Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.9K subscribers
15K photos
1.64K videos
33 files
5.93K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Toshkent shahrida 12 nafar notariusning litsenziyalari vaqtincha to‘xtatildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Hali ham “prava” almashtirmadingizmi?

Buni juda tez, oson va qulay tarzda amalga oshirish mumkin! Hali vaqtim bor ekan deb beparvo boʻlmang

Albatta, yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 11-oktabrdagi 254-um-sonli buyrugʻi bilan Nukus shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar T.Kayipnazarova (litsenziya QR 0014-son, 21.04.2020-yil) va M.Tagayevlarning (litsenziya QR 0036-son, 22.04.2020-yil) litsenziyasining amal qilish muddati 11-oktabr sanasidan e’tiboran 1 (bir) oy muddatga toʻxtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Germaniya eksperti ishtirokida intellektual mulk huquqining dolzarb masalalariga qaratilgan seminar tashkil etildi

Joriy yilning 18–19-oktabr kunlari Adliya vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan birgalikda “Intellektual mulk huquqining dolzarb masalalari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “Markaziy Osiyo mintaqasida huquqiy davlatchilikni ilgari surish” loyihasi eksperti Xannes Xenke o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Seminar dasturi Germaniya qonunchiligida intellektual mulk sohasidagi javobgarlik masalalari hamda sohaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha ma’lumotlar olish, tajriba almashish, mavjud mexanizmlarni o‘rganish hamda O‘zbekistonda Intellektual mulkni muhofaza qilish va uni himoya qilishga oid qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor etish va o‘zaro fikr almashishdan iborat.

@adliyangiliklari
Qadring baland bo‘lsin ona tilim!

Ertaga 21-oktabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 33 yil to‘ladi.

Huquqiy siyosat tadqiqot institutida “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari shoir Zikrilla Neʼmat hamda shoira Zebo Mirzolar ishtirok etishdi.

Shoirlarning ona tilimiz bor go‘zalligi va jozibasini o‘zida aks ettirgan ijod namunalaridan o‘qib eshittirishi institut xodimlariga haqiqiy bayramona kayfiyatni ulashdi.

@adliyangiliklari
#Mualliflik_huquqi

O‘quv qo‘llanma yozishda mualliflik huquqini buzgan o‘qituvchi 30 million so‘m tovon puli to‘laydi

Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasida vujudga kelib originallikni talab qiladi ya’ni muallif tomonidan yaratiladigan asar original bo‘lishi kerak, boshqa muallif asaridan ko‘chirma emas. Hozirgi paytda jamiyatimizda mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish (plagiat) holatlari sezilarli darajada kuzatilmoqda. Achinarlisi, yuqorida ta’kidlangan holat ilmiy maqomga ega bo‘lgan, oliy o‘quv yurtlarida dars beruvchi professor, dotsent va katta ilmiy xodimlar orasida sodir bo‘lmoqda. Mualliflik huquqini o‘zlashtirib olinganlik (plagiat) holati bo‘yicha Adliya vazirligiga navbatdagi murojaat kelib tushdi.

Murojaat asosida vazirlik tomonidan Buxoro davlat universiteti musiqa fani o‘qituvchisi B. M. “Musiqa tarixi (Chet el musiqasi)” nomli oquv qo‘llanmasida fuqaro A. Trigulovaga tegishli bo‘lgan “Xorijiy musiqa adabiyoti” asaridan jami
155 sahifadagi matnlar ko‘chirib olinganligi hamda fuqarolik muomalasiga kiritilganligi aniqlandi.

Qonun buzilish holati yuzasidan vazirlik tomonidan fuqaro A. Trigulova manfaatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudiga mualliflik huquqi buzilganligi uchun tovon puli undirish bo‘yicha da’vo arizasi bilan murojaat qilindi.

Sud qaroriga ko‘ra javobgar B. M. mualliflik huquqini buzish orqali chop etilgan “Musiqa tarixi (Chet el musiqasi)” nomli o‘quv qo‘llanmalarini o‘z hisobidan fuqarolik muomalasidan chiqarib tashlash majburiyati yuklatildi. Shuningdek, qarorda javobgardan da’vogar A. Trigulova foydasiga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari – 30.000.000 so‘m miqdorida tovon puli hamda 8.000.000 so‘m ma’naviy zarar undirilishi belgilangan.

❗️Eslatib o‘tamiz, qonunchilikda muallif asaridan ruxsatsiz foydalanish natijasida yetkazilgan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha tovon to‘lanishi belgilan.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

"SNOS"ga tushgan uyga kompensatsiya miqdori 1,5 milliardga baholandi.

Fuqaro M.T Bektemir tumani adliya bo‘limiga o’ziga tegishli bo‘lgan uy-joyi joylashgan yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi va evaziga tuman hokimligi tomonidan kompensatsiya puli yoki yer uchastkasi o‘rniga avvalgi huquq turlari saqlangan holda teng miqdorda yer uchastkalarini ajratish belgilangan bo‘lsada, ushbu masala ayrim sabablarga ko‘ra ochiq qolib kelayotganligidan norozi bo’lgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroning manfaatlarida Bektemir tumani adliya bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Mazkur sudning xal qiluv qarori bilan fuqaro M.T. foydasiga 1,5 milliard so‘m miqdordagi kompensatsiya pul mablag’lari to‘lab berilishi lozimligi belgilandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish doirasida milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirish rejasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhning yig‘ilishi o‘tkazildi.

Adliya vaziri o'rinbosari, ishchi guruh rahbari A. Karimov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda amalga oshirilgan ishlar haqida aytib o‘tildi hamda keyinchalik Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish doirasida ishchi guruh tomonidan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar belgilandi.

@adliyangiliklari
Diqqat eʻlon!!!

📣Endilikda 1148 ishonch telefoni kunu tun xizmatingizda

☎️Xabaringiz bor, Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazining 1148 qisqa raqami orqali davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida soat 09:00 dan 18:00ga qadar huquqiy tushuntirish va maslahatlar berib kelinmoqda edi.

📌Aholi va tadbirkorlik subyektlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida sinov tariqasida 24 soat ishlovchi 1148 ishonch telefoni faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Tungi paytda (soat 18:00 dan keyingi kuni 08:00 ga qadar) qabul qilib olingan qoʻngʻiroqlarda koʻtarilgan masalalar yozib olinib, 2 kun davomida unda keltirilgan masalalar yuzasidan mutaxassislar tomonidan qayta aloqaga chiqilib javob berilishi maʻlum qilinadi.

❗️Maʻlumot uchun: Ishonch telefoni uzluksiz faoliyati joriy yilning 31-dekabr kuniga qadar tajriba tariqasida ishga tushirildi. Kelgusida ushbu tajriba orqali kutilgan samaradorlikka erishilganda, mazkur amaliyotni davom ettirish rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM