Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.5K photos
1.38K videos
32 files
5.14K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Biz_birgamiz

Bugun yurtimizning 16 shahrida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan "Yangi Nafas" ommaviy yugurish marafoni o‘tkazilmoqda.

Adliya vazirligining ijtimoiy loyihasi hisoblanadigan “Biz birgamiz!” doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar ommaviy yugurish musobaqalariga jalb qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда амалга оширилаётган маъмурий ислоҳотлар натижасида вазирлик ва идоралар сони оптималлаштирилди, айрим ташкилотлар бир-бирига қўшилди ёки қисқарди. Шунинг учун, биз давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхатини янгиладик.

🔵 Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Davlat xizmatlari ko‘rsatishda fuqaro e'tibor markazida tamoyili amal qiladi

Yangilangan Konstitutsiyada mamlakatimizning ijtimoiy davlat ekanligi belgilandi. Ijtimoiy davlat o‘z mohiyatiga ko‘ra, har bir fuqaroning munosib hayot kechirishiga erishishdir.

Bu borada davlat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarda alohida o‘rin tutuvchi davlat xizmatlari sohasi rivojlantirilmoqda. Sohada keyingi paytda muhim o‘zgarishlar yuz berdi

O‘zA muxbiri adliya vazirining o‘rinbosari Xudoyor Meliyev bilan shu haqda suhbatlashdi.

Batafsil 👉 https://uza.uz/posts/516898

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_birgamiz

3-sentabr kuni respublikamizning 16 shahrida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan "Yangi Nafas" ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi. Adliya vazirligining ijtimoiy loyihasi hisoblanadigan “Biz birgamiz!” doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar ommaviy yugurish musobaqalariga jalb qilindi.

Marafonda ko‘rishda va eshitishda nuqsoni bor hamda boshqa turdagi jismonan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun jami uch turdagi nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar taqdirlanadi.

Marafon haqida batafsil 👉 video lavhada

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

2023-yil 4-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev bilan Yaponiya parlamenti quyi palatasi Qonunchilik va huquqiy masalalar qo‘mitasi raisi Tadaxiko Ito o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
Sudga hamma ham kira oladimi? Sudni foto, audio yoki video tasvirga olish mumkinmi? Muhim 7 savolga 7 javob

Sudga hamma ham kira oladimi? Sudni foto, audio yoki video tasvirga olish mumkinmi? Sud qachon yopiq tarzda ko‘riladi? Ushbu maqolada shu va shu singari boshqa savollarga javob beriladi.

Batafsil 👉 https://hudud24.uz/?p=18142

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

❗️Ma'muriy sudlarning asosiy vazifasi fuqarolar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish hisoblanadi

Ma'muriy sudlarning birinchi navbatdagi vazifasi fuqarolar va tadbirkorlarning davlat organlari bilan munosabatlarida qonun ustuvorligini ta'minlash bilan bir qatorda ular huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish hisoblanadi.

Sudlar tomonidan da'vo arizasi, ariza hamda shikoyat sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababi bilan rad etilmaydi, bunda ish uni ko‘rib chiqishga vakolatli sudga o‘tkaziladi.

Ma'muriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorida aniqlangan holatlar boshqa ishni ko‘rayotgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud uchun majburiy hisoblanadi.

🚫 Bir sud ishi doirasida ba'zilari ma'muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirish taqiqlanadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Toshkent shahar yuridik texnikumida o‘quvchi va pedagog–xodimlar bilan uchrashdi, Toshkent davlat yuridik universitetining 3-talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
 
Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev 5-sentabr kuni Toshkent shahar yuridik texnikumida bo‘lib, o‘quv muassasasidagi o‘qish jarayonlari, yaratilgan shart-sharoitlar masalalarida o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbat olib bordi.

Suhbat jarayonida, o‘quvchi va pedagog-xodimlarning texnikum faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan bildirgan taklif va mulohazalari tingladi, mavjud muammolar yuzasidan o‘z tavsiyalarini hamda o‘quvchilarni kelgusida kasbga yo‘naltirishga doir qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Vazir o‘rinbosari Sh. Rabiyev tomonidan uchrashuv yakunida yuridik texnikumning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan 2-bosqichda tahsil olayotgan 5 nafar o‘quvchilarga Adliya vazirligi stipendiyasi guvohnomalarini topshirildi.

Bundan tashqari, vazir o‘rinbosari Toshkent davlat yuridik universitetining 3-talabalar turar joyi binosiga ham tashrif buyurib, talabalar turar joyida talabalarning yashashi, o‘z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi hamda sport va boshqa klublarda qatnashishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, turar joy faoliyatini tashkil etish hamda nazorat qilish bo‘yicha ma’sullarga tegishli tavsiyalarini berdi.

@adliyangiliklari