Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.8K subscribers
16.6K photos
1.81K videos
34 files
6.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliyada_hashar

Adliya organlari xodimlari xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shdi

Hashar mamlakatimizning qadimgi tarixga ega va eng olijanob milliy an'analaridan biridir.

Mazkur an'analarni davom ettirgan holda yurtimizda 16–18-mart — umumxalq xayriya hashari kuni deb belgilandi.

Bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab "Obod va fayzli mahalla yurt ko‘rki" shiori ostida Navro‘z bayrami arafasida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida adliya organlari xodimlari ham faol qatnashib, ushbu xayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Vazirlik tizimidagi barcha muassasalar, hududiy adliya organlari, idoralar atrofi obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtirildi. Daraxtlarga shakl berilib, turli xil ko‘chatlar ekildi.

Jamoaviy birdamlik, o‘zaro hamjihatlik, ahilllik asosida tashkil etilgan xayrli tadbirda binolar hududi, xizmat xonalari ham tozalandi.

O‘tkazilayotgan umumxalq hashari yurtimizni yanada obod va fayzli bo‘lishiga xizmat qiladi.

@adliyangiliklari
📢📢 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga

Bugun, 18-mart kuni soat 12:00 da AOKAda Adliya vazirligi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi yangiliklar va ''Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi'' aksiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar

Tadbirda Adliya vazirligi rahbariyati va mas'ul xodimlari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob beradi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Savollaringizni @Rasmiy_aloqabot ga yuboring.

Anjuman "UzReport TV" hamda Youtube tarmog‘i orqali onlayn yoritiladi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Adliya vazirligiga biriktirilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda

@adliyangiliklari
📲 Internet firibgarlaridan himoyalanish bo‘yicha navbatdagi tavsiyalar yuqoridagi infografikada.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

"Huquqiy fanlar olimpiadasi"ning respublika bosqichiga start berildi

Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o'quvchilari o'rtasida "Huquqiy fanlar olimpiadasi"ning respublika bosqichi bo'lib o'tmoqda. Huquqiy fanlar olimpiadasi ishtirokchilari nizom talablariga muvofiq 3 ta shart bo'yicha o'z bilimlarini sinovdan o'tkazmoqda.

Ma'lumot uchun: "Huquqiy fanlar olimpiadasi" Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 8-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida “Huquqiy fanlar olimpiadasi”ni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi 205-um-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ekspertiza imkoniyatlari

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi faoliyati haqida videolavha.

@adliyangiliklari