Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.2K subscribers
13.8K photos
1.47K videos
33 files
5.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Angor tumanida vazir oʻrinbosari aholi va tadbirkorlar murojaatlarini oʻrgandi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Surxondaryo viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Angor tumanidagi “Sharq guli” mahallasida joylashgan istirohat bogʻida sayyor qabul oʻtkazdi.

Sayyor qabul davomida 80 nafardan ortiq fuqaroning soliq imtiyozini qoʻllash, bepul davolanish uchun order olish, ishga joylashtirish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, davlat xizmatlari, mulkiy huquqlarga oid va shu kabi boshqa turli sohalarga oid murojaatlari soha rahbarlari ishtirokida koʻrib chiqildi.

Shundan, 19 nafar fuqarolarning murojaati joyida hal etildi, 28 nafariga huquqiy tushuntirish berildi, 30 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi, 36 nafar fuqaroning murojaatlari esa qoʻshimcha oʻrganish talab etganligi sababli ish yurituvga qabul qilinib, nazoratga olindi.

Vazir oʻrinbosari X.Meliyev Angor tumanida terini qayta ishlash “Top quality brand” MChJ zavodi faoliyati bilan tanishdi. Xorijiy investorlar ishtirokida tashkil etilgan mazkur obyekt hozirda oʻzining teri, charm mahsulotlari bilan jahon bozorini toʻldirmoqda. Uchrashuvda ishlab chiqarilayotgan tovarlarni mahalliy va chet el bozorlarga olib chiqish haqida fikr va mulohazalar bildirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

🔍 Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Adliya vazirligi tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini baholash uchun yangi tizim — baho.davxizmat.uz ishga tushirildi.

Edilikda ko‘rsatilgan davlat xizmatlarining sifatini baholash va taklif berish uchun markazlarda joylashtirilgan QR-kodlarni skaner qiling hamda fikr bildiring!
Sizning fikringiz davlat xizmatlari sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi!

📍Hozirda ushbu tizim Toshkent shahridagi markazlarda test rejimida ishlatilmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuridik taʼlim va sud-ekspertiza boshqarmasi yetakchi maslahatchisi, 3-darajali adliya maslahatchisi Lolaxon Karimova bugun, 13-oktabr kuni 55 yoshni qarshiladi.

Adliya vazirligi sodiq va tajribali hamkasblarni doimo qadrlaydi va Lolaxon Karimovnani hayotidagi muhim sana bilan samimiy qutlaydi!

Lolaxon Karimovna o‘z faoliyatini 1989-yildan huquqshunos sifatida boshlagan, adliya organlarida esa 2000-yildan ishlab kelmoqda. Vazirlik markaziy apparatida 20 yildan ortiq vaqtdan beri mehnat qilib, jamoaning jonkuyar va tajribali a’zosiga aylangan.

Adliya vazirligi jamoasi Lolaxon Karimovnani yubiley bilan tabriklaydi, mustahkam sog‘lik, uzoq va mazmunli umr, xonadoniga fayzu-baraka, oilaviy baxt va mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Men_bilgan_adliya

Ra’no Shodiyeva:
— Oʻz haq-huquqlarim, brendim, intellektual mulkni himoya qiladigan tashkilotlar haqida juda kerakli ma’lumotga ega boʻldim.

👉Toʻliq video

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifingi

📣 Bugun, 14-oktabr kuni AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Shoxidaxon Yuldasheva ishtirokida brifing boʻlib oʻtadi.

Mavzu: Toshkent shahrida MDH ishtirokchi davlatlari Adliya vazirlari kengashining 18-majlisi o‘tkazilishi yuzasidan.

Vaqti: 15:00

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifingi

Toshkentda MDH ishtirokchi davlatlari Adliya vazirlari kengashining 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Bu haqida Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Shoxidaxon Yuldasheva AOKAda o‘tkazilgan brifingda xabar berdi.

👉Batafsil
________________

В Ташкенте пройдет 18-е заседание Совета министров юстиции государств — участников СНГ

👉Подробнее

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📣 Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari Adliya vazirlari kengashining 18-majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston adliya vazirlari ishtirok etadi.

🗓 Qachon: 2024-yil 17-oktabr kuni, 09:30 da

📍Qayerda: Toshkent shahri, International Hotel Tashkent mehmonxonasi (mo‘ljal — "Bodomzor" metro stansiyasi).

OAV vakillarini ushbu tadbirda ishtirok etish va keng yoritishda hamkorlikka chorlaymiz.

❗️Tadbirda qatnashish uchun: 71-207-04-38 (ichki raqam — 1073, 1071) telefon raqami yoki @adliya_axborot Telegram akkaunti orqali ro‘yxatdan o‘tish so‘raladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM