Adliya vazirining bitiruvchilarga tilaklari
Yoshlarga tilagimiz qanday sinovlar bo‘lmasin, qanday natija bo‘lmasin olg‘a intilishga o‘rganishsin. Ba'zan inson xato qiladi, ba'zan esa yutuqqa erishadi. Xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarishga o‘rganasiz. Yutuqlar esa yana yangi tashabbuslarga chorlaydi.
Daqiqalar, soniyalardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganing. Vaqtni to‘g‘ri taqsimlashga odatlaning. Bir kunlik ish rejalaringiz orasida kitob o‘qish albatta o‘rin olsin. Bilimlarni mustahkamlashda kitobdan ham kuchli vosita yo‘qligi bu isbot talab qilmaydigan aksioma. Chunki kitob o‘qish orqaligina g‘oyalaringizni shakllantirasiz. O‘ylaymanki, hozirgi yoshlarda o‘z imkonlarini namoyon etishlari uchun sharoitlar yetarli.
Davlat va jamiyat tomonidan motivatsiya kuchli. Ulardan talab qilinadigani — shijoat va tashabbuskorlik.
Hammamizning boshimizdan o‘tgan. Yoshlikda oddiy narsalarga ham siqilaverardik. Hozir o‘sha voqealarni tahlil qilsak bular arzimas holatlar ekanligini ko‘rib, yuzimizga tabassum yuguradi. Yoshlik shunchalik tez o‘tib ketadgan fursatki, uni siqilish, kimningdir gapidan ta'sirlanib xafa bo‘lishga arzimaydi. Unda hammamiz chiroyli iz qoldirib yashashimiz kerak. Aytmoqchimanki, hayotdan lazzatlanib yashanglar!
Mustaqil hayot ostonasida turgan bugungi bitiruvchi yoshlarga kelajakka ishonch bilan qadam tashlashlarini, o‘z bilimi va salohiyati bilan davlatimiz taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shishlarini tilaymiz!
Adliya vaziri
Ruslanbek Davletov
@adliyangiliklari

Xudoyor Meliyev: Islohotlar natijadorligini baholash mexanizmi yaratiladi
2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi – mamlakatimizning kelajagi bilan bevosita bog‘liq eng muhim hujjat.
Strategiyada belgilangan vazifalar qanday bajarilmoqda? Ya'ni, islohotlar qanday davom etmoqda? Bu boradagi natijalar qanday aniqlanadi?
Adliya vazirining o‘rinbosari Xudoyor Meliyev shu haqda so‘zlab berdi.
👉Batafsil

#Adliya_loyiha
Adliya vazirligi: sud-ekspertlarining reytingi o‘rnatilmoqda, xususiy sud ekspertlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda
Adliya vazirligi tomonidan “Sud ekspertiza sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlandi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Loyihada quyidagilar tasdiqlanishi nazarda tutilmoqda:
▫️Sud ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimida baholab borish to‘g‘risidagi namunaviy nizom.
Nizomga:
➖davlat sud-ekspertiza muassasasi va nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimida baholab borish tartibi va baholash mezonlarini belgilash;
➖sud eksperti faoliyatini “a'lo”, “yaxshi”, “qoniqarli”, “qoniqarsiz” o‘lchovlari asosida baholab borish;
➖reyting natijalarida ekspertlarni rag‘batlantirib borish va faoliyat ko‘rsatib kelayotgan sud ekspertlarining ilmiy salohiyatini yanada oshirish;
sud ekspertlik sohasidagi innovasiya texnologiyalarni keng ommalashtirish, sud ekspertiza faoliyatida sog‘lom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratishga qaratilgan qoidalar kiritilgan.
▫️Yakka tartibda nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy sud eksperti faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Nizomda:
➖yakka tartibda nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy sud-ekspertlik faoliyatini tashkil etish;
➖xususiy sud ekspertining huquqiy maqomi, funksiyalari, huquq va majburiyatlarni hamda javobgarligini belgilash;
➖xususiy sud eksperti tomonidan o‘tkaziladigan ekspertiza turlarini belgilash;
xususiy sud ekspertlariga qo‘yiladigan talablar va boshqa masalalar aks ettirilgan.
Shuningdek, loyiha bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
❗️Qonun loyihasi bilan https://regulation.gov.uz/oz/d/61649 havolasi orqali tanishishingiz mumkin. Muhokamada faol ishtirok eting!

#Bilasizmi
Davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirishingiz mumkin
Davlat xizmatlari markazlari bank shoxobchalarida navbatlarning oldini olish maqsadida zamonaviy ekeltron to‘lov usullari joriy etilgan.
❗️Xizmatdan foydalanuvchilar operatordan uzoqlashmasdan maxsus ilovalar orqali to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
Bu respublikamizdagi asosiy elektron to‘lov tizimlari, masalan, PayMe, Click, Apelsin, shuningdek mobil bank ilovalari orqali bajariladi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing
Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing
Huquqiy munosabatlar yuzasidan fuqarolardan kelib tushgan savollarga javoblar.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Vijdon saratoni" filmi — premyera, bugun!
Balki u bizning hamkasbimiz, do‘stimiz, og‘a-inimizdir. Balki ular bilan har kun uchrasharmiz. Biz ularning harakatlari haqida bilamiz, lekin jimmiz...
Bu sukunat — xalqqa xiyonat, bu — millat kelajagiga xiyonat!
Bugun biz sobiq davlat xizmatchisining erkin, ozod hayotidan panjara ortidagi qora taqdirigacha hikoya qilamiz.
... Men bu ishga birinchi marta qo‘l urdim, keyin yana, yana, yana va yana... Kursi hozir meniki, u orqali imkon qadar tezroq va ko‘proq mo‘may daromad topishim kerak, deb o‘ylardim...
Kinematografiya agentligi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorligi va tegishli tashkilotlar ko‘magidagi "VIJDON SARATONI" hujjatli filmi Agentlikning YouTubedagi sahifasi orqali ko'rishingiz mumkin.
📌Film haqida
@adliyangiliklari
Balki u bizning hamkasbimiz, do‘stimiz, og‘a-inimizdir. Balki ular bilan har kun uchrasharmiz. Biz ularning harakatlari haqida bilamiz, lekin jimmiz...
Bu sukunat — xalqqa xiyonat, bu — millat kelajagiga xiyonat!
Bugun biz sobiq davlat xizmatchisining erkin, ozod hayotidan panjara ortidagi qora taqdirigacha hikoya qilamiz.
... Men bu ishga birinchi marta qo‘l urdim, keyin yana, yana, yana va yana... Kursi hozir meniki, u orqali imkon qadar tezroq va ko‘proq mo‘may daromad topishim kerak, deb o‘ylardim...
Kinematografiya agentligi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorligi va tegishli tashkilotlar ko‘magidagi "VIJDON SARATONI" hujjatli filmi Agentlikning YouTubedagi sahifasi orqali ko'rishingiz mumkin.
📌Film haqida
@adliyangiliklari
#Adliya_brifing
Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing
Mavzu: Huquqiy munosabatlar yuzasidan fuqarolardan kelib tushgan savollarga javoblar
📹 Video | 🎙 Audio | 🗒 Tekst

#Adliya_xabari
“Huquqiy savodxonlik” onlayn tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha audio podkast tashkil etiladi
⚡️Bugun, 27-may kuni “Qoidalarga yo‘l ham bo‘ysunadi” shiori ostida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha huquqiy savodxonlik oyligi doirasida audio podkast tashkil etiladi.
Suhbat spikerlari:
▫️Murodov Azizxon Nurxanovich – IIV Jamoat xavfsizligi departamenti YHXX Axborot xizmati boshlig‘i;
▫️Xolmirzaev O‘tkirbek Paxlavonovich – TDYU o‘qituvchisi, huquqshunos. Yo‘l-transport infrastrukturasi muammolari bo‘yicha maqolalar muallifi;
▫️Jabbarov Razzoq Otabay o‘g‘li – “SEMURG‘ SUG‘URTA” AJ sug‘urta da'volarini ko‘rib chiqish va tartibga solish departamenti menejeri;
▫️Mirzaxanov Akmal Xabibullayevich – Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi raisi o‘rinbosari.
⏰ Ovozli chat soat 17:00 da Huquqiy axborot Telegram kanalida boshlanadi.
Savollaringizni 👉ushbu havola orqali oldindan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.

#Muhim
Hurmatli fuqarolar!
Ma'lumki, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni rasmiylashtirishda zarur hujjat va ma'lumotlar "yagona darcha" tamoyili asosida tegishli idora va tashkilotlardan elektron tarzda olinadi.
2022-yil 29-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining ma'lumotlarni qayta ishlash markazida (elektron baza) texnik-profilaktika ishlari o‘tkazilishi sababli, ushbu axborot tizimi ishlamaydi. Shu sababli, notariuslar tomonidan ushbu axborot tizimidan zarur ma'lumotlarni olish imkoniyati cheklanadi.
Shuning uchun, 29-may kuni notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirishda uzulishlar kuzatilishi mumkin.

Adliya organlarining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha xodimlari uchun trening o‘tkazildi