Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.5K photos
1.39K videos
32 files
5.18K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Hududlarda aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlar faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar oʻrganilmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatida boʻlib, joylarda aholi va tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatish darajasi hamda yoshlarga yaratilgan sharoitlarni oʻrganmoqda.

Xususan, vazir oʻrinbosari Qarshi shahridagi “Monomarkaz”ning yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish faoliyati bilan tanishdi. U yerda tahsil olayotgan 24 nafar yoshlar bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollari va muammolari yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berdi.

Shuningdek, X.Meliyev “Qavali” erkin iqtisodiy zonasida 20 ga yaqin tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning faoliyat yoʻnalishlarida yuzaga kelayotgan muammolari masʼullar ishtirokida muhokama qildi. Yerni ijaraga olish, soliq, kadastr sohasida oʻrganib chiqish talab etiladigan 10 dan ortiq murojaatlari ish yurituviga qabul qilindi.

Qarshi shahridagi adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, FHDY boʻlimi va Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligi tahlil qilinib, ularning xizmat koʻrsatish sifatini oshirishga qaratilgan takliflari koʻrib chiqildi.

“Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan Qashqadaryo viloyatida ishlarni toʻgʻri tashkil qilish va samaradorligini yanada oshirish masalalari masʼullar bilan muhokama qilinib, kerakli chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Soʻnggi toʻrt yilda sud ekspertlik turlari 44 tadan 57 taga oshgan, tadqiqot turlari 92 taga yetkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Muhammad Olimov: Adliya koʻmagi bilan oyoqqa turaman


Oltiariqlik Mahliyo Madaminova Margʻilondagi Jamoat salomatligi texnikumi 3-kurs talabasi. Oilaviy sharoit tufayli u joriy oʻquv yili uchun toʻlov kontrakt pullarini toʻlay olmadi. Yoshlar yetakchisi maslahati bilan u yoshlar muammolarini oʻrganish boʻyicha sayyor qabulda ishtirok etib oʻz muammolarini ochiqladi.

Havasxon Roʻzimatova bu yil 17 yoshga qadam qoʻydi. Biroq ID karta olishda u huquqiy muammolarga duch keldi. Shuning uchun u OTM ga oʻqishga topshira olmadi. Doʻstlarining maslahati bilan u muntazam oʻtkazib kelinayotgan “Adliya kuni” tadbirlarida ishtirok etib oʻz muammosini oʻrtaga tashladi.

Muhammad Olimovning qoʻlida payvandchilik qilish — guldek hunari bor. Biroq uning yaqinlari oiladan orttirib unga payvandlash apparati olib bera olmadi. Shuhrat Fozilovda ham xuddi shunday vaziyat. Muhammadjon va Shuhrat oʻylanib oʻtirmay, shu hudud yoshlari biriktirib berilgan adliya vakillaridan yordam soʻrashdi.

Yoshlar masalalari atroflicha oʻrganilib, ularning masalalariga ijobiy yechim topildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat sud-ekspertiza muassasalari va sud-tergov organlari o‘rtasida o‘zaro elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishni moliyalashtirishga kelishib olindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ayrim OTMlar tomonidan talab qilish taqiqlangan hujjatlar soʻralayotganligi maʼlum boʻldi

Adliya vazirligi masʼullari tomonidan joylarda oʻtkazilgan oʻrganishlar va aholi bilan uchrashuvlar davomida ayrim oliy taʼlim muassasalari tomonidan talab qilish taqiqlangan hujjatlar (shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi, shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati) soʻralayotganligi maʼlum boʻldi.

Shunga koʻra, Adliya vazirligi tomonidan 5-sentabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari bilan aholidan 120 turdagi maʼlumotnoma va hujjatlarni talab qilish bekor qilinib, ushbu hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olinishi belgilangan.

Shuningdek, ushbu hujjatlarning talab qilinishi davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanadi.

❗️Hurmatli fuqarolar, sizdan ushbu hujjatlarni talab qilish holatlari kuzatilsa, Adliya vazirligining “1008” va “1148” raqamli “Ishonch telefon”lariga murojaat qilishingizni soʻraymiz.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_podkast

Tadbirkorlikni boshlagan ayol qanday to‘siqlarga uchrashi mumkin?


Hudud24.uz’da yangi loyiha — «Ayollar ko‘rsin!» huquqiy podkasti. Biz jamiyatda xotin-qizlar duch kelayotgan har qanday huquqiy muammolarga ishonchli, aniq va amaliy yechimlar taklif etamiz.

Ushbu loyihamizning ilk mehmonlari huquqshunos, lider va ishbilarmon biznesledilar Nigora Akilova va Guzal Maxmudova.

Podkastning dastlabki sonida ayollar tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va mavjud muammolarning huquqiy yechimlariga e'tibor qaratildi. Jumladan, tadbirkorlikda huquqiy va moliyaviy savodxonlikning muhimligi, murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmasi, sohada ayollar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida muhim tavsiyalar, dolzarb savollarga javoblar yangradi.

To‘liq video 👉 https://youtu.be/ErizgtYDlyw?si=PhBOlNzfAFn5-0YC

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimiga oid Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonda belgilangan 10 ta eng muhim yangilik.

Ular haqida videoroligimiz orqali bilib olishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 Принят Указ Президента о системе государственной поддержки институтов гражданского общества.

О 10 важнейших нововведениях, предусмотренных указом, можете узнать, если досмотрите наш видеоролик до конца.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM