Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.7K photos
1.42K videos
32 files
5.26K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Eslatma

Adliya vazirligining Instagram, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalari hamda “Adliya yangiliklari” Telegram kanali rasmiy maqomga ega.

❗️Sahifalarning nomidagi maxsus belgi (✔️) orqali ularni oson ajratib olishingiz mumkin.

Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini va Telegram messenjeridagi kanallarini eslatib o‘tamiz:

📱 Telegram
@adliyangiliklari
@huquqiyaxborot
@huquqiyaxborot_lotin (lotin)
@pravoinf (rus)
@leginf (ingliz)

📱 Facebook
https://www.facebook.com/minjustuz

📱 Instagram
https://www.instagram.com/adliyanews

📱 Youtube
https://www.youtube.com/c/Adliya

📱 X (Twitter)
https://x.com/MinjustUzb

Axborotni ishonchli manbalardan oling!

🖥 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Adliya: murojaatlar ijobiy hal etilmoqda


Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining bir guruh xodimlari hamda Qoraoʻzak tumanida istiqomat qiluvchi G.Jaqsimuratovaning adliya boʻlimiga kelib tushgan murojaati ijobiy hal etildi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-3 va 22-10-moddalariga hamda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining 2025-yil 6-yanvardagi 1-um-son buyrugʻiga asosan:

▫️Yangiyer shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Zokirova Oygul Nishonovnaning 65 yoshga toʻlishi munosabati bilan unga berilgan SI 0019-sonli litsenziyaning amal qilish muddati hamda notarius maqomi tugatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Kosonsoy tumani adliya boʻlimi xodimlari tomonidan aholi murojaatlari oʻrganilib, ijobiy hal etilmoqda.

Mazkur jarayonlardan tayyorlangan lavha “ZOʻR TV” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturi orqali efirga uzatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Chimboy tumani adliya boʻlimi koʻmagi bilan pensionerning buzilgan huquqi tiklandi

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Xiva shahar adliya boʻlimi tomonidan fuqaro O.U.ning shahar sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimidan ishlab kelayotgan davrida oylik ish haqlari kam hisoblanib kelinayotganligidan norozi boʻlib qilgan murojaati koʻrib chiqildi.

Fuqaroga oylik ish haqi past tarif koeffitsiyentdan hisoblanib kelinayotganligi hamda 2021-yildan oʻrganish kuniga qadar jami 114 mln 743ming 646 soʻm ish haqlari kam hisoblanib toʻlanmasdan qolganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan adliya boʻlimi tomonidan fuqaroga toʻlanmasdan qolgan jami 114 mln 743 ming 646 soʻm miqdoridagi ish haqini undirish yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha Bogʻot tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritilib, daʼvo ariza qanoatlantirildi va fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Adliya koʻmagida tadbirkorning 151 million soʻmdan ortiq pul mablagʻi toʻlab beriladigan boʻldi

Chust tuman adliya boʻlimiga tumanda faoliyat koʻrsatayotgan “LIMPID DALE” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari murojaat qilib, mukammal taʼmirlash ishlarini bajarilgan boʻlsada, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanmayotganligi sababli ushbu mablagʻlarni undirib berishda amaliy yordam berishni soʻragan.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi


Adliya vazirligi Davlat xizmatlari koʻrsatilishini nazorat qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi Alimardon Abdumovlon oʻgʻli Abdimalikov 2024-yilning dekabr oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.

Alimardon Abdimalikov Adliya vazirligi tizimida mehnat faoliyatini 2019-yilda Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilish boshqarmasi ish yurituvchisi sifatida boshlagan. 2019–2020-yillarda ushbu boshqarmada katta va yetakchi maslahatchi lavozimlarida ishlagan.

2020–2023-yillarda turli boʻlim va boshqarmalarda faoliyat yuritgan. Shu jumladan, Tashkiliy-tahlil boʻlimi yetakchi maslahatchisi, Davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish boshqarmasi bosh maslahatchisi, Maʼmuriy tartib-taomillarni rivojlantirish va monitoringini yuritish boshqarmasi bosh maslahatchisi, Davlat xizmatlari koʻrsatilishini nazorat qilish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi sifatida. 2023-yil oktyabr oyidan boshlab Adliya vazirligi Davlat xizmatlari koʻrsatilishini nazorat qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Alimardon Abdimalikov YIDXP orqali koʻrsatilishi joriy etilgan davlat xizmatlari va servislarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan talab va tartib asosida joriy etilganligini tahlil qilish, davlat xizmatlari koʻrsatuvchi vazirlik va idoralar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishini doimiy ravishda nazorat qilish sohasida samarali faoliyat yuritmoqda.

Xususan, “IT talents” dasturi doirasida nodavlat taʼlim tashkilotlariga bir martalik subsidiya ajratish, yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish, yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish boʻyicha davlat xizmatlarini ularni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, murojaatlar koʻrib chiqilishining har bir bosqichini kuzatib borilishini kuzatib borish imkoniyati yaratilishini taʼminladi.

Vazirlik jamoasi Alimardon Abdimalikovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jamoatchilik_muhokamasi

⚡️“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng 📎jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.

Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yoʻnalish boʻyicha 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati va maqsadli koʻrsatkichlar nazarda tutilmoqda.

Loyihada atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalari, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yoʻnalishlarida 2025-yilga moʻljallangan keng koʻlamli islohotlar nazarda tutilgan.

🗓 Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan oʻtkaziladi.

2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, oʻz takliflaringizni uzbekistan2030.uz onlayn portali hamda regulation.gov.uz Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali bildirishga chaqiramiz.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

⚠️ ADLIYA OGOHLANTIRADI

Asar va uning personajlaridan faqat muallif yoki u vakolat bergan shaxs bilan tuzilgan yozma shartnoma asosida foydalanish mumkin. Qonunga rioya qilmaslik jinoiy, maʼmuriy va fuqaroviy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Eslatib oʻtamiz! Oʻzbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 65-moddasiga muvofiq muallif yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi Fuqarolik ishlari boʻyicha sud orqali huquqbuzardan zarar qoplanishi oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon puli undirishga haqli.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

Qahvaxona tovar belgisidan noqonuniy foydalanish holati toʻxtatildi

“Aroma Bakery” xususiy korxonasining murojaatiga asosan “C.K” MChJda belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkazildi.

Tekshiruv davomida “C.K” MChJ “Aroma Bakery” XKga tegishli “Aroma” belgisiga fonetik jihatdan oʻxshash “Aroma” belgisidan ruxsatsiz umumiy ovqatlanish binosining peshtoqida, mebel jihozlarda, ovqatlanish menyusida hamda ijtimoiy tarmoqlarda reklama sifatida foydalanilayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan “C.K” MChJga qonun hujjatlarining buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilib, “Aroma” soʻzi foydalanishdan olib tashlandi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Intellektual mulk huquqlarini samarali himoyasini taʼminlash yuzasidan oʻquv seminari tashkil etildi

Joriy yilning 10-yanvar kuni Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida masʼul xodimlarning intellektual mulk sohasida bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan oʻquv seminari oʻtkazildi.

Oʻquv seminarda Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi B.Ruziyev va boʻlim boshligʻi F.Dustiyarov tomonidan intellektual mulk obyektlarini samarali muhofaza va himoya qilish, huquq egalari manfaatlarini qonuniy taʼminlash, huquqbuzarliklar uchun taʼsir choralarini qoʻllash hamda milliy va xalqaro qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Ushbu oʻquv seminaridan asosiy maqsad intellektual mulk sohasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish, kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasiga qarshi kurashish va huquqbuzarliklarga tezkor va taʼsirchan choralar koʻrish mexanizmlarini yaratish hisoblanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

2024-yil yakuni bo'yicha asosiy faoliyat ko'rsatkichlari

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 10-yanvar kuni Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o'tkazildi.

Ushbu tadbirda:
Deepfake texnologiyalarini qo‘llanganlik faktlarini aniqlash bo‘yicha tayyorlangan tahliliy ma’lumot;
Raqamli sud ekspertiza” va “Raqamli kriminalistika” nomli uslubiy tavsiyalar;
Sud-xatshunoslik ekspertizasi” nomli uslubiy qo‘llanma va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Kengashning 2025-yilga mo‘ljallangan Ish rejasi tasdiqlandi.

Tadbir yakunida 2024-yilda mavjud 93 ta uslubiyotlarni tanqidiy ko‘rib chiqishda faol ishtirok etgan ishchi guruh a’zolari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Nukus shahar adliya boʻlimi yordamida sud qarori bilan xodimlarning 78 mln soʻmdan ortiq ustama pullari toʻlab berilishi belgilandi

Qonunchilik talablariga asosan fuqarolarga toʻlanmayotgan 78 mln 420 ming 654 soʻm miqdoridagi ustama pullarini undirib berish yuzasidan Nukus shahar adliya boʻlimi tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha Nukus tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi hamda sud qarori bilan Nukus shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan fuqarolarning ustama pullari toʻlab berilishi belgilandi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim_eslatma!

📢 Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar diqqatiga!

Adliya vazirligi ogohlantiradi.

O‘zbekiston Respublikasining "Nodavlat notijorat tashkilotlar to'g'risida"gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori talablariga asosan nodavlat notijorat tashkilotlari har yili 1-fevralgacha ro‘yxatdan o‘tkazuvchi adliya organlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobotlar taqdim etishlari shart.

Hisobot shakli Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

Hisobotlarni taqdim qilish Nodavlat notijorat tashkilotlari elektron portali (e-ngo.uz) orqali amalga oshiriladi.

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 239-moddasiga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi mansabdor shaxslarga jarima solishga sabab bo‘ladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM