Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.6K photos
1.41K videos
32 files
5.24K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videotasvirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati R.Kusherbayev Yangiyo‘l shahrida bir soat davomida valyuta ayirboshlash shaxobchasini izlagani, biroq ularning barchasi yopiqligi sabab 50 AQSH dollarini “qora bozorda” almashtirishga majbur bo‘lganligini, bu harakati bilan O‘zbekiston Respublikasi qonun va tartiblarini buzganligini hamda o‘z harakati uchun javobgar bo‘lishga tayyor ekanligini namoyishkorona ma’lum qildi.

Xabarda ko‘tarilgan muammo hayotimizda uchrayotganligini inkor etmagan holda, uning aynan huquqiy tomoniga alohida e’tibor qilinishi kerak.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

1-dekabrdan...

1️⃣ 2021-yil 1-dekabrdan 2022-yil 1-noyabrgacha, sinov tariqasida, ko‘piklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi.

2️⃣ 2021-yil 1-dekabrdan quyidagilar bekor qilinadi:

▪️tijorat banklariga yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) uchun to‘lovlarni uchinchi shaxslar hisobidan qabul qilishga qo‘yilgan taqiq;
▪️davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlarni yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish) to‘g‘risida tuziladigan shartnomalarida majburiy ravishda oldindan to‘lovni belgilashga doir talab;
▪️qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchilari va tayyorlov tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda avansni belgilashga doir talab.

3️⃣ 2021-yil 1-dekabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida:
▪️veterinariya va fitosanitariya organlarining tovarlarga tegishli hujjatlarni tekshirish va rasmiylashtirish vazifalari “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi yoki unga integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali amalga oshiriladi;
▪️veterinariya va fitosanitariya organlari tomonidan tovar-transport hujjatlariga muhr bosish va ularni ro‘yxatga olish amaliyoti bekor qilinadi;
▪️to‘lanadigan barcha yig‘imlarni transport vositalari chegara punktiga kirgunga qadar yagona hisobvaraq asosida oldindan to‘lash amaliyoti joriy etiladi.

4️⃣ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2021-yil 1-dekabrdan har yil yakuni bo‘yicha barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting eʼlon qilib boriladi.

5️⃣ Yil yakunlari bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining Ochiqlik indeksi aniqlanadi.

Quyidagi tadbirlar telekanallar, shuningdek, Internet orqali jonli efirga uzatiladi:
▪️Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati majlislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyalari;
▪️taraflarning roziligi bilan fuqarolar huquq va erkinliklari hamda jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi, aholi sog‘lig‘ini saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi, shu jumladan davlat xizmatchilarining kasbiy faoliyati bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga oid ishlar, shuningdek, ayrim oilaviy nizolarga oid fuqarolik ishlari bo‘yicha sud majlislari.

6️⃣ Ko‘chma savdo faoliyati tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘chma savdo obyektlarini elektron tarzda “K — SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Bunda,
▫️tadbirkorlik subyektlaridan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im undirilmaydi;
▫️ko‘chma savdo joyi (xususiy mulkdorlarga tegishli joylardan tashqari) ko‘chma savdo obyektlarining joylashish sxemalari bo‘yicha “K — SAVDO” AAT orqali elektron auksionda sotiladi.

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Adliya ko‘magi bilan ishsizlik nafaqasi tayinlandi.

Chilonzor tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro Sh.S.ning tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga qilgan murojaatlari e’tiborsiz qoldirilayotganligi, ishsiz sifatida ro‘yxatga olinmayotganligi va ishsizlik nafaqasi to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

Adliya vazirligi tomonidan "Davlat boji to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Qonun loyihasi bilan davlat boji stavkalari miqdorlari unifikatsiya, optimizatsiya qilinmoqda va kamaytirilmoqda.

Masalan, avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish avtotransport uchun 810 ming so‘m (3 BHM) miqdorida belgilanmoqda. Amaliyotda bu yili va ot kuchiga qarab 2,7 mln so‘mgacha borar edi.

Ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni rasmiylashtirish Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida 405 ming so‘m (1,5 BHM) miqdorida belgilash ko‘zda tutilmoqda.

❗️Mazkur qonun loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

▫️ https://regulation.gov.uz/uz/d/53525

Muhokama 16-dekabrga qadar davom etadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“E-qaror” elektron tizimi orqali majburiy obuna aniqlandi

Xabaringiz bor, joriy yilning 22-iyunida mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilingan.

Mazkur hujjat mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlari ishlab chiqilishdan to e'lon qilingungacha bo‘lgan barcha jarayonlarning faqat “E-qaror” elektron tizimi orqali amalga oshirilishini nazarda tutadi.

Ushbu jarayonlar Adliya vazirligi tomonidan doimiy monitoring qilib boriladi. Doimiy monitoringlar natijasida Chinoz tuman hokimining joriy yil 12-noyabr kuni “Chinoz tumanida 2022-yil uchun “Chinoz xayoti” ijtimoiy-siysiy gazetasi obunasini uyushqoqlik bilan tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishi aniqlangan.

Chinoz tuman adliya bo‘limi gazetaga majburiy obuna noqonuniy deb topib, 2021-yil 15-noyabr kuni hokimlikka mazkur farmoyishni bekor qilish yuzasidan taqdimnoma kiritdi. Taqdimnomaga asosan mazkur farmoyish Chinoz tuman hokimi qarori bilan bekor qilindi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda aholidan kelib tushgan quyidagi savollarga javob qaytarildi:

Меҳнат қонунчилигида байрам кунлари бўйича қандай тартиблар мавжуд?

Кўчма савдо объектларини электрон рўйхатдан ўтказиш бўйича маълумот берсангиз.

Қонунчиликда пиротехника буюмларидан фойдаланиш ёки сотганлгик учун қандай жавобгарлик бор?

Айтишларича, энди ҳайдовчи ёнида паспорти ёки ID-картаси бўлса, транспортни бошқариш, рўйхатдан ўтказганликка оид ҳужжатларни, ишончнома, суғуртани ёнида олиб юриши талаб этилмас экан. Шу ростми?

Ҳомиладор аёллар енгилроқ ишга ўтказилиши мумкинлиги тўғрисида эшитдим. Бунинг тартиби қандай?

Автомобилда тезликни ошириб юборганида қайд этилган тезликдан 5 км/с чегириб ташлаб, ҳисобланаш нега керак эди? Шундоқ ҳам тезлик сабабли ҳалокатлар кўп-ку?

Энди машина бошқариш билан бир пайтда телефонда гаплашса ҳам бўладими?

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Xalqaro press-klubning “O‘zbekistondagi aksilkorrupsiyaviy islohotlar, mavjud muammolar va kelgusi istiqbollar” mavzuidagi sessiyasi

Normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi davomida qanday korrupsion omillar aniqlangan? Ushbu savolga adliya vaziri o'rinbosari X. Meliyev javob berdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

Adliya vazirligi: 2 700 000 so‘m bo‘lgan davlat boji 800 ming so‘mga tushirilishi mumkin

Adliya vazirligi tomonidan "Davlat boji to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

❗️Mazkur qonun loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

▫️ https://regulation.gov.uz/uz/d/53525

Muhokama 16-dekabrga qadar davom etadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Korporativ munosabatlarga kirishishda ortiqcha to‘siqlarni yaratuvchi qoida va majburiy talablar bekor qilinishi kutilmoqda:

Adliya vazirligi tomonidan korporativ munosabatlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

👉Batafsil
___________

#Сообщение_юстиции

Ожидается отмена правил и обязательных требований, создающих дополнительные барьеры для вступления в корпоративные отношения

Министерством юстиции разработан проект постановления Президента Республики Узбекистан, направленный на дальнейшее совершенствование корпоративных отношений, который вынесен на общественное обсуждение.

👉Подробнее

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun, 3-dekabr kuni Adliya vazirligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) hamda Huquqni rivojlantirish xalqaro tashkiloti (IDLO) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Oʻzbekistonda tijorat mediatsiyasini yoʻlga qoʻyish: COVID-19ga nisbatan chora” qo‘shma loyihasini ishga tushirishga bag‘ishlangan tadbir tashkil qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Vazirlik va idoralarning 50 dan ortiq mas’ul xodimlari uchun idoraviy norma ijodkorligi sohasida onlayn seminar tashkil etildi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari