#Adliya_xabari
OAV va jamoatchilik bilan muloqotda nimalarga e'tibor berish kerak?
Adliya vazirligining markaziy apparatidagi bir guruh xodimlari uchun OAV va jamoatchilik ishlash ko‘nikmalarini oshirish maqsadida 2 kunlik seminar bo‘lib o‘tdi.
OAV uchun kontent tayyorlash, press tadbirlar, tet-a-tet suhbatlar, intervyular orqali chiqishlar qilishda e'tibor qaratish kerak bo‘lgan jihatlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi.
Mashg‘ulotlar kichik guruhlarda trener va ishtirokchilar o‘rtasida intensiv muloqot shaklida o‘tkazildi. Ishtirokchilar amaliyotda duch keladigan yoki duch kelishi mumkin bo‘lgan ayrim vaziyatlar tahlil qilindi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ham tavsiyalar berildi.
Ma'lumot uchun: mazkur trening Adliya vazirligi tomonidan USAID bilan hamkorlikda tashkil etildi.
@adliyangiliklari

#Adliyadan_javob
❓ Davlat mulki ijarasining muddatlari qanday?
— Davlat mulki ijarasining eng ko‘p muddati bir ijara shartnomasi doirasida olti yil, nodavlat professional ta’lim tashkilotlari hamda kichik tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, xususiy tibbiyot tashkilotlari uchun esa o‘n yil etib belgilanadi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Davlat mulki obyektlari ijaraga berish uchun auksionga chiqarilganda, ijaraga berish muddati uch yil etib belgilanadi. Bunda balansda saqlovchi tomonidan davlat mulki obyektidan kelgusida o‘z ehtiyoji uchun foydalanish zarurati mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar (ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi, obyektdan samarali foydalanish bo‘yicha tarmoq jadvali) taqdim etilgan taqdirda, taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish asosida ijaraga beruvchi ijaraga berish muddatini uch yildan kam etib belgilashi mumkin.
Ijaraga oluvchi tomonidan ijara shartnomasi shartlari o‘z vaqtida va to‘liq bajarilganda, ijara muddati yana uch yil muddatga uzaytiriladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
“Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning tegishli bandida nazarda tutilgan eng ko‘p muddatlar tugagach, davlat mulki umumiy asoslarda ijaraga beriladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xavfsiz_yangiyil
⚠️ Mushakbozlik oqibatida yuzaga kelish ehtimoli yuqori bo‘lgan ko‘ngilsizliklardan saqlaning!
Batafsil 👉infografikada
@adliyangiliklari
Batafsil 👉infografikada
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob
❓ Tovar kelib chiqqan joy nomi nima va tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish talabnomalarining qanday turlari mavjud?
— Tovar kelib chiqqan joy nomi — mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa jo‘g‘rofiy obyektning tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi.
Talabnomalarning quyidagi turlari mavjud:
a) tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma;
b) avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 7-dekabrdagi 21-mh-son buyrug‘i.
@adliyangiliklari
— Tovar kelib chiqqan joy nomi — mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa jo‘g‘rofiy obyektning tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi.
Talabnomalarning quyidagi turlari mavjud:
a) tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma;
b) avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 7-dekabrdagi 21-mh-son buyrug‘i.
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xavfsiz_yangiyil
⚠️ Xavfsiz yangi yil uchun nimalarni yodda tutish va rioya qilish lozim?
Batafsil 👉infografikada
@adliyangiliklari
Batafsil 👉infografikada
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan "Yuksak huquqiy madaniyat — mamlakat taraqqiyoti kafolati" degan konseptual g‘oya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonligini oshirishga mo‘ljallangan bepul onlayn darslar yo‘lga qo‘yildi.
Unda Markazning malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan ZOOM platformasi orqali huquq yo‘nalishidagi eng dolzarb, muammoli va muhim masalalar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Markazning rasmiy veb-saytida yangi "Bepul onlayn kurslar" nomli sahifa yaratildi. Mazkur sahifada bepul kurslar yuklab boriladi.
Ulanish uchun havola: https://uzmarkaz.uz/news/bepul-huquq-darslari-loyihasi-doirasida-otkaziladigan-mashgulotlar

Adliya vazirligi notarius lavozimlariga tanlov o‘tkazilishini e’lon qiladi
Navoiy viloyatida
Tomdi tuman davlat notarial idorasida — 1 nafar
Qoraqalpog‘iston Respublikasida
Bo‘zatov tuman davlat notarial idorasida — 1 nafar
Hujjatlarni taqdim etishning oxirgi sanasi — 2024-yil 11-yanvar
Batafsil: https://adliya.uz/posts/ozbekiston-respublikasi-adliya-vazirligi-nota-uljr

#Ochiq_adliya
Adliya vazirligi axborot ochiqligi reytingida yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi tomonidan 2023-yilning iyul va dekabr oylarida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining axborot jihatdan ochiqligi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, 2023-yil yanvaridan dekabriga qadar bo‘lgan davrda O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelgan 21 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining 50 ta eng ko‘p o‘qiladigan elektron milliy OAVdagi chiqishlari monitoring qilindi va yakuniy reytingi tuzildi.
Reyting ko‘rsatkichlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning mansabdor shaxslari to‘g‘risida chop etilgan maqolalar va ko‘rishlar soni, shuningdek tanqidiy munosabatlar asosida shakllantirishni nazarda tutadi.
Monitoring natijalariga ko‘ra, Adliya vazirligi ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rindagi Raqamli texnologiyalar vazirligining ko‘rsatkichidan farqi — 0,0026.

📣📣 Adliya vazirligida Ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi
▫️5-yanvar kuni Adliya vazirligi binosida,
▫️6-yanvar kuni Samarqand hamda Namangan shaharlari, shuningdek, Chilonzor tuman davlat xizmatlari markazlarida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi.
Adliya vazirligi binosida tashkil etiladigan tadbirda adliya tizimidagi faoliyatga oid turli burchaklar tashkil qilinadi.
Mazkur burchaklarda sud-ekspertizaga oid jihozlar, davlat xizmatlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, Toshkent davlat yuridik universitetning ta'lim jarayoniga tegishli tarqatma materiallar, arxiv hujjatlaridan na'munalar, intellektual mulkka tegishli ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, Lex.uz faoliyati, “Adolat” Milliy huquqiy axborot markazi tomonidan nashr etilayotgan eng so‘nggi qo‘llanma, kitoblar bilan tanishib, mahoratli gidlar yordamida vazirlikka oid qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lasiz.
Shuningdek, mehmonlar adliya tarixi, kutubxona, muzey, media markaz faoliyati bilan tanishadi.
Manzil: Toshkent sh., Sayilgoh ko‘chasi, 5, Adliya vazirligi binosi.
👉Ro‘yxatdan o‘tish

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Xorazm viloyati bo‘limida odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasini tantanali ochilish marosimi va OAV hamda keng jamoatchilik uchun press-tur tashkil etildi.
👉Batafsil

#Adliya_sarhisob
🏆Joriy yilda “Adliya yangiliklari” kanali kuzatuvchilarining soni 1 254 nafarga oshdi. Bizni tanlaganingiz uchun minnatdorlik bildiramiz.
Kanaldagi ma'lumotlar 2023-yil davomida 7,2 milliondan ortiq marta o‘qilib, 200 ga yaqin iqtibos qilingan.
Kanal faoliyatiga oid statistika bilan yuqoridagi rasmda batafsil tanishishingiz mumkin.
2024-yilda ham biz bilan bo‘ling va adliya tizimi bilan bog‘liq axborotni ishonchli manbadan oling!