Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.6K photos
1.4K videos
32 files
5.21K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

18 nafar oʻrmon xoʻjaligi xodimlarining 389 mln soʻmlik ustama pullari toʻlab berildi

Qamashi tuman adliya boʻlimi tomonidan tashkil etilgan sayyor qabullar davomida Qamashi tuman oʻrmon xoʻjaligi xodimlari ularga ustama pullari toʻlanmayotganligidan shikoyat qilidi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Shartnoma majburiyatlari unutildimi?

“Mirob qurilish servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda Sirdaryo tuman yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi pudrat shartnomasi asosida huquqiy munosabatga kirishgan edi. Shartnomaga muvofiq jamiyat tomonidan 826 447 296,84 soʻmlik ishlar bajarilgan. Biroq…

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlarga apellatsiya shikoyatini berish imkoniyati yaratildi.

Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatilishi monitoring qilindi.

Monitoring jarayonida 10 000 dan ortiq arizalarni koʻrib chiqishda qonun buzilish holatlari aniqlanib, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining mansabdor shaxsi maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Shuningdek, kasbiy sertifikatlash natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlar uchun davlat xizmatlari markazlari (DXM) hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal (YIDXP) orqali apellatsiya shikoyatini berish imkoniyati joriy etilmaganligi aniqlanib, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuqoridagi maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatini joriy etish lozimligi yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Mazkur taqdimnoma ijrosi natijasida DXM va YIDXP orqali kasbiy sertifikatlash natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlar uchun apellatsiya shikoyatini berish imkoniyati yaratildi.

Adliya vazirligi tomonidan boshqa sohadagi davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan monitoring tadbirlari davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Tadbirkor foydasiga asosiy qarz undiriladigan boʻldi

Pudratchi shartnoma shartlariga asosan loyihada koʻzda tutilgan obyektda mukammal taʼmirlash ishlari majburiyatini oladi. Unitar korxona esa tadbirkorga qurilish ishlarini bajarish uchun zarur sharoitlarni yaratishi, ularni qabul qilish va toʻlovni amalga oshirishi belgilangan. Biroq...

👉Batafsil

@adliyangiliklari