Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.5K photos
1.4K videos
32 files
5.2K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Diqqat_muhim

Adliya vazirligi tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

So‘rovnoma aniq hayotiy masalalar yuzasidan tuzilgan 20 ta savoldan iborat.

Test savollarida faol ishtirok eting va bilimingizni oshiring!

So‘rovnomada ushbu havola orqali qatnashishingiz mumkin 👉https://forms.gle/w3mFVmWiySW4vvej9

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tashabbus

📹 Navoiy viloyati adliya organlari, tuman (shahar) adliya bo‘limlarida “Huquqiy ko‘mak darchalari” tashkil etildi.

“Huquqiy ko‘mak darchasi” sud, xokimiyat, ichki ishlar, prokuratura, advokatura hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda sudlar faoliyati bilan bog‘liq, sud-protsessual tartiblar haqida fuqarolarga og‘zaki huquqiy tushuntirishlar hamda maslahatlar beradi.

”Huquqiy ko‘mak darchasi”ning murojaatchiga huquqiy tushuntirish va maslahatlar berishi tavsiyaviy xarakterga ega bo‘ladi Bundan tashqari, murojaat etgan shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatish qonunchilikda belgilangan asoslarga ko‘ra rad etilishi ham mumkin. Bu manzilga fuqarolar belgilangan qabul soatlarida murojaat qilishlari lozim.

Bu darcha fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga hissa qo‘shadi. Bizga murojaat qiling. Biz adliya organlari xalq ichida.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Andijon viloyatida 2 nafar notariusning litsenziyalari vaqtincha to‘xtatildi

Andijon viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 23-noyabrdagi 20-son yig‘ilish qaroriga asosan adliya boshqarmasi tomonidan
▫️Marhamat tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Usmonov (litsenziya AN 0052, 22.04.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2022-yil 24-noyabr kunidan 2022-yil 24-dekabr kuniga qadar 1 oy muddatga,
▫️Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius D.Mirzakarimov (litsenziya AN 0059, 04.09.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2022-yil 24-noyabr kunidan 2022-yil 24-dekabr kuniga qadar 1 oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

🕊Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🇺🇿 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
#Adliya_xabari

📁 Toshkent davlat yuridik universitetining Maqsadli kapital jamoat fondi (Endowment Fund) hamkorlikka chorlaydi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Koreya Respublikasi adliya vaziri bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ESLATMA

©️Mualliflik huquqi buzilgan taqdirda u sud orqali himoya qilinadi. Mualliflik huquqi buzilishining keng tarqalgan turlariga plagiat ya’ni
ko‘chirmachilik, madaniy o‘g‘rilik, ijod namunalaridan muallif ruxsatisiz tijorat yoki tijorat bo‘lmagan
maqsadlarda foydalanish kiradi.

💵Bunday hollarda huquqbuzar muallif huquqlarini tiklashi, unga yetkazilgan zararlarni to‘lashi lozim.

❗️Oʻzbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 65-moddasiga muvofiq huquq egasi zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon puli talab qilish huquqiga ega.

❗️Mualliflik huquqini buzishga qaratilgan vositalar, asarning kontrafakt nusxalari yo‘q qilib tashlanishi kerak.

@adliyangiliklari
MCHJning ta'sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bekor qilinadi

2022-yil 1-dekabrdan tijorat tashkilotlari faoliyatida quyidagi talablar bekor qilinadi:

🔹quyidagi tashkilotlarda ichki auditni tashkil etish:
▫️mas'uliyati cheklangan jamiyatlar;
▫️aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming barobaridan kam, davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘p aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari;

🔹 MCHJning ta'sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
🔹 MCHJning vakillariga umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tasdiqlash;
🔹 MCHJda zaxira jamg‘armasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining kamida 15 foizi etib belgilash.

Korporativ nizolarga oid sud qarorlari namunalari bilan 👉havola orqali batafsil tanishib borishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

⚖️ “Yuridik klinika” ko‘rsatuvi davom etmoqda

Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda tayyorlangan “Yuridik klinika” ko‘rsatuvi ayni vaqtda “O‘zbekiston” telekanali orqali jonli efirga uzatilyapti.

Mavzu: “Ko‘makka muhtoj va nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan ijtimoiy himoya qilish”

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti orqali yuborishingiz mumkin.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

📹 Onlayn translyatsiya

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Koreya Respublikasida o‘tkazilgan O‘zbek-Koreya mehnat forumida ishtirok etdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Koreya Respublikasidagi o‘zbekistonlik vatandoshlar bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Koreya Respublikasi Hukumat qonunchiligi vaziri bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari