#Adliya_xabari
Xabar berganimizdek, Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarini ijtimoiy sheriklik asosida qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish” hamda “Aholida o‘z huquq va majburiyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantirish” mavzularida nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun 50 mln so‘mdan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish yuzasidan tanlov e’lon qilingan edi.
Tanlovda jami 13 ta nodavlat notijorat tashkilotlari o‘zlarining loyihalari bilan ishtirok etdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, Adliya vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tomonidan “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish” mavzusida e’lon qilingan tanlovda “Yosh yuristlar” jamoat birlashmasining “Oson huquq” loyihasi g‘olib deb topildi.
Shuningdek “Aholida o‘z huquq va majburiyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish” mavzusida e’lon qilingan tanlovda Toshkent davlat yuridik universitetining Maqsadli kapital (Endowment fund) jamg‘armasining “Huquq bilimdonlarini aniqlash” loyihasi g‘olib deb topildi.
@adliyangiliklari

#Bilasizmi #Adliya_aksiya
Qonunchilikka ko'ra, xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo'lga qo'yish uchun Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi hisobidan 3 yilgacha va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million so'mgacha kreditlar ajratilishi belgilangan.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
Olimpiada g‘oliblari, ularning trenerlariga qancha mukofot beriladi?
Qonunchilikda g‘oliblar, trenerlarga beriladigan mukofot miqdori aniq belgilangan. Mazkur mukofotdan soliq undiriladimi? Sportchini bir nechta trener tayyorlagan bo‘lsa qanday yo‘l tutiladi?
Batafsil 👉 O‘qish

#Adliya_aralashgach
Shartnoma majburiyatlari unutildimi?
“Mirob qurilish servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda Sirdaryo tuman yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi pudrat shartnomasi asosida huquqiy munosabatga kirishgan edi. Shartnomaga muvofiq jamiyat tomonidan 826 447 296,84 soʻmlik ishlar bajarilgan. Biroq…
👉Batafsil

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
Yurisprudensiya taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim muassasasi talabasi boʻlolmadingizmi?
Siz uchun Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida oʻqish imkoniyati mavjud.
Oliy taʼlim muassasasida toʻplagan balingiz orqali yuridik texnikumlarga oʻqishga kirish imkoniyatiga egasiz.
Yuridik texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar yurisprudensiya taʼlim yoʻnalishi boʻyicha OTMlarga suhbat asosida oʻqishga kirish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Shoshiling, imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

#Adliya_teleloyiha
Ayni vaqtda Adliya vazirligi va “Oʻzbekiston” telekanali tomonidan oʻzaro hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan “YURIDIK KLINIKA” koʻrsatuvi boshlandi. Koʻrsatuv “Oʻzbekiston” telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.
Mavzu: Saylov qonunchiligi
Mavzu yuzasidan oʻz savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti yoki toʻgʻridan-toʻgʻri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bogʻlanish orqali orqali yuborishingiz mumkin.
📹 https://youtu.be/2nFqDrAsO18

#Diqqat_tanlov
📣 Yoshlar, zo‘r imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan 15-avgust kuni “Huquqiy bilimlar” tanlovi tashkil etilmoqda.
Tanlovda umumiy o‘rta ta'lim va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining o‘quvchi-yoshlari qatnashishi mumkin.
🖥 Tanlovda ishtirok etish uchun 8-dekabr.adliya.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak (ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni – 13-avgust soat 23:59 gacha).
Tanlov shartiga ko‘ra, ishtirokchilarga elektron platformada 30ta test va bitta huquqiy savol beriladi.
G‘oliblar planshet, poverbank, kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.
📎 Eslatib o‘tamiz, tanlovda faqat bitta akkauntdan qatnashish mumkin.
Bilimingizni sinang va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiriting.
Barcha ishtirokchi yoshlarga muvaffaqiyat tilaymiz!
@adliyangiliklari
Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan 15-avgust kuni “Huquqiy bilimlar” tanlovi tashkil etilmoqda.
Tanlovda umumiy o‘rta ta'lim va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining o‘quvchi-yoshlari qatnashishi mumkin.
Tanlov shartiga ko‘ra, ishtirokchilarga elektron platformada 30ta test va bitta huquqiy savol beriladi.
G‘oliblar planshet, poverbank, kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.
Bilimingizni sinang va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiriting.
Barcha ishtirokchi yoshlarga muvaffaqiyat tilaymiz!
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya
Jizzaxda “Xotin-qizlarga huquqiy koʻmak” aksiyasi doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda
Adliya vazirligi tomonidan 1-avgustdan 30-avgustgacha eʼlon qilingan “Xotin-qizlarga huquqiy koʻmak” aksiyasi doirasida Jizzax viloyatining barcha tumanlarida adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, FHDY boʻlimi masʼullari ishtirokida sayyor qabullar va uyma-uy yurish tadbirlari tashkil etilmoqda.
Hafta davomida 16 ta sayyor qabul oʻtkazildi, joylarga chiqqan holda 400 nafardan oshiq xotin-qizlar bilan suhbatlashildi. Ularning muammolari oʻrganilib, tegishliligi boʻyicha sohalar yoʻnaltirilmoqda, shu bilan birga sohaga aloqador murojaatlar ijobiy hal etilmoqda.
Joylarda sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatilib, shu kungacha 45 nafar ayollarga turli yoʻnalishlarda davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Masʼullar qonunchilikdagi yangiliklar, “Mahalla yordami” Telegram boti va uning afzalliklari, “Xotin-qizlarga huquqiy koʻmak” huquqiy aksiyasi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot bermoqda.

Navoiyda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashuvchi vakolatli оrgаn xodimlariga oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi
Joriy yilning 13-avgust kuni Adliya vazirligining masʼul xodimlari tomonidan Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va viloyat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda kontrafaktga qarshi kurashishni koʻzda tutuvchi oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.
Tadbirda Adliya vazirligi maxsus vakolatli оrgаnlаr tomonidan oʻtkaziladigan tezkor vа nazorat tadbirlarida ishtirok etishi va maxsus vakolatli organlarning qаrоrlаrigа asosan kontrafakt mahsulotlar boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda xulosa berishi tartibi va uni amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.
Mashgʻulot yakunida maxsus vakolatli organlar tomonidan kelgusida viloyat hududida kontrafakt mahsulotlar realizatsiyaga qarshi kurashishda oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Maʼlumot uchun, Prezident Farmoniga muvofiq kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash boʻyicha maxsus vakolatli organlar bilan hamkorlikda tadbirlar oʻtkazish va aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni olib qoʻyish va yoʻq qilish huquqlari berilgan.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim
❓ Renovatsiyadan davlat, investor va mulkdor qanday manfaat koʻradi?
Jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan qonun loyihasi haqida loyihani yozishda ishtirok etgan mutaxassislar bilan 👉toʻliq suhbatni koʻring.
@adliyangiliklari
Jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan qonun loyihasi haqida loyihani yozishda ishtirok etgan mutaxassislar bilan 👉toʻliq suhbatni koʻring.
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_muhim
📣 Hurmatli hamyurtlar!
Adliya vazirligining 1008 – “Ishonch telefoni” faoliyati taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi sababli 17:00 da toʻxtatiladi. Ertaga 09:00 dan faoliyatini boshlaydi.
Murojaatlaringiz boʻlsa, Adliya vazirligining (71) 207-04-43 (ichki raqam — 1021) raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.