tug‘ilganligi vaqtida qayd etilmasdan qoldi va bu uning kelajak hayotiga katta to‘siqlarni yuzma-yuz qo‘ydi.

Ta’lim, ishga joylashish, boshqa huquq va imkoniyatlar eshigi uning uchun yopiq edi. Chunki unda tug‘ilganligini rasman tasdiqlovchi biror bir hujjat, hatto arxiv ma’lumotlar ham saqlanmagan. Tashkilotlar eshigi oldida sarson bo‘lgach u adliyaga murojaat qildi.

Payariq tuman adliya bo‘limi uning manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudiga ariza kiritdi va sud adliya bo‘limining arizasini qanoatlantirdi. Tuman 1-son FHDY bo‘limi sud qarori asosida tug‘ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirib berdi. Shakarboyga pasport olishda ham amaliy ko‘mak berildi. Bugungi kunda u yaxshi kasbni etagini tutgan.

🖥 Каналга уланиш
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Manzilli ravishda oʻtkazilayotgan huquqiy oʻrganishlar odamlarga yopiq boʻlgan koʻplab imkoniyatlar eshiklarini ochmoqda. Xususan, Payariq tuman adliya boʻlimining “Juvozxona” mahallasidagi huquqiy oʻrganishlarida fuqaro Mohira Abdiyeva kenja farzandi 7 yoshga toʻlgani, ammo maktabga qabul qilinmayotganini maʼlum qilgan.

Oʻrganishlarda fuqaro bundan yetti yil muqaddam pasportini yoʻqotgani, moliyaviy muammolar bois, bolaga tugʻilganlik guvohnoma ololmagani aniqlandi.

Adliya boʻlimi homiylarni jalb qilgan holda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda fuqaroga pasport olishda koʻmaklashdi va shundan soʻng bolaga tuman 1-son FHDY boʻlimi tomonidan guvohnoma rasmiylashtirildi. Fuqaroning farzandi bugun tengqurlari kabi maktabda taʼlim olmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Sergeli tumanida uyi yonib ketgan ayolning farzandlari va o’zining hujjatlari tiklab berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi natijasida 3 nafar fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi

“Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” Prezident Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Kosonsoy tuman adliya boʻlimi tomonida mahallalarda uyma-uy oʻrganishlar olib borilgan. Mazkur oʻrganishlar davomida Kosonsoy tumanida yashovchi Qodirjon Nasriddinov, Sevaraxon Mirzayeva, Karimaxon Ortiqovaning fuqaroligi yoʻqligi aniqlandi.

Fuqarolarning murojaati asosida oʻrganishlar olib borildi. Oʻrganishlar yakuni boʻyicha toʻplangan hujjatlar Fuqarolik ishlari boʻyicha Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sudiga kiritilishi natijasida 3 nafar fuqaroning 20 yildan ortiq Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaganlik fakti belgilanib, Kosonsoy tuman Ichki ishlar boʻlimi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi tomonidan 3 nafar fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti topshirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM