Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.9K subscribers
15.1K photos
1.65K videos
33 files
5.96K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan Payariq tumanida sayyor qabul tashkil etildi

Har bir inson muommolarsiz, bekamu-ko‘st, ertasidan ko‘nglini to‘q qilib yashashga haqli. Ayni paytda Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan islohotlarning ham bosh maqsadi inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan. Ana shu oliy tamoyilni chuqur his qilgan holda adliya masʼullari ham doimiy ravishda xalq bilan muloqotda bo‘lib keladi. Xususan, bugun Payariq tumanida fuqarolarning huquqiy muammolarini o‘rganish uchun tashkil etilgan  sayyor qabul ham ushbu maqsadlarga xizmat qildi.

— Bir qancha huquqiy muammolar yuzasidan keldim, — deydi tadbirkor B. Tugalova. — Xususiy bog‘cha faoliyatini yo‘lga qo‘yganman. Tegishli miqdorda yer ajratish haqida qaror chiqarilgan. Mavjud soliqlarni ham to‘lab kelayapman. Biroq tuman kadastr bo‘limidagilar o‘sha yerni ajratib, chegaralarini belgilab berishni paysalga solayapti. Undan tashqari, bir qancha fuqarolar nomiga noqonuniy kredit rasmiylashtirilib,  to‘lovlar undirilib kelinmoqda. Bu borada shu paytgacha qilgan murojaatlarimiz samarasiz bo‘ldi. Adliya masʼullaridan adolat istab keldik.

Qabulda adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev, Payariq tuman hokimi I.Jabborov hamda tuman masʼullari ishtirokida  jismoniy va yuridik shaxslarningana shu kabi muammolari  tingladi.

Qabul davomida fuqarolardan uy-joy, kadastr hujjatini shakllantirish, mehnat va bandlik munosabatlari, sud-huquq masalalarida duch kelinayotgan muammolar, taʼlim, sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq 40 dan ortiq  boshqa murojaatlar ham ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mobil avtobusda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Qolganlari yuzasidan tegishli muddatlar belgilandi va hal etilishi uchun mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ishchi guruh Payariq tumanida

Sayyor qabuldan so‘ng adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Payariq tuman Davlat xizmatlari markazi hamda 1-son FHDY bo‘limini aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Anʼanaga ko‘ra, o‘rganish ishlari ushbu masalalardan kelib chiqib, mavjud imkoniyatlar ko‘lamini tahlil qilishdan boshlandi. Unda moddiy-texnik bazadan tortib, binoga kirib kelayotgan fuqarolar uchun zarur bo‘lgan oddiy maʼlumotlar burchagi ham eʼtibor markazida bo‘ldi. Markazga kelgan fuqarolar bilan ham muloqotda bo‘lib, ularning huquqiy muammolari, sohaga doir fikr-mulohazalariga quloq tutdi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq vazifalar, chora-tadbirlar belgilab berildi.

Jumladan sayyor xizmatlarni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Xususan, xodimlar bilan muloqotda davlat xizmatlari, FHDY organi faoliyati va sohada yana-da samaradorlikka erishish borasidagi takliflar o‘rganildi. Jumladan, tuman 1-son FHDY bo‘limi mudirasi fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda duch kelinayotgan kamchilik va uning yechimi bo‘yicha X.Melivga o‘z takliflarini bildirdi.

— Tizimda eksterritorial tartibda guvohnoma chop etish funksiyasi bor, — deydi muloqot chog‘ida M.Vahobova. — Lekin otalik yoki yolg‘iz ona to‘g‘risidagi maʼlumotlarni chop etish funksiyasi mavjud emas. Bu esa mazkur masalada murojaat bilan kelgan fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatishda bir qator noqulayliklarni tug‘dirmoqda. Agar mazkur qulaylik tizimga qo‘shilsa, bu nafaqat ish samaradorligiga, balki, fuqarolarning vaqti tejalishi, ovoragarchiligini oldi olinishiga ham xizmat qiladi.

Ushbu taklif bo‘yicha vazir o‘rinbosari vaziyatni to‘liq o‘rganib, uni bartaraf etish choralari ko‘rilishini maʼlum qildi. Muloqot davomida vazir o‘rinbosari xizmatlar sifatini, shuningdek, mavjud sharoitlarni yana-da yaxshilash, adliya organlari binolarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida o‘z tavsiyalarini berdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_faoliyati

Adliya vazirligining xalqaro-huquqiy hamkorlik yo‘nalishi bo‘yicha faoliyati haqida mazkur rolik orqali tanishing

@adliyangiliklari
#Statistika

📊 Joriy yilning 9 oyi davomida davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilgan eng ko‘p davlat xizmatlari qaysi yo‘nalishlarda kuzatildi?

Infografikada 2023-yilning 9-oyi mobaynida aholi tomonidan eng ko‘p foydalanilgan davlat xizmatlari Top-5 ligi aks etgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

Bolalarni zo‘ravonliklarning barcha shakllaridan himoya qilish bo‘yicha qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan ishonchli himoya qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Loyiha bilan tanishing va o‘z fikrlaringizni qoldiring 👉 https://regulation.gov.uz/oz/d/87302

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh viloyatning eng olis va chekka hududlaridan bo‘lgan Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi va Narpay tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahar adliya bo‘limlari Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlarida bo‘ldi.

Maʼlumki, mazkur tumanlar viloyatning eng olis hudularidan biri hisoblanadi. Ularning eng yaqinini viloyat markazidan 65-70 kilometrlik masofa ajratib turadi. Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatdagi barcha davlat xizmatlari markazlari tomonidan jami 900 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, ularning 130 mingdan ziyodi aynan yuqorida qayd etilgan tumanlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu mazkur hududlar aholisining davlat xizmatlariga bo‘lgan talablari yuqori ekanligini bildiradi.

Shundan kelib chiqib, X.Meliyev va ishchi guruh olis hududlarda aholi uchun davlat xizmatlarini olish tartibini yana-da soddalashtirish, markaz va FHDY binolarida fuqarolar uchun keng imkoniyatlarni yo‘lga qo‘yishni, bunda eng avvalo ushbu hududlardagi mavjud shart-sharoit, infratuzilmani inobatga olish muhim ahamiyatga egaligini taʼkidlashdi. Mazkur masalada zarur tavsiyalar, aniq chora-tadbirlarni belgilab berishdi.

Binolarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, zarur taʼmirlash ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish borasida topshiriqlar berildi.

Xodimlar bilan muloqotda davlat xizmati ko‘rsatish tizimini yana-da yaxshilash, bunda ham xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, ham fuqarolarga xizmatlarni olishni osonlashtirish bo‘yicha takliflar o‘rganildi. Markazlar va FHDY xodimlari ish jarayonida duch kelayotgan va bartaraf etish mumkin bo‘lgan holatlar bo‘yicha taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Ishchi guruhning o‘rganish ishlari davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida “Davlat tilini rivojlantirishda innovatsion yechimlar” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda Yuridik atamalar elektron lug‘ati (tezaurusi) va O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati platformalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda jami 3236 ta yuridik termin va tushunchaning tezaurus lug‘at maqolasi tayyorlangan, ulardan 2116 tasi thesaurus.tsul.uz platformasiga joylashtirilgan, 1126 ta termin ekspertiza bosqichida. Ekspertizadan o‘tgandan keyin ular ham platformaga joylashtiriladi. O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati portalida 10 ming atrofida ismlar mavjud. Xususan, arabcha, o‘zbekcha, turkcha, tatarcha, mo‘g‘ulcha, yunoncha, suryoniycha, pahlaviycha, yahudiycha, so‘g‘dcha, o‘zbekcha-qadimiy turkcha ismlar keltirilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari