Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.7K photos
1.43K videos
32 files
5.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Samarqanddagi mahallalarga keldi

Mamlakatimizda kambagʻal oilalar hayotini oʻzgartirish, turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan “Kambagʻallikdan farovonlik sari!” dasturi amalga oshirilmoqda. Bu borada “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni dasturilamal vazifasini bajarmoqda.

Unga koʻra, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambagʻallikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilangan. Bunda Adliya vazirligi ham hududlarda alohida chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, bu yoʻnalishdagi jarayonlar bugun Samarqand viloyatida davom etmoqda. Adliya vaziri Akbar Toshqulov bugun, 3-fevral kuni viloyat markazidan qariyb 100 kilometr olisda joylashgan Qoʻshrabot tumaniga keldi. Oʻrganishni “Xonnazar” mahallasidan boshladi. Mahalladagi kambagʻal oilalarga kirdi, xonadonda yashovchilar, tadbirkorlar bilan suhbatlashdi, ularning nima muammosi borligi, qanday yordam koʻrsatish kerakligi bilan qiziqdi.

III-guruh nogironi boʻlgan 55 yoshli Karomat opa Ismoilova nogironligi boʻlsa-da yoshligida oʻrgangan tikuvchilik kasbi orqali bugun hamqishloqlarini koʻrpa, yostiq, beshiklarga zeb beradigan yopinchiqlar bilan taʼminlab keladi. U Akbar Toshqulov bilan suhbatda shogirdlarni koʻpaytirish, kasbini hamqishloqlariga oʻrgatib qoʻshimcha ishchi kuchi olishni istayotgani, buning uchun tikuv mashinasiga ehtiyoji borligini aytdi. Adliya vaziri unga zamonaviy tikuv mashinasini topshirdi.

Xonnazar qishlogʻida oilaviy tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan Ahmad Adilov mayizni qayta ishlash uchun qoʻshimcha joy olish borasidagi muammosini maʼlum qildi. Uning murojaati vazir nazoratiga olindi.

Mahalla binosida masʼullar bilan uchrashuvda nochor oilalarni kambagʻallikdan chiqarish tartibi, buni amalga oshirish mexanizmi, fuqarolar huquqiy va ijtimoiy muammolari bilan ishlash, bunda adliya organlari bilan hamkorlik borasida soʻz yuritildi, zarur tavsiyalar berildi. Vazir oʻrtaga tashlangan masalalar, savollarni tinglab, ochiq muloqot qildi.

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida mahallada joriy yilda bajariladigan ishlar, chora-tadbirlar, koʻrsatiladigan ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, mahallada Xitoy tajribasi asosida kambagʻallikdan chiqarish loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Unga koʻra, bu yerda 10 dan ortiq loyihalar amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Tovar belgisiga ega boʻlishning afzalliklari yuzasidan sayyor qabul oʻtkazildi

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasida Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti masʼullari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga intellektual mulk obyektlarini yaratish hamda ularni davlat tomonidan muhofaza va himoya qilish boʻyicha sayyor qabul oʻtkazildi. Unda 30 nafardan ortiq tadbirkor ishtirok etdi. 10 nafarga yaqin tadbirkorning tovar belgilari huquqlarini himoya qilish yuzasidan murojaatlari ish yurituvga olindi.

Tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlar, ularni asl mahsulotlardan farqlash, bunday mahsulotlarning iqtisodiyotga zararlari toʻgʻrisida tadbirkorlarga tushuntirishlar berish orqali profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.

Shuningdek, Fargʻona shahridagi Yoshlar sanoat zonasida tadbirkorlarning tovar belgilari oʻrganildi. Oʻrganishlar jarayonida ushbu sanoat zonasidagi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi va ularga oʻz brendiga ega boʻlish hamda uning afzalliklari toʻgʻrisida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Mazkur tadbir davomida sanoat zonasidagi tadbirkorlar intellektual mulk sohasiga oid savollarga javob olish hamda vakolatli organlarga joyida murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻldilar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

TIQQM vakillarining intellektual mulk sohasi boʻyicha bilim va koʻnikmalarni oshirishga qaratilgan 2-bosqich trening mashgʻulotlari yakunlandi

Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi mutaxassislari tomonidan Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim muassasalari, Ilmiy-tadqiqot institutlari va Erkin iqtisodiy zonasi direksiyalari huzurida faoliyat yuritayotgan Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari (TIQQM) masʼul vakillarining intellektual mulk sohasi boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan treninglar oʻtkazildi.

Mashgʻulotlar davomida TIQQM faoliyatini tashkil etish va taʼminlash (yuritish) boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirilganligi toʻgʻrisida hisobotni toʻgʻri shakllantirish, IMO haqida tushunchalar va ularga talabnoma topshirish qoidalari batafsil tushuntirildi.

Ushbu treningning ajralib turuvchi jihati shundaki, unda asosan endigina oʻz faoliyatlarini boshlagan TIQQMlarning masʼul vakillari ishtirok etmoqdalar. Bu esa yangi tashkil etilgan markazlar masʼul vakillariga intellektual mulk sohasiga oid zarur bilim va koʻnikmalarni egallash imkonini beradi. Ishtirokchilar oʻzaro tajriba almashish, yangi bilimlarni egallash va intellektual mulk sohasida amaliy koʻnikmalarni shakllantirish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Tinglovchilarga mashgʻulotlar yakuni boʻyicha sertifikatlar topshirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣 Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2025-yilning 6-fevral kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazilishi munosabati bilan malaka imtihoni jarayoni soat 10-00 dan boshlab videotasvirga olinib, Internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Qoʻshrabot tumanida aholi bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Samarqand viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Qoʻshrabot tumanidagi mahallalarda boʻlib, aholi bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

— Taqdimotlar, rejalar oʻz yoʻliga, menga oʻzingiz duch kelayotgan muammo, turmush sharoitingizni yanada yaxshilash yoʻli, farovonlikka chiqish uchun bizdan nima yordam kerakligi haqida gapiring, — dedi adliya vaziri A.Toshqulov “Navkat” mahallasida oʻtkazilgan ochiq muloqotda. Shundan soʻng uchrashuv samimiy suhbatga aylandi. Eʼtiborlisi, adliya vaziri mahalladagi kambagʻal oilalarni qoʻllab-quvvatlashda hududning ixtisoslashuviga eʼtibor qaratishni ilgari surdi.

Muloqot yakuni boʻyicha mahallada yoʻl boʻyi qoʻshimcha xizmat koʻrsatish, bola parvarishi bilan band boʻlgan xotin-qizlarni qoʻshimcha daromad topishga qaratilgan loyihalar belgilab olindi. Jumladan, boʻsh turgan binoda hudud aholisi va yoshlari uchun kasb-hunar oʻrgatuvchi markazga aylantirish tashabbusini bildirildi.

“Doʻstlik” mahallasida ham bu jarayonlar davom etdi. Akbar Toshqulov mahalla binosida, ogʻir sharoitda yashayotgan aholi xonadonlarida boʻldi, fuqarolarning muammolari, huquqiy, ijtimoiy masalalarini tingladi. Ularga zarur texnikalarni topshirdi.

Viloyatda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasidagi amaliy ishlar davom etmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Axborot xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan, Xayotjon Odilovich Klichev Axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Xayotjon Klichev 1987-yilda Buxoro shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2010-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, huquqshunos. 2-darajali adliya maslahatchisi.

Xayotjon Klichev adliya tizimida 2011-yilda ishlay boshlagan. Hududiy adliya boshqarmalari va Adliya vazirligi markaziy apparatida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. Xususan, 2019-yilda Huquqiy targʻibot va maʼrifat boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻlgan. 2019–2022-yillarda Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi sifatida faoliyat olib borgan.

Maʼlumot uchun, lavozimga tayinlov Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga koʻra amalga oshirildi.

Adliya vazirligi jamoasi Xayotjon Klichevni mazkur masʼuliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov xizmat safarining ikkinchi kunida Qoʻshrabot tumanidagi “Mayintepa” mahallasida boʻldi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oilalar, fuqarolarning muammolari, huquqiy masalalarini oʻrgandi. Mahallada kambagʻallikni kamaytirish, bu borada ichki resurslardan foydalanish yuzasidan tavsiyalar berdi. Hududdagi ichki imkoniyatlarni borib koʻrdi. Ishlab chiqarish orqali daromad topayotgan yoshlar bilan muloqot qilib, ularning muammolariga quloq tutdi.

Mahalla ahli hududda til oʻrganish kursi, IT-markazi tashkil etishda amaliy koʻmak soʻradi. Buning uchun alohida bino ajratilib, zarur sharoitlar yaratilishi aytildi.

“Qiyqim” mahallasidagi oʻrganishlar ham samimiy suhbatga ulandi. Aholi adliya vaziriga nafaqat muammolari, balki takliflarini ham bildirdi. Muloqotlar chogʻida mahallada tadbirkorlik orqali shaxsiy daromadga kirishni istovchilar koʻpligi oydinlashdi. Ularning aksariyatini joy bilan bogʻliq muammosi bor.

Misol uchun, N.Safarova tadbirkorlik qilish yoʻlida duch kelayotgan masalasi adliya aralashuvi bilan sud tartibida koʻrib chiqiladigan boʻldi. Xonadonida kichik issiqxona tashkil qilgan A.Isroilovning shu yoʻnalishdagi faoliyatini kengaytirish masalasi oʻrganib chiqiladi. Muloqot davomida koʻtarilgan huquqiy muammolar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Stokgolm savdo palatasi Arbitraj institutining bosh kotibi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Bugun, 4-fevral kuni Adliya vazirligida Stokgolm savdo palatasi (SCC) Arbitraj institutining bosh kotibi Karoline Falkoner bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda adliya va huquq sohasida hamkorlik aloqalari, xususan, nizolarni hal qilishning muqobil imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Dastavval, Oʻzbekistonda arbitraj institutini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar, soʻnggi tendensiyalar haqida maʼlumot berildi. Jumladan, 2021-yilda yangi “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisidagi”gi Qonun qabul qilinib, unda tijorat nizolarini hal qilish tartibiga jiddiy oʻzgartirishlar kiritilganligi qayd etildi. Ushbu qonun arbitraj jarayonlariga ishonchni oshirishga va arbitraj institutlarini rivojlantirishga qaratilgan.

K. Falkoner, oʻz navbatida Oʻzbekistonda arbitraj institutini rivojlantirish sohasidagi islohotlarni yuqori baholadi. Stokgolm savdo palatasi arbitraj institutining afzalliklari haqida batafsil maʼlumot berdi. Jumladan, SCC arbitraj institutining nizomi oʻzbek tiliga tarjima qilinib, institutning rasmiy saytiga joylanganini aytib oʻtdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Qoʻshrabot tumanidagi 72-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan “Huquq sinfi”ni borib koʻrdi.

Samarqand viloyatidagi eng chekka manzillarda joylashgan 16 ta maktabda “Huquq sinfi” yoʻlga qoʻyilgan. Bu yerda huquq fanlari esa chuqurlashtirilgan holda oʻqitilmoqda.

Xususan, Qoʻshrabot tumanidagi 72-umumiy oʻrta taʼlim maktabida tashkil etilgan “Huquq sinfi”da bugun maktab yoshlari huquqiy bilimlarini boyitmoqda. Adliya vaziri Akbar Toshqulov ushbu sinfdagi dars mashgʻulotlarida qatnashdi. Taʼlim sifati, oʻqituvchilarning soʻngi usullardan nechogʻlik foydalanishi bilan qiziqdi.

Taʼlim jarayonida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, oʻquv rejalari asosida oʻquvchilarni taʼlimning keyingi bosqichlariga tayyorlash, faol oʻquvchilarni fan olimpiadalariga jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Oʻquvchilarga mazkur yoʻnalishdagi rejalar, huquqiy sohada taʼlim olib, karyera qilmoqchi boʻlgan yoshlar uchun beriladigan imtiyozlar, ragʻbatlar, imkoniyatlar haqida soʻz yuritdi. Yoshlarning savollariga quloq tutdi, ularning huquqiy savodxonligini sinovdan oʻtkazdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Samarqand noni” geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi

Adliya vazirligi geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining koʻmagi bilan joriy yilning 4-fevral kuni dunyoga mashhur “Samarqand noni” geografik koʻrsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Adliya vaziri Akbar Toshqulov bugun Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga “Samarqand noni” geografik koʻrsatkich hujjatini topshirdi.

Ma'lumot uchun: “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik koʻrsatkich deb eʼtirof etiladi. Unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bogʻliq boʻladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev Sirdaryo viloyatida “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturining ijrosi bilan tanishdi

Adliya vaziri oʻrinbosari xizmat safari doirasida Sirdaryo viloyatining Oqoltin va Sardoba tumanlaridagi mahallalarda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi asosida olib borilayotgan ishlarni oʻrgandi.

Fuqarolar, yetakchilar va mutasaddi rahbarlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Suhbatlar chogʻida dastur doirasida aholini qoʻllab-quvvatlash, bandlikni taʼminlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Xususan, Oqoltin tumanidagi “Andijon” mahallasida aholining huquqiy muammolarini oʻrganildi. Tadbir davomida fuqarolar uy-joy, kadastr hujjatini rasmiylashtirish, moddiy yordam, order olish, oila va nikoh munosabatlariga oid masalalar yuzasidan vazir oʻrinbosari qabulida boʻlishdi. Aholining kundalik hayotida uchrayotgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi va ayrim muammolar joyida hal qilinib, qoʻshimcha oʻrganish talab etadigan murojaatlar ish yurituvga qabul qilindi.

Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholining bandligi, kasb-hunar oʻrgatish tizimi va tibbiy xizmatlardan foydalanish holati oʻrganildi. Shuningdek, mahalliy mutasaddilar bilan hamkorlikda aholining turmush darajasini yanada yaxshilash boʻyicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

TDYU va USIM o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

“Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy taʼlim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusidagi oʻtkazilgan birinchi Oʻzbekiston — Malayziya taʼlim forumi doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti va Malayziya Islom fanlari universiteti (Universiti Sains Islam Malaysia — USIM) oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlik doirasida moliyaviy-huquqiy texnologiyalar sohasida qoʻshma ilmiy-tadqiqotlar olib borish, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish hamda birgalikda xalqaro ilmiy nashrlarda maqolalar chop etish, USIM universitetida yozgi va qishki maktablarni tashkil etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, endilikda ikkita universitet hamkorligida Islom moliyasi va bank huquqi boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi.

Bundan tashqari, USIM universitetining xalqaro nizolarni hal qilish (arbitraj) va mediatsiya boʻyicha tajribasini oʻrganilib, bu yoʻnalishda TDYUda treninglar tashkil etiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

TDYU Osiyo xalqaro arbitraj markazi bilan hamkorlik qiladi


Toshkent davlat yuridik universiteti delegatsiyasi Kuala-Lumpur shahrida boʻlib utayotgan birinchi Oʻzbekiston — Malayziya taʼlim forumida ishtirok etmoqda.

Bugun TDYU rektori v.b., professor Islambek Rustambekov Osiyo xalqaro arbitraj markazi vakillari bilan uchrashdi. Tomonlar TDYU va Osiyo xalqaro arbitraj markazi oʻrtasida arbitraj, Islom arbitraji, sport arbitraji, mediatsiya yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilish, universitet talabalari uchun taʼlim va amaliyot dasturlarini yoʻlga qoʻyish, birgalikda konferensiya, davra suhbati va boshqa tadbirlarni tashkil etish borasida fikr almashdi. Muzokaralar yakunida ikki muassasa oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Delegatsiya vakillari Osiyo xalqaro arbitraj markazi faoliyati, bu yerda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, markaz kutubxonasi bilan yaqindan tanishdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston Hukumati va Shveysariya Federal Kengashi oʻrtasida “Musodara qilingan aktivlarni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitim” imzolandi

Bugun, 6-fevral kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston tomonidan adliya vaziri Akbar Toshqulov hamda Shveysariya tomonidan Shveysariyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Konstantin Obolenskiy oʻrtasida “Musodara qilingan aktivlarni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitim” imzolandi.

Bitim doirasida taxminan 182 mln dollar miqdoridagi mablagʻlar Oʻzbekistonga qaytarilishi belgilangan. Mazkur mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi ayrim fuqarolari tomonidan noqonuniy orttirilgan boʻlib, 2012-yilda Shveysariya Bosh prokuraturasi tomonidan G.Karimovaga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ish yurituvi doirasida toʻlaqonli musodara qilingan edi.

Mablagʻlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Uzbekistan Vision 2030 Fondi” Koʻp sheriklik trast Jamgʻarmasi orqali qaytariladi.

Taʼkidlash lozimki, muqaddam 2022-yil 16-avgustda Shveysariyaning Bern shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Shveysariya Konfederatsiyasi oʻrtasidagi “Shveysariya Konfederatsiyasi hududida musodara qilingan noqonuniy orttirilgan aktivlarni Oʻzbekiston Respublikasi aholisining manfaatlari yoʻlida qaytarish usullari toʻgʻrisidagi bitim” imzolangan. Ushbu bitim noqonuniy orttirilgan aktivlarni BMTning “Uzbekistan Vision 2030 Fondi” deb nomlangan Koʻp sheriklik trast Jamgʻarmasi orqali Oʻzbekistonga qaytarish mexanizmi hamda asosiy tamoyillar va maqsadlarni belgilaydi.

Mazkur ishlar doirasida 2022-yil avgustda imzolangan birinchi bitim taxminan 131 mln dollar miqdoridagi mablagʻlarni Oʻzbekistonga qaytarilishini nazarda tutadi. Yangi bitim imzolanishi bilan Oʻzbekiston aholisining manfaatlari yoʻlida qaytarilgan mablagʻlarning jami miqdori 313 mln dollarga yetadi.

“Uzbekistan Vision 2030 Fondi” orqali qaytarilayotgan mablagʻlar Oʻzbekiston aholisining manfaatlari uchun, xususan sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalarida ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi. Fond va uning loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiq manbada oʻzbek va ingliz tillarida fondning https://www.ishonch.org/ veb-saytida joylashtirilgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM