Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.6K photos
1.41K videos
32 files
5.24K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Vazir oʻrinbosari “Huquq sinfi” sharoitlari bilan tanishdi

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Yangiyoʻl tumanidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida yoshlar va oʻqituvchilar bilan uchrashuv oʻtkazib, maktabda zamonaviy koʻrgazmali oʻqitish vositalari bilan taʼminlangan “Huquq sinfi” sharoitlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida vazir oʻrinbosari tomonidan yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, qonunchilikdagi imtiyozlar haqida gapirib, “Huquq sinfi”da zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda huquq fanini chuqurlashtirib oʻrgatish, “Huquqshunoslik” yoʻnalishi boʻyicha oʻquv rejalari asosida oʻquvchilarni taʼlimning keyingi bosqichlarida samarali tahsil olishga tayyorlash, tuman (shahar), viloyat va respublika olimpiadalari hamda boshqa tadbirlarda faol ishtirok etishga jalb qilish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Har bir murojaat adliya xodimlari eʼtiborida

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 12-dekabrdagi 13-son yig‘ilish qaroriga asosan Navoiy viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 13-dekabrdagi tegishli buyrug‘i bilan

▫️Navoiy shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius L.Norbutayevaga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyasining amal qilish muddati 2024-yil 15-dekabrdan 1 oy muddatga to‘xtatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_taqdimot

⚡️⚡️“Lex AI” – sunʼiy intellekt yordamida huquqiy masalalarga javob topishga koʻmaklashadigan yagona platformani taqdimoti boshlandi.

🖥 Onlayn-translyatsiya: https://www.youtube.com/embed/o8qLSh0stlY

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

Adliya vazirligi tomonidan Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasidagi hujjatlar asosida onlayn javob berishga moʻljallangan “LexAI” chat-boti ishga tushirildi.

“LexAI” chat-boti qanday imkoniyatlarga ega? Bu haqida batafsil 👉 rolikda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Namangan viloyatida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirgan ishlar bilan tanishmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev dastlab “Huquqiy mahalla” loyihasi konsepsiyasi doirasida Toʻraqoʻrgʻon tumani “Zarbdor” mahallasida amalga oshirilgan ishlarning taqdimoti bilan tanishdi.

Toʻraqoʻrgʻon tumani “Zarbdor” mahallasidagi mavjud 1033 ta xonadon xatlovdan oʻtkazilib, 2529 ta huquqiy muammolar mavjudligi aniqlandi. Ulardan 2043 tasi hal etildi, qonun buzilish holatlari boʻyicha 7 ta korxona, tashkilotlarga taʼsir chorasi kiritildi, 3 marotaba “Adliya kuni” tadbirlari oʻtkazildi, aholi vakillariga 311 ta sayyor xizmatlar koʻrsatildi.

Shuningdek, “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi doirasida aholining kundalik turmush tarzi bilan bogʻliq boʻlgan qonunchilik normalari (imtiyozlar, huquqlar va boshqa) roʻyxati shakllantirilib, ularning amalda ishlash holati tahlil qilindi. Xususan, mahalla hududidagi asosiy yoʻl boʻlgan Doʻstlik koʻchasiga piyodalar yoʻlagi chiziqlari chizildi, 44-sonli umumtaʼlim maktabi atrofiga koʻchma svetofor oʻrnatildi, 1033 dan ortiq xonadonni ichimlik suv bilan taʼminlovchi suvnasosi yangilanib, aholiga suvni yetkazib berish bosimi kuchaytirildi.

Bundan tashqari, “mahalla yettiligi” faoliyatini metodik taʼminlash maqsadida xodimlarga nizomlar, namunaviy hujjatlar, uslubiy qoʻllanmalar taqdim qilindi. 67 nafar shaxs mediatorlikka oʻqitilib, ularga sertifikatlar topshirildi. Vazir oʻrinbosari uyma-uy oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholini muammolarini qonuniy hal etish choralarini koʻrish kerakligini taʼkidladi.

Shuningdek, Davlatobod tumani “Orzu” mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishilib, “mahalla yettiligi” bilan muloqot oʻtkazildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi va Kriminologiya tadqiqotinstituti oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi va Kriminologiya tadqiqotinstituti oʻrtasida sud ekspertlik faoliyati sohasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.

Memorandumga asosan
ilm-fan va texnologiyalar ilgʻor yutuqlaridan kriminologik va sud-ekspertlik faoliyati samaradorligini oshirishdafoydalanish,
xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlarini jalb etish,
sud-ekspertlik faoliyatini ilmiy jihatdan taʼminlashda uslubiy yordam koʻrsatish asosiy maqsad qilib olindi.

Tomonlar ilmiy hamkorlik dasturlari tuzish, hamkorlikda tadbirlarni amalga oshirish, ijobiy ish tajribalarini almashish, shu jumladan, oʻzaro amaliyot va maslahatlashuvlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM