Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.9K subscribers
15K photos
1.64K videos
33 files
5.95K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul

ADLIYA VAZIRI O‘RINBOSARI URGUTLIKLARNING MUAMMOLARINI O‘RGANDI

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan respublikamizning olis va chekka hududlarida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar oʻtkazilib, ularning muammolari tinglanmoqda. Ana shunday qabullarning navbatdagisi Urgut tumaning “Kenagas” mahallasida boʻlib oʻtdi.

Muloqotlar davomida adliya vaziri o‘rinbosari A. Muxammadiyev fuqarolarning uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik, kredit olish, aliment undirish, pensiya va nafaqa tayinlash, bandlik singari masalalardagi 70 dan ortiq murojaat egalarining muammo va shikoyatlarini tingladi.

Muhimi, mazkur murojaatlarning asosiy qismi shu joyning o‘zida o‘z yechimini topdi. Jumladan, 10 ta murojaat yuzasidan huquqiy yordam ko‘rsatildi, oʻrganish talab qiladigan 30 ta murojaat ish yurituviga qaratildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Adliya vazirligi tomonidan ta’lim sohasi xodimlari uchun sayyor qabul o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri R. Davletov bo‘lajak yosh yuristlar bilan uchrashdi

An'anaga muvofiq, bugun adliya vaziri R. Davletov Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida bo‘lib, texnikumning o‘quv-moddiy bazasi, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlariga innovatsion texnologiyalarning tadbiq etilishi ahvoli, shuningdek hududdagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Vazir dars jarayonida bevosita ishtirok etdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga vazirning o‘zidan javoblar olishdi va kelajakdagi rejalari yuzasidan takliflarini berishdi.

@adliyangiliklari