Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.38K videos
32 files
5.12K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#2022_yil_1_maydan

▫️Xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila a'zolariga moddiy yordam beriladi Batafsil

▫️Yangi tahrirdagi Yo'l harakati qoidalari amalga kiritiladi Batafsil

▫️Chet el fuqarolariga O'zbekistonda ko'chmas mulk olishlari yengillashadi Batafsil

▫️Istalgan “Avtomobil tarixi” oid ma'lumotlarini olish mumkin Batafsil

▫️Xotin-qizlar faolining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib belgilanadi Batafsil

▫️Xalqaro aeroportlarda aviaspotting bilan shug'ullanish uchun kuzatish maydonchalari faoliyat ko'rsatadi Batafsil

▫️Yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash uchun 10 mlrd so'mgacha grant ajratiladi Batafsil

▫️Pensiyani plastik kartada oluvchilarga 1 foiz qo'shimcha pul beriladi Batafsil

▫️
Pensiya miqdori oshiriladi Batafsil

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_videobayonot

📹 Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil birinchi choragi davomida huquq ijodkorligi sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida video axborot

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etib, ezgu niyatlaringiz ijobatini tilaymiz!

Yurtimizda tinchlik va xotirjamlik bardavom, adolat hamisha barqaror bo'lsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Adliya_tashabbusi

“Gender-madad” huquqiy maslahat platformasi ishga tushirildi

Jamiyatda ayollar va erkaklarning teng huquqliligini ta'minlash, ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, bepul huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Gender-madad” elektron huquqiy maslahat platformasi ishga tushirildi.

Platforma orqali quyidagi yo‘nalishlarda huquqiy yordam olish mumkin:
🔹Gender tenglik;
🔹Ayollar huquqiy himoyasi;
🔹Ayollarga imtiyozlar;
🔹Oilaviy munosabatlar;
🔹Oilaviy zo‘ravonlik;
🔹Xalqaro standartlar;
🔹Gender tengligiga erishish strategiyasi;
🔹Ayollar uchun ijtimoiy himoya daftarlari;
🔹Ona va bola salomatligini muhofaza qilish.

❗️Platformadagi ma'lumotlar sodda, xalqchil tilda bayon etilgan bo‘lib, bu huquqiy maslahatlar har bir ayol uchun kundalik hayotida dastak bo‘lib xizmat qiladi.

Eng asosiysi, platformada qayta aloqa yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Siz o‘z savollaringizga malakali huquqshunoslardan onlayn javob va maslahat olishingiz mumkin.

👉Batafsil

👉Platformaga o‘tish

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_videobayonot

📹 Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil birinchi choragi davomida davlat xizmatlari va intellektual mulk sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida video axborot.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_videobayonot

📹 Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil birinchi choragi davomida yuridik xizmat ko‘rsatish va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida video axborot.

@adliyangiliklari
Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari!

Toshkent shahar adliya boshqarmasi
manzili o'zgardi.
Manzil: Toshkent shahar Mirobod tumani, Amir Temur ko'chasi, 14-uy. (Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi binosi)
Pochta indeks: 100000
Mo'ljal: Maktabgacha ta'lim vazirligi (eski Toshkent viloyat hokimligi) ro'parasi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi 2022-yil 5-may kunidan ushbu manzilda faoliyat yuritadi.
Toshkent shahar notarial arxivi vaqtincha eski (Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani, Ziyolilar ko'chasi, 26-uy) manzilda.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_videobayonot

📹 Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil birinchi davomida murojaatlar bilan ishlash va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida video axborot.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

🏛Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari tashkil etilgan.

Mazkur kurslarda oliy ma'lumotga ega bo‘lgan barcha shaxslar suhbat tarzidagi kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib o‘qishlari mumkin.

Kurs yakuni bo‘yicha davlat namunasidagi diplomni olgan shaxslar davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik xizmati va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

Ayni damda kurslarning masofaviy tarzda tashkil etiladigan ta'lim yo‘nalishiga qabul jarayonlari davom etmoqda.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Xorazm viloyatining Qo'shko'pir tumanidagi “Sherobod” mahallasida adliya vaziri o‘rinbosari Aktam Muxammadiyev tomonidan o'tkazilgan sayyor qabuli tafsilotlari.
Adliya vazirligi 2022-yil aprel oyining eng yaxshi xodimini e'lon qiladi

Davlat boshqaruvi tizimini tahlil va monitoring qilish boshqarmasining bosh maslahatchisi Komron Inoyatullayevich Nigmatov Adliya vazirligida aprel oyining eng yaxshi xodimi deb topildi.

K.Nigmatov oliy maʼlumotli, mutaxassisligi boʻyicha huquqshunos. 2006-yilda O‘zbekiston milliy universitetining bakalavr bosqichini, 2008-yilda Toshkent davlat yuridik institutining magistratura bosqichini huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash bo‘yicha tadqiqot markazi katta maslahatchisi, bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i lavozimlardan boshlagan. 2021-2022-yillarda Adliya vazirligida turli lavozimda faoliyat yuritgan.

2022-yil 13-apreldan hoziri vaqtga qadar vazirlik Davlat boshqaruvi tizimini tahlil va monitoring qilish boshqarmasining bosh maslahatchisi lavozimida xizmat qilib kelmoqda.

Komron Nigmatov davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan ular tarkibidagi alohida tashkilotlarning (agentliklar, inspeksiyalar, markazlar va boshqalar) vazifa va funksiyalari amalga oshirilishining samaradorligi ko‘rsatkichlarini (indikatorlarini) baholash va monitoring natijalariga ko‘ra davlat boshqaruvi tizimini, davlat organlari va tashkilotlarining tashkiliy-shtat tuzilmalarini va ishlash mexanizmlarini takomillashtirish, ularning bir birini takrorlovchi funksiyalarini, ortiqcha va xos bo‘lmagan vazifalar, funksiyalar hamda vakolatlarni chiqarib tashlash hisobiga optimallashtirish va nomarkazlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaysh sohasida ayniqsa samarali mehnat qilib kelmoqda.

Adliya vazirligi jamoasi Komron Nigmatovni bunday eʼtirofga sazovor boʻlganligi munosabati bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri R. Davletov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Sh. Adrian va BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili M. Dimovska bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi rahbariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qurilish ishlari ketayotgan davlat xizmatlari markazlari bilan tanishdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Beruniy tumani "Abay" OFYda tashkil etilgan sayyor qabulda fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini o‘rgandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari