Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.34K videos
32 files
5.06K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Tojikiston adliya vaziri Muzaffar Ashuriyon bilan uchrashdi

2023-yil 23-avgust kuni Adliya vazirligi binosida vazir A.Toshqulov bilan Tojikiston Respublikasi Adliya vaziri M.Ashuriyon boshchiligidagi delegatsiya vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida, O‘zbekiston adliya vaziri mehmonlarni vazirlikning faoliyati, uning maqsadi va vazifalari bilan tanishtirdi. Shuningdek, fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

O‘z o‘rnida, Tojikiston delegatsiyasi mamlakatimizda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlarni e’tirof etgan holda, mazkur yo‘nalishda hamkorlikni kuchaytirish va tajriba almashish borasida fikr almashishdi.

Shuningdek, uchrashuv so‘nggida mehmonlarga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatidagi axborot texnologiyalarni rivojlantirish va qo‘llash bo‘yicha jonli ekskursiya tashkil etildi.

Mehmonlar o‘z navbatida, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni, shu jumladan davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi axborot texnologiyalarga oid yangiliklarni yuqori baholadi va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish zarurligiga mamnuniyat bilan ishonch bildirdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Samarqanddagi adliya organlarida bo‘ldi

Bugun adliya vaziri Akbar Toshqulov Samarqand viloyatida xizmat safarida. Dastlab vazir viloyatdagi adliya organlarida bo‘ldi va tizim xodimlarining ish sharoitlari, ish jarayonidagi muammolar hamda davlat xizmatchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish borasdagi imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi.

Jumladan, Samarqand shahar adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazida bo‘lib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson foydalanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ko‘lami bilan tanishdi. Ularni takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarni berdi. Shuningdek, markazda xizmatlardan foydalanishda yo‘lga qo‘yilgan yangi tajriba — “oson”, “o‘rta” hamda “murakkab” toifalar, boshqa qulayliklarni ko‘zdan kechirdi.

— Ma'lumki, Samarqand shahri “millionli shahar”ga aylantirilmoqda, — deydi Akbar Toshqulov. — Natijada shaharning o‘zi 5 ta tumanga bo‘linadi. Bu o‘z navbatida shahar aholisining davlat xizmatlaridan foydalanishlari uchun yanada keng sharoitlarni yaratishni taqazo etadi. Shu munosabat bilan Samarqand shahrida kelgusida bir nechta yangi markaz binolari qurilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Qorasuv, Siyob, So‘g‘diyona, Bog‘ishamol va Maroqand tumanlarida zamonaviy davlat xizmatlari markazlari ishga tushiriladi. Ularning dastlabkisi “Qorasuv” massivida qad rostlaydi. Tashkiliy ishlarni hozirdan boshlab yuborganmiz.

Adliya vaziri tizim mas'ullari bilan o‘zaro muloqotda bu borada ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan muhim masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarni o‘rtaga tashladi, takliflar bilan qiziqdi, keraklif tafsiyalarni berdi.

Xizmat safari davomida adliya vaziri Samarqand viloyat yuridik texnikumi binosini ham ko‘zdan kechirdi. Muassasa faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Samarqand viloyat adliya boshqarmasida “Sud ekspertizasi sohasidan amalga oshirilgan ishlar hamda hal etilishi lozim bo‘lgan mavjud muammolari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Maslahat

©️Mualliflik huquqi buzilgan taqdirda u sud orqali himoya qilinadi. Mualliflik huquqi buzilishining keng tarqalgan turlariga plagiat ya’ni ko‘chirmachilik, madaniy o‘g‘rilik, ijod namunalaridan muallif ruxsatisiz tijorat yoki tijorat bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish kiradi.

Bunday hollarda huquqbuzar muallif huquqlarini tiklashi, unga yetkazilgan zararlarni to‘lashi lozim.

❗️Oʻzbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 65-moddasiga muvofiq huquq egasi zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon puli talab qilish huquqiga ega.

Mualliflik huquqini buzishga qaratilgan vositalar, asarning kontrafakt nusxalari yo‘q qilib tashlanishi kerak.

👉На русском

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun ma'lumotlar juda ko‘p, biroq aholiga ishonchli axborot tarqatadigan manbalar, afsuski, kam.

«Rasmiy xabarlar/Официальные новости» kanali barcha davlat tashkilotlarining rasmiy ma'lumotlari e'lon qilinadigan yagona axborot platformasidir.

🗝 Agar Siz xabarlarni doim birinchi manbadan olishni istasangiz, «Rasmiy xabarlar/Официальные новости» kanalini — @Rasmiy_xabarlar_Official — kuzatib boring.

@adliyangiliklari
Tadbirkorlik uchun beriladigan 9 subsidiya turi

Kimlarga tadbirkorlik uchun subsidiya beriladi? Qanday turdagi subsidiyalar, qancha miqdorda va qaysi maqsadlar uchun? Subsidiyani olmoqchi bo‘lganlar qaerga murojaat qilishi kerak? Ariza qanday yoziladi? Hudud24 tadbirkorlik subyektlari uchun beriladigan 9 ta subsidiya, uni olish shartlari haqida ma'lumot beradi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Huquqiy_axborot_minbari

❗️Xotin-qizlar muammolarini hal etish mavzusida audiopodkast o‘tkaziladi

🎧 Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan“ aksiyasi doirasida “Ayollar daftari” orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish" mavzusida audiopodkast tashkil etiladi.

Ovozli chat bugun, 25-avgust kuni soat 17:00 da Huquqiy axborot Telegram kanalida boshlanadi.

🎙Suhbat spikerlari: Adliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mutaxassislari.

📥 Savollaringizni @ayollardaftari_bot telegram boti orqali oldindan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.

Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Franshizing shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bo‘yicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan (346-son, 24.06.2022-y.) Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan:

Franshizing shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.

Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun BHMning uchdan bir qismi miqdorida yigʻim undiriladi.

Quyidagi hollarda yigʻim toʻlanmaydi:
🔹 sud hujjati asosida franshizing shartnomasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazishda;
🔹 roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha hujjatlar qaytadan koʻrib chiqilganda.

Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Ma’muriy reglament talablariga muvofiq bo‘lganda, davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkaziladi.

Reglament talablariga nomuvofiq bo‘lganda franshizing shartnomasini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish rad qilinadi, bu haqida ariza beruvchini xabardor qilanadi.

📌 Roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchi 3 oyda kamchiliklarni bartaraf qilib yigʻim toʻlamasdan, qayta murojaat qilishi mumkin.

❗️Muhim:
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 863-moddasiga muvofiq kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerak va u shartnomaga muvofiq litsenziar sifatida ish koʻradigan yuridik shaxsni yoki yakka tadbirkorni roʻyxatga olgan organ tomonidan roʻyxatga olinishi kerak. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik shartnomaning haqiqiy hisoblanmasligiga sabab boʻladi.

@adliyangiliklari