Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.8K subscribers
16.2K photos
1.76K videos
34 files
6.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

Tadbirkor foydasiga asosiy qarz undiriladigan boʻldi

Pudratchi shartnoma shartlariga asosan loyihada koʻzda tutilgan obyektda mukammal taʼmirlash ishlari majburiyatini oladi. Unitar korxona esa tadbirkorga qurilish ishlarini bajarish uchun zarur sharoitlarni yaratishi, ularni qabul qilish va toʻlovni amalga oshirishi belgilangan. Biroq...

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining 72 nafar iqtidorli o‘quvchisi hamda Toshkent davlat yuridik universitetining 8 nafar talabasi Adliya vazirligi stipendiyasi bilan taqdirlandi.

Mazkur stipendiya “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligining yuridik texnikumlarining akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan talabalari va o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida adliya vaziri tomonidan 2021-yilda ta’sis etilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Kriptovalyuta intellektual mulk obyektimi?

Batafsil 👉 videorolikda

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Hududlarda aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlar faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar oʻrganilmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatida boʻlib, joylarda aholi va tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatish darajasi hamda yoshlarga yaratilgan sharoitlarni oʻrganmoqda.

Xususan, vazir oʻrinbosari Qarshi shahridagi “Monomarkaz”ning yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish faoliyati bilan tanishdi. U yerda tahsil olayotgan 24 nafar yoshlar bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollari va muammolari yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berdi.

Shuningdek, X.Meliyev “Qavali” erkin iqtisodiy zonasida 20 ga yaqin tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning faoliyat yoʻnalishlarida yuzaga kelayotgan muammolari masʼullar ishtirokida muhokama qildi. Yerni ijaraga olish, soliq, kadastr sohasida oʻrganib chiqish talab etiladigan 10 dan ortiq murojaatlari ish yurituviga qabul qilindi.

Qarshi shahridagi adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, FHDY boʻlimi va Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligi tahlil qilinib, ularning xizmat koʻrsatish sifatini oshirishga qaratilgan takliflari koʻrib chiqildi.

“Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan Qashqadaryo viloyatida ishlarni toʻgʻri tashkil qilish va samaradorligini yanada oshirish masalalari masʼullar bilan muhokama qilinib, kerakli chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Soʻnggi toʻrt yilda sud ekspertlik turlari 44 tadan 57 taga oshgan, tadqiqot turlari 92 taga yetkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Muhammad Olimov: Adliya koʻmagi bilan oyoqqa turaman


Oltiariqlik Mahliyo Madaminova Margʻilondagi Jamoat salomatligi texnikumi 3-kurs talabasi. Oilaviy sharoit tufayli u joriy oʻquv yili uchun toʻlov kontrakt pullarini toʻlay olmadi. Yoshlar yetakchisi maslahati bilan u yoshlar muammolarini oʻrganish boʻyicha sayyor qabulda ishtirok etib oʻz muammolarini ochiqladi.

Havasxon Roʻzimatova bu yil 17 yoshga qadam qoʻydi. Biroq ID karta olishda u huquqiy muammolarga duch keldi. Shuning uchun u OTM ga oʻqishga topshira olmadi. Doʻstlarining maslahati bilan u muntazam oʻtkazib kelinayotgan “Adliya kuni” tadbirlarida ishtirok etib oʻz muammosini oʻrtaga tashladi.

Muhammad Olimovning qoʻlida payvandchilik qilish — guldek hunari bor. Biroq uning yaqinlari oiladan orttirib unga payvandlash apparati olib bera olmadi. Shuhrat Fozilovda ham xuddi shunday vaziyat. Muhammadjon va Shuhrat oʻylanib oʻtirmay, shu hudud yoshlari biriktirib berilgan adliya vakillaridan yordam soʻrashdi.

Yoshlar masalalari atroflicha oʻrganilib, ularning masalalariga ijobiy yechim topildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat sud-ekspertiza muassasalari va sud-tergov organlari o‘rtasida o‘zaro elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishni moliyalashtirishga kelishib olindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari