#Adliyadan_javob
❓Qanday hollarda voyaga yetmagan bolaga nisbatan otalikni belgilash vasiylik va homiylik organining roziligi bilan otasining arizasiga asosan amalga oshirilishi mumkin?
— Onasi vafot etganda, u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yo‘qolgan deb topilganda yoxud onalik huquqlaridan mahrum etilganda, uning yashash joyini belgilashning imkoni bo‘lmaganda voyaga yetmagan bolaga nisbatan otalikni belgilash vasiylik va homiylik organining roziligi bilan otasining arizasiga asosan amalga oshirilishi mumkin.
Bunday holatlarda arizaga quyidagi hujjatlardan biri:
➖ onasining o‘limi haqidagi guvohnoma nusxasi;
➖ onasi muomalaga layoqatsiz deb topilganligi to‘g‘risidagi sud qarorining nusxasi;
➖ onaning onalik huquqidan mahrum etilganligi to‘g‘risidagi sud qarorining nusxasi;
➖ onaning bedarak yo‘qolgan deb topilgani to‘g‘risidagi sud qarorining nusxasi ilova qilinadi.
Agar bolaning otasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, u holda otalikni belgilash to‘g‘risidagi arizani uning nomidan vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan uning homiysi berishi mumkin.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori.
@adliyangiliklari

#Adliya_xabari
"AKFA" tovar belgisidan noqonuniy foydalanishdi
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasiga “AKFA ALUMINIUM” MCHJ jamiyatiga tegishli "AKFA" tovar belgisidan Farg‘ona viloyatida joylashgan "I.N." xususiy korxonasi tomonidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Murojaat asosida "I.N." xususiy korxonasi faoliyatida tekshiruv o‘tkazilganda, korxona tomonidan "AKFA" jamlanma tovar belgisining tasviriy qismiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan tasviriy belgidan foydalangan holda mahsulotlar ishlab chiqarayotganligi hamda savdoga taklif etilayotganligi aniqlandi.
Tekshiruv yakuni bo‘yicha "I.N." xususiy korxonasi rahbariga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritildi.
Shuningdek, huquq egasining tovar belgisi mavjud bo‘lgan kontrafakt mahsulotlarni savdodan qaytarib olish, tovar belgisi tasvirlarini yo‘q qilish, tovar belgisini tovardan yoki uning idishi va o‘rovidan yo‘qotish, ushbu talablarni bajarishning iloji bo‘lmagan taqdirda, tegishli tovarni yo‘q qilib tashlash choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Ogoh bo‘ling! Tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, o‘rovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt hisoblanadi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan
Otaliqqa olingan yoshlarning murojaatlari qanoatlantirilmoqda.
Payariqlik Dildora Mamadiyorova ham adliya xodimlari xonadoniga borib u bilan muloqotda boʻlganida tikuvchilikni oʻrgangani, ammo tikuv mashinasi yoʻqligi bois tikuvchilik bilan shugʻullana olmayotganini aytib, yordam soʻragandi. Endi u tikuvchilik qilib, oʻzini oʻzi band qilmoqchi va shu orqali oilasiga moddiy yordam koʻrsatmoqchi.
Samarqand viloyat adliyasiga biriktirilgan 30 mingdan nafardan ortiq yoshlarning muammolari, qiziqishlari, murojaatlari mahallabay, xonadonbay tarzida oʻrganilgan edi. Navbatdagi bosqichda ularning murojaatlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hal etilmoqda.
Xususan, bugun 7 nafar ana shunday yoshlarning muammolari bartaraf etilib, ularga motokultivator hamda tikuv mashinalari topshirildi.

#Sayyor_qabul
Navoiy viloyatida oʻtkazilayotgan sayyor qabullar Navoiy shahrining “Ilm-maʼrifat” bogʻida davom etdi. Sayyor qabul davomida elektr energiyasi va gaz taʼminoti,yoʻl, uy-joy taʼmiri va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, bank-kredit masalalarida ham bir qator murojaatlar kelib tushdi.
Aholining 30 ga yaqin muammosi ijobiy hal etish maqsadida adliya organlariga ish yurituviga qabul qilindi. Shundan soʻng, fuqarolarga farzandini MTTga roʻyxatga qoʻyish,elektron imzo olish, e-auksionda ishtirok etish, tibbiy va manzil maʼlumotnomalar olish boʻyicha 13 turdagi davlat xizmatlari koʻrsatildi.

❓Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishi qanday?
— Jamoa shartnomasining mazmunini va tuzilishini uning taraflari belgilaydi.
Jamoa shartnomasiga ish beruvchining va xodimlarning quyidagi masalalar bo‘yicha o‘zaro majburiyatlari kiritilishi mumkin:
➖mehnatga haq to‘lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqalar, kompensatsiyalar, qo‘shimcha to‘lovlar;
➖ narxlarning o‘zgarishidan, inflatsiya darajasidan, jamoa shartnomasida belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishidan kelib chiqqan holda mehnatga haq to‘lashni tartibga solish mexanizmi;
➖xodimlarning bandligi, ularni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni ishdan bo‘shatish shartlari;
➖ish vaqti va dam olish vaqtining, ta’tillarning davomiyligi;
➖xodimlarning, shu jumladan ayollarning, nogironligi bo‘lgan shaxslarning va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnat sharoitlari hamda mehnat muhofazasini yaxshilash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash;
➖ tashkilotni, idoraga qarashli uy-joyni xususiylashtirish chog‘ida xodimlarning manfaatlarini hisobga olish;
➖ishni ta’lim bilan qo‘shib olib borayotgan xodimlar uchun imtiyozlar;
➖ ixtiyoriy tibbiy va ijtimoiy sug‘urta;
➖ ish beruvchi tomonidan xodimlarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga qo‘shimcha badallar kiritish miqdorlari va muddatlari;
➖ jamoa shartnomasining bajarilishi ustidan nazorat qilish, taraflarning javobgarligi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyat ko‘rsatishi uchun normal sharoitlar bilan ta’minlash.
Tashkilotning iqtisodiy imkoniyatlari hisobga olingan holda, jamoa shartnomasida boshqa shartlar, shu jumladan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan normalar hamda qoidalarga nisbatan imtiyozliroq mehnat shartlari va ijtimoiy-iqtisodiy shartlar (qo‘shimcha ta’tillar, pensiyalarga ustamalar, muddatidan oldin pensiyaga chiqish, transport va xizmat safari xarajatlarini kompensatsiya qilish, xodimlarni ishlab chiqarishda hamda ularning farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bepul yoki qisman haq to‘lanadigan tarzda ovqatlantirish, uyali aloqa, Internet jahon axborot tarmog‘i uchun haq to‘lash, oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qitish uchun ssudalar to‘lash va haq to‘lash, boshqa qo‘shimcha imtiyozlar va kompensatsiyalar) ham bo‘lishi mumkin.
Agar qonunchilikda qoidalar jamoa shartnomasida albatta mustahkamlab qo‘yilishi shartligi to‘g‘risidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatma mavjud bo‘lsa, ushbu qoidalar jamoa shartnomasiga kiritiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi Mehnat kodeksi.

#Adliya_eksklyuziv
"Bilimlilar yutadi, qolganlarga qiyin bo‘lishi mumkin": adliya vaziridan eksklyuziv intervyu
Bolalik xotiralari, maktab yillari, sinfdoshlar va talabalik...
Adliya vaziri Akbar Toshqulov hayotining unutilmas lahzalari haqida gapirar ekan, katta hayot ostonasida turgan yoshlarga muhim tavsiyalarini va maslahatlarini ham berdi.

Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi farmoniga sharh
#24may #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#24may #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vazirligida xalqaro arbitraj sudlari asoslari va uning izohlari bo‘yicha trening o‘tkazildi
👉Batafsil
__________
👉На русском языке

Hududiy adliya organlari tizimida yilning eng yaxshi xodimlari aniqlandi

Respublika ishchi guruhi tomonidan uy-joy sotib olish uchun aholiga subsidiya berishni baholovchi komissiyalar faoliyati oʻrganilmoqda
Gap shundaki, qonunlar ijtimoiy vaziyat va umumiy sharoitlardan kelib chiqib takomillashib boradi. Respublika ishchi guruhining ham maqsadi shunday. Yaʼni, hududlardagi subsidiya berishni baholovchi komissiyalardan qonunchilikka takliflar va mulohazalarni oʻrganish.
Fargʻona viloyat adliya boshqarmasida ishchi guruhining komissiya aʼzolari bilan takliflarni oʻrganish ishlari Toshloq, Fargʻona tumanlari hamda Margʻilon shahrida ham davom etdi. Bugungi kunda ayrim ehtiyojmand oilalar ipoteka dasturi boʻyicha uy-joy sotib olish uchun dastlabki toʻlovni toʻlashda subsidiyadan foydalana olmayapti.
Chunki subsidiya olgandan keyin banklar ish haqi kamligi yoki daromadi yetarli emasligini asosiy sabab qilib koʻrsatmoqda. Yoki subsidiya olish uchun arizalar topshirishda talabgor koʻpligidan muddatdan avval arizalarni koʻrib chiqish jarayonlari toʻxtab qolayotgani oydinlashmoqda. Ishchi guruhining komissiya aʼzolari bilan suhbatlari davomida shu kabi oʻnlab hayotiy takliflar oʻrtaga tashlandi.