#Bilasizmi
📌 Mashhur brendlar oʻz mahsulotlarining kontrafakt nusxalariga qarshi qanday kurashadilar?
Ushbu ruknimizda, ana shunday kurashning qiziqarli va noodatiy usullariga misollar keltiramiz.
👉Batafsil
👉На русском
@adliyangiliklari

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 1-sentabr kunidan mamlakatimizda “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi boshlanadi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini yong‘in hodisasidan xabardorligini oshirishga qaratilgan ushbu dasturda barcha aholini faol ishtirok etishga chaqiradi.
@adliyangiliklari
@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob
❓ Tovar belgisiga bo‘lgan huquqni buzganlik uchun qanday javobgarlik bor?
Tovar belgisidan ruxsat berilmagan tarzda foydalanish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra javobgarlikka olib kelishi mumkin. Xususan, “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 177-moddasiga asosan bunday qonun buzilishi holati uchun jarima belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 37(1)-moddasiga ko‘ra tovar belgilaridan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha boʻlgan miqdorda jarima (moliyaviy sanksiya) qo'llanilishiga sabab bo‘ladi.

#Mustaqillikka_32_yil
“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga ko‘ra, adliya organlarining quyidagi xodimlari davlat mukofotlari bilan mukofotlandi:
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan:
• Ruxsora Toshpulatovna Uralova – Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi
“Shuhrat” medali bilan:
• Mirjalol Davranbekovich Allakuliyev – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi departament boshlig‘i
• Risolat Sunnatovna Abdullayeva – Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi direktori.
Vazirlik jamoasi nomidan hamkasblarni ushbu mukofotlar bilan chin dildan muborakbod etamiz!

#videodaydjest
📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

#Adliya_tayinlov
Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri tayinlandi
👉Batafsil
________
Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Navoiy viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
👉Batafsil
@adliyangiliklari
Navoiy viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
👉Batafsil
@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob
❓ Tovar belgisidan foydalanmaslik qanday oqibatlarga olib keladi?
Tovar belgisidan oxirgi uch yil davomida O‘zbekiston Respublikasi hududida uzrli sababsiz uzluksiz foydalanilmagan taqdirda, uning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi istalgan manfaatdor shaxsning talabi bo‘yicha sudning qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin.
👉На русском
@adliyangiliklari
Tovar belgisidan oxirgi uch yil davomida O‘zbekiston Respublikasi hududida uzrli sababsiz uzluksiz foydalanilmagan taqdirda, uning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi istalgan manfaatdor shaxsning talabi bo‘yicha sudning qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin.
👉На русском
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing
Joriy yil iyul oyi yakunlari bo‘yicha monitoring qilinayotgan 111 ta boshqaruv organlari va hokimliklarning 78 tasi (70,0%) muddati o‘tgan birorta topshiriqlar mavjud emas
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva vazirlik tomonidan Prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi:
➖Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilish uchun yaratilgan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida bugungi kun holatiga jami 3 631 ta hujjatlardagi 107 mingdan ortiq topshiriqlar nazoratga olingan bo‘lib, ularning 79 mingdan ortig‘i bajarilgan bo‘lsa, qariyb 28 mingta topshiriqlar ijro etilmoqda.
Joriy yilning aprel oyidan boshlab barcha boshqaruv organlari va hokimliklarda Prezidentning nazorat topshiriqlari ijrosini ta'minlashning “kunbay” kalendar jadvali har oyda tasdiqlanmoqda.
O‘z vaqtida bajarilmagan topshiriqlar soni shu yilning aprelida 128 tadan iyul oyida 66 ga, ya'ni 48,0 foizga kamaydi.
Ijro muddati hali yetib kelmagan, jumladan ijrosi yil yakuniga qadar belgilangan topshiriqlardan 395 tasi barvaqt bajarildi.

#Muhum
Dunyo bo'yicha eng qimmatbaho mulk – bu intellektual mulkdir.
✅ Bizda-chi?
✅ Intellektual mulk huquqlari qanday himoyalangan?
✅ Tovar belgilarining muhofazasi va himoyasi qay darajada?
✅ Mualliflik huquqiga amal qilish madaniyati bormi?
Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentining 👉@adliyaimd kanali orqali soha yangiliklaridan xabardor bo'ling!
@adliyangiliklari
Dunyo bo'yicha eng qimmatbaho mulk – bu intellektual mulkdir.
Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentining 👉@adliyaimd kanali orqali soha yangiliklaridan xabardor bo'ling!
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
“G‘IJDUVON SHASHLIK” GEOGRAFIK KO‘RSATKICH SIFATIDA DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, tovarni muayyan geografik ob’ekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik ko‘rsatkich deb e’tirof etilib, unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi geografik ko‘rsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasining ko‘magi bilan joriy yilning 24-avgust kuni “G‘IJDUVON ShAShLIK” geografik ko‘rsatkich sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Buxoro viloyatida birinchi bo‘lib davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ushbu geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma uning egasi, ya’ni G‘ijduvon tuman hokimligiga guvohnomada ko‘rsatilgan tovar turiga nisbatan foydalanish huquqini beradi.
Mazkur geografik ko‘rsatkich guvohnomasi viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Bahronov tomonidan davlatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami tadbirlari doirasida G‘ijduvon tuman hokimi Sh.Ashurovga tantanali ravishda topshirildi.
Eslatma: muayyan tovarning geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi jismoniy va yuridik shaxslarga qo‘shimcha majburiyatlarni yuklamaydi, geografik ko‘rsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

📣 Adliya vazirligidan yana bir foydali loyiha. Endi “So’ragan edingiz” rukni video formatda.
❓ Bugun kontrakt uchun imtiyozli kredit olish tartibi, shartlari, buning uchun talab qilinadigan hujjatlar haqida ma’lumot beramiz.
Batafsil 👉 videoda.
@adliyangiliklari
Batafsil 👉 videoda.
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘n beshinchi zamonaviy Davlat xizmatlari markazi binosi foydalanishga topshirildi
Mustaqilligimizning 32 yilligi arafasida Davlat xizmatlari markazining ochilishi nafaqat Kegeyliliklar uchun, balki barchamiz uchun muhim voqeadir. Endilikda ushbu markaz orqali fuqarolar 300 dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi o‘n beshinchi yangi Davlat xizmatlari markazi ham davlat xizmatlaridan eksterritoriallik tamoyili asosida, yaʼni yashash joyidan qatʼiy nazar foydalanish imkonini beradi. Shu o'rinda takrorlanmas meʼmoriy dizaynga ega Markaz Kegeyli tumanining 70 000 dan ortiq aholisiga xizmat ko‘rsatish uchun barcha shart-sharoitlarga ega.
Yangi binoda adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY bo‘limi va davlat xizmatlari markazining bir joyda bo‘lishi hudud aholisiga yana bir qulaylik yaratadi.
Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov va Kegeyli tuman hokimi A.Kamalov, adliya bo‘limi vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.