Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.5K photos
1.4K videos
32 files
5.2K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Idoralararo ishchi guruh: aholi murojaatlari va sayyor qabullar o‘rganilmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston qonunchiligi Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirilmoqda — Adliya vazirligi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini boshqarish kengashining dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

⚡️Davlat organlari va tashkilotlarida ish vaqti, mehnat me'yorlariga rioya qilish

Ushbu tartib — samarali davlat xizmatini ko‘rsatishning asosiy omillaridan biri. 

Hurmatli rahbarlar, siz rolikda ko‘rsatilgan qaysi bir tashkilotni boshqaryapsiz?

Qadrli davlat xizmatchisi, sizchi, ushbu qahramonlarimiz holati va natijalarini ko‘rib, qaysi birida o‘zingizni ko‘rdingiz...

🟢Xulosa chiqarish o‘zimizdan...

🔰 Davlat tashkilotlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga ulashish tavsiya etiladi.

@adliyangiliklari
Qaysi sohada huquqiy savodxonligingizni oshirishni xohlardingiz?
Umuman olganda, huquqiy bilimingizni nechiga baholaysiz?

Adliya vazirligi Sizning fikringizni bilmoqchi. Huquqiy ma'lumotlarni berishda yoshlarning istaklari inobatga olinadi.

Fikringizni 👉 @UReportUzbBot da qoldiring.


⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️⚖️

В какой сфере хотите повысить свою правовую грамотность?
В целом, как Вы оцениваете уровень знания своих прав?

Министерство юстиции хочет знать Ваше мнение. Это поможет Министерству улучшить работу по публикации правовой информации для молодёжи.

Выразите своё мнение здесь 👉 @UReportUzbBot
#Adliya_xabari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirining 2023-yil 19-yanvar kungi 9-um-sonli buyrug‘iga muvofiq “IQBOL MARUF” advokatlik byurosi advokati Marufjon Tadjibayevich Shamuradovga vazirlik tomonidan 2018-yil 29-dekabrda berilgan QR 000099-sonli advokatlik litsenziyasining amal qilish muddati hamda advokatlik maqomi 2022-yil 23-noyabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma'muriy sudi apellatsiya instansiyasining 2023-yil 12-yanvar kungi qaroriga muvofiq 3 (uch) oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

📫 Bugunga qadar YIDXP (my.gov.uz) orqali buyurtma qilgan 2 mingdan ortiq fuqaroga yangi namunadagi pravalar pochta xizmati orqali yetkazib berilgan

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ma'lum qildi:

BHMning 70 foizi (210 000 so‘m) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 000 so‘m to‘lov amalga oshiriladi.

Markaz xodimi kelib tushgan buyurtmani ko‘rib chiqib, chop etgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini pochta xizmati tomonidan ikki ish kunida manzil bo‘yicha yetkaziladi va buyurtmachidan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini va talonni olib, yangisini taqdim etadi.
_________

Shuningdek, Toshkent shahrida joriy etilgan tug‘ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDY bo‘limlarida qayd etish tartibi asosida 1000 dan ortiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma'lumotnomar taqdim etilgan.

👉 Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

Marg‘ilon atlasi va adrasi, Qo‘qon pichoqlari geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yhatga olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

⚖️ “Yuridik klinika” ko‘rsatuvi davom etmoqda

Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda tayyorlangan “Yuridik klinika” ko‘rsatuvi ayni vaqtda “O‘zbekiston” telekanali orqali jonli efirga uzatilyapti.

Mavzu: “Vorislik huquqida vasiyatnomani rasmiylashtirishning afzaliklari”

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti orqali yuborishingiz mumkin.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

📹 Onlayn translyatsiya

@adliyangiliklari
#Diqqat_aksiya

Adliya vazirligi tomonidan “Vorislik huquqi“ aksiyasi o‘tkazilmoqda

Oilalarda meros bilan bog‘liq nizolarning oldini olish, shuningdek fuqarolarning mol-mulkka bo‘lgan huquqlarini ta'minlash, ularning bu sohadagi huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Vorislik huquqi“ aksiyasi o‘tkaziladi.

🗓 Aksiya 2023-yil 10-fevraldan 10-martgacha davom etadi.

Aksiya doirasida, jumladan:
▫️davlat tashkilotlari va mahallalarda manzilli huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinadi;
▫️joylarda vasiyatnomalarni tasdiqlash va boshqa notarial harakatlar sayyor tarzda amalga oshiriladi;
▫️vorislik huquqi bo‘yicha audiopodkast o‘tkaziladi;
▫️2 bosqichli (test va suhbat shaklida) tanlov tashkil etiladi;
▫️merosni rasmiylashtirish va merosni ochish bilan bog‘liq murojaatlar yuzasidan buzilgan huquqlarni tiklash bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi;
▫️bepul onlayn o‘quv kurslari va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida MDH Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi — davlatlarining sud-ekspertlik faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, Rossiya Federatsiyasi, Armaniston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Belarus Respublikasidan vakillar ishtirok etdi.

Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi — davlatlarining sud-ekspertlik faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etish bo‘yicha bitim loyihasi kelishib olindi.

@adliyangiliklari