#Adliya_hudud
“Huquqiy targʻibot kuni” — huquqiy masalalarga yechim
Sirdaryo tumani ”Yoshlik” mahallasida boʻlib oʻtgan tadbirda fuqarolar kundalik hayotida duch kelinayotgan muammolar yuzasidan adliya, sud, notarius, FHDY, ”Madad” NNT, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, kommunal soha, bandlik, bank idoralari masʼullari bilan muloqotda boʻlib, huquqiy maslahatlar oldilar.
👉Batafsil
@adliyangiliklari

#Adliya_xabari
Samarqand viloyat adliya boshqarmasida adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov viloyatda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Unda notarial palata, notariuslar va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amaliyotda uchrayotgan muammolar muhokama qilinib, yagona amaliyotni yoʻlga qoʻyish hamda elektron tizimlardagi kamchiliklarni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.
Notariuslar notarial harakatlarni amalga oshirishda duch kelayotgan muammoli holatlar va ularning qonuniy yechimi toʻgʻrisida oʻz fikrlari, takliflarini maʼlum qildi.
Bugungi kunda viloyatda jami 89 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyat yuritib kelmoqda. 2024-yilning oʻtgan besh oy davomida notarial idoralarda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijasida boshqarma huzuridagi malaka komissiyasining qaroriga asosan 38 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning litsenziyasining amal qilish muddati toʻxtatilgan. Jismoniy va yuridik shaxslarning notariuslarning xatti-harakatlaridan norozi boʻlib qilgan 40 ga yaqin murojaatlari oʻrganib chiqildi.
Boshqarma ish rejasiga asosan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berishda qonun va qonunosti hujjatlarining amaliyotda bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida notariuslar tomonidan rasmiylashtirilgan 500 dan ortiq meros ishlari oʻrganilib, umumlashtirib chiqildi, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar notariuslar ishtirokida muhokama qilinib tegishli koʻrsatmalar berildi.

Andijon viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan uyma-uy yurgan holda, fuqarolarning kundalik hayotidagi huquqiy muammolari oʻrganilmoqda.
“Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan Baliqchi tumanidagi “Sortepa” MFYsida aholining huquqiy muammolari oʻrganildi.
Mahallalarda aholi muammolari oʻrganilishi jarayonida aholining uy-joy, subsidiya, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros, mol-mulk, davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolar, intellektual mulk, nogironligi boʻlgan shaxslarga imtiyozlar, bolalar nafaqasi kabi muammolari aniqlandi.
Oʻrganish davomida murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ayrim masalalar koʻrib chiqish uchun ish yurituviga olindi.

Adliya xodimlari xalq orasida
Bugun poytaxtning barcha tumanlarida “Adliya kuni” tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda uyma-uy yurib aholi muammolarini oʻrganishmoqda.
Shuningdek, joylarda sayyor qabullar ham tashkil etilib, unda aholining turli masalalar yuzasidan murojaatlari qabul qilinmoqda. Shu joyning oʻzida amaliy yordamlar koʻrsatilib, huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.
“Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni yuzasidan ham aholiga keng tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

#MenDonorman
📸 Bugun 14-iyun — Butunjahon donorlar kuni munosabati bilan “Qon donorligi haftaligi” doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida “Men donorman” xayriya aksiyasi tashkil etildi.