Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.3K photos
1.34K videos
32 files
5.04K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro murojaatlari hal etilmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati “Samarqand” viloyat teleradiokanali bilan hamkorlikda yangi loyihani yoʻlga qoʻymoqda.

“Huquq hududi” koʻrsatuvi. Mazkur koʻrsatuv orqali xalqimizni qiziqtirgan huquqiy masalalar, huquqiy muammolar, qonunchilikdagi oʻzgarishlar, fuqarolarning huquq va majburiyatlari, qonuniy imtiyozlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar berib boriladi.

Koʻrsatuvda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, xususan, huquqshunos, advokat, sudyalar, turli soha mutaxassislari bilan suhbatlar tashkil etiladi. Dasturning har bir soni muayyan bir mavzuga bagʻishlanib, hududlardagi huquqiy masalalardan kelib chiqib, oʻsha manzilda tasvirga olinadi.

Koʻrsatuvning ilk soni oʻzboshimchalik bilan egallangan yerlar va ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlarni eʼtirof etishga bagʻishlandi.

Tez kunlarda koʻrsatuvning yangi sonini tomosha qiling.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Huquqiy bilimlar oyligi” doirasida “Yoshlar sayli” o‘tkazildi.

🖥 Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida ommaviy qabul o‘tkazildi.

🖥 Fargʻona viloyat adliya boshqarmasida Ichki ishlar vazirligi Farg‘ona akademik litseyi o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

🖥 Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida matbuot anjumani o‘tkazildi.

🖥 Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i Olmazor tumani yoshlari bilan uchrashdi.

🖥 Ohangaron tumani adliya bo‘limi tomonidan 4-sonli umumtaʼlim maktabida “Huquq sinfi” tashkil etilib, o‘quvchilar uchun “Huquqiy savodxonlik va huquqiy madaniyatni oshirish” mavzusida darslar o‘tkazib kelinmoqda.

🖥 Nukus tumanidagi “Aqterek” mahallasida “Adliya kuni” doirasida yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

🖥 Yunusobod tumani adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limlarida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Adliya organlarida “Konstitutsiya burchagi” tashkil etildi

Konstitutsiya xalqimiz xohish-irodasini ifoda etgan xalqchil hujjat. Unda belgilangan har bir modda inson shaʼni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari taʼminlanishi kafolatidir. Shuning uchun konstitutsion savodxonlik muhim ahamiyatga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan barcha davlat xizmatlari markazlarida “Konstitutsiya burchagi” tashkil etildi.

Adliya organlariga tashrif buyurgan fuqarolar burchakdan oʻrin olgan qisqa axborot flayerlari, huquqiy adabiyotlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiya bilan tanishishi, mutaxassislardan bu borada oʻzlarini qiziqtirgan savollariga, balki, huquqiy masalalarda javob olishi mumkin.

Suratda Qoʻshrabot tuman DXMdagi “Konstitutsiya burchagi”.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Adliya xodimlari mahallalarda

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan „Adliya kuni“ tadbirlari doirasida poytaxtning Shayxontohur tumani „Gulobod“ MFYda aholi uchun sayyor qabul oʻtkazildi.

Sayyor qabulda 30 ga yaqin fuqarolar ishtirok etishib, ulardan 10 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Shundan 3 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 2 ta murojaat boʻyicha sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi. Qolgan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.

Jumladan, meros rasmiylashtirilmagan va bugungi kunga qadar mulk huquqi eʼtirof etilmagan 6 nafar fuqaroning murojaati yuzasidan notarius tomonidan huquqiy tushintirish berilib, merosni rasmiylashtirish boyicha fuqarolarning arizalari qabul qilindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

“Zarbdor”da navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi

Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan “Huquqiy mahalla” loyihasi konsepsiyasi doirasida Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi aholi muammolari uyma-uy yurgan holda oʻrganildi. Endilikda esa, mazkur muammolarni tegishliligi boʻyicha bartaraf etishga kirishildi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Xovos tumani “Yangiyer” MFYda “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil qilindi.

🖥 Furqat tumanida yashovchi 20 nafar yoshlar ID pasportga ega bo‘ldi.

🖥 Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.

🖥 Shahrisabz tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi “Ravot” mahallasi aholisi uchun “Adliya kuni” tadbiri tashkil etildi.

🖥 Nukus tumanining “Diyxan arna” mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida “Adliya sayili” tashkil etildi.

🖥 Toshkent shahar adliya boshqarmasida Bektemir va Chilonzor tumanlarida faoliyat yurituvchi hokim yordamchilari uchun seminar tashkil etildi.

🖥 Boyovut tumanida Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tashkil etib kelinayotgan sayyor qabulda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi J.Zoxidov qabulida boʻlgan fuqaroning murojaati oʻrganilib, ijobiy hal etildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Chortoq tumanida “mahalla yettiligi” uchun mediatsiya boʻyicha oʻquv mashgʻulotlar tashkil etildi

Chortoq tumani hokimligida Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Mediatsiyaning mohiyati va prinsiplari hamda huquqiy asoslari” mavzusida mahalla raislari uchun seminar tashkil etildi.

Shuningdek, “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi doirasida MFYlar ish faoliyatidagi hujjatlarni yuritish tartibi, murojaatlar bilan ishlash yuzasidan master-klass oʻtkazildi.

📌 Kanalga ulanish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Kosonsoy tumani adliya boʻlimi xodimlari tomonidan aholi murojaatlari oʻrganilib, ijobiy hal etilmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Har bir murojaat adliya xodimlari eʼtiborida

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM