Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.6K photos
1.41K videos
32 files
5.23K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Huquqiy axborotni yetkazish va mazkur yo‘nalishdagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha onlayn uchrashuv tashkil qilindi

Joriy yilning 16-avgustida Adliya vazirligida jamoatchilikka huquqiy axborotni yetkazish hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy adliya organlari mas'ullari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda huquqiy axborotni yetkazish hamda davlat organlari va tashkilotlarning mazkur yo‘nalishidagi faoliyatini muvofiqlashtirish borasida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf qilish yo‘llari hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda huquqiy axborotni barcha aholi qatlamlariga, shu jumladan mahallalar orqali yetkazishning yangicha mexanizmlari joriy etilayotganligi qayd etildi.

Jumladan, kelgusida 7 ming davlat organlari va 56 ming davlat xizmatchilariga huquqiy axborot yagona axborot tizimi orqali yetkazilishi va monitoring qilinishi qayd etildi.

Kelgusida fuqarolarning huquqiy muammolarini mahallalar orqali hal qilish, hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida mahallalardagi “beshlik” doimiy ravishda huquqiy kurslarda o‘qitilishi ta'kidlandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Patent vakillari assotsiatsiyasi tuzildi
 
Intellektual mulk rivojining yangi bosqichi sifatida bir qator patent vakillarining tashabbusi bilan joriy yilning 17-iyul kuni Patent vakillari assotsiatsiyasi tashkil qilindi hamda Аdliya vazirligidan nodavlat notijorat tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Shunga muvofiq joriy yilning 16-avgust kuni Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentida patent vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirokida rasmiy uchrashuv tashkil etilib, Patent vakillari assotsiatsiyasining guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur assotsiatsiyani tuzishdan asosiy maqsad patent vakillari faoliyatini yanada rivojlantirish, ular o‘rtasida hamkorlik va ma’lumot almashinuvini kengaytirish, bu orqali ularning intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi rolini oshirish hamda sohada mavjud muammolarni o‘rgangan holda ularni ijobiy hal etishdan iboratdir.

Uchrashuvda patent vakillari o‘z taqdimotlari bilan qatnashdilar. Xususan, assotsiatsiya raisi Madina Tursunova “Intellektual mulk obyektlari bozorining rivojlanishi uchun davlat va tadbirkorning hamkorlikdagi samarali mexanizmini yaratishda patent vakillarining o‘rni” mavzusida taqdimot qilib, mazkur birlashmani tashkil etilishining bugungi kundagi ahamiyati, dolzarbligi, o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari hamda kutilayotgan natijalar haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, patent vakili Jahongir Sotiboldiyev o‘z ma’ruzasida patent vakillari bilan bog‘liq muammolar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga e’tibor qaratib, bir qancha takliflar bilan taqdimot qildi.

👉На русском

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Chortoq tumani FHDY boʻlimi sabab men Tojikistonga bormadim

Tojikiston Respublikasi Leninobod viloyati, Asht rayoni Qirqquduq tumanida tugʻilgan Saodat Rahmonova taqdir taqozosi bilan yoshligida ota-onasi bilan birga Namangan viloyati Chortoq tumaniga koʻchib kelgan va shu yerda maktabda oʻqigan. Ota-onasini eʼtiborsizligi sabab tugʻilganligi haqidagi guvohnomasi yoʻqolib qolganligi bois ancha yillardan buyon fuqarolik pasportini olish imkoni boʻlmayotganini, hozirda uning Tojikistonda hech qanday qarindoshlari yashamasligi va u yerga borib kelishga esa imkoni va sharoiti yoʻqligini maʼlum qilib, tugʻilganlik haqidagi guvohnomasini olib berishda amaliy yordam soʻrab Chortoq tuman FHDY boʻlimiga murojaat qilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

Yerosti suv quduqlarini burg‘ilash uchun ruxsatnoma kimlarga beriladi? Ariza qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?

— Yuridik shaxslar yerosti suv quduqlarini burg‘ilash uchun ruxsatnoma olishda davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.
Ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
___________

Yerosti suv quduqlarini burg‘ilash uchun ruxsatnoma olishda ariza to‘ldirish uchun qanday ma’lumotlar kerak va qaysi turdagi hujjatlar ilova qilinishi lozim?

— Arizada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
▫️yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisob raqami, telefon raqami;
▫️tegishli mutaxassisning (gidrogeologning) to‘liq ismi-sharifi, diplom seriyasining raqami va sanasi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
▫️yer osti suvlari uchun quduqlarni burg‘ulash uchun buyurtma beruvchi va ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma yoki shartnomaning elektron nusxasi;
▫️yer osti suv quduqlarini burg'ilash bo‘yicha loyiha hujjatlarining elektron nusxalari;
▫️ariza beruvchining texnik imkoniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, mavjud uskunalarning texnik pasportlarining elektron nusxalari yoki zarur texnika va uskunalarni ijaraga olish shartnomasining elektron nusxasi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori qancha?
— Asosiy hisob-kitob summasining 30 foizi.
____________

Ruxsatnoma hujjatining amal qilish muddati qancha?
— Burg‘ulash ishlarini bajarish muddati uchun, lekin ikki yildan ortiq emas.
____________

Ruxsat etishga oid talab va shartlar nimalardan iborat?
— Ruxsat etishga oid talab va shartlar:
a) gidrogeologik xulosa asosida tayyorlangan er osti suvlari uchun quduqlarni burg‘ulash loyihasi parametrlariga muvofiqligi;
b) suv chiqarish tugallangandan so‘ng quduq suvining kerakli sifat va tarkibga muvofiqligini aniqlash uchun laboratoriya tahlilini o‘tkazish;
v) quduq atrofidagi 1-oyoqning sanitariya-himoya zonasini jihozlash (quduq ichimlik suvi va balneologik maqsadlarda burg‘ilanganda);
d) burg‘ulash ishlari tugaganidan keyin bir oy muddatda quduqning texnik pasportini tayyorlash, texnik pasportni quduqni hisobga olish bo‘yicha vakolatli organga taqdim etish (texnik pasportda yer osti suvlari, quduq loyihasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak); va kesishning geologik-gidrogeologik tavsifi batafsil va to‘liq).

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

YIDXP orqali nafaqa tayinlash uchun ariza berish tartibi qanday?

— “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq, YIDXP orqali quyidagi nafaqalar tayinlanishi yuzasidan arizalar rasmiylashtiriladi:
a) nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi;
b) parvarishlash nafaqasi;
v) nogironlik nafaqasi;
g) boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;
d) yoshga doir nafaqa.
“a” va “b” bandlarda nazarda tutilgan nafaqalar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan vakolatli organning axborot tizimiga yuborilgan elektron ma’lumotlar asosida “proaktiv shakl”da tayinlanadi.
“v” — “d” bandlarida nazarda tutilgan nafaqalar Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qilish natijasida vakolatli organ axborot tizimi tomonidan inson omilisiz avtomatik tarzda tayinlanadi va xizmat ko‘rsatilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

Umumta’lim maktablarida bolalarni 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi qanday holatlarda bolalarni umumta’lim maktabiga qabul qilishni rad etishi mumkin?

— Qabul komissiyasi quyidagi holatlarda bolalarni umumta’lim maktabiga qabul qilishni rad etishi mumkin:
bolaning tibbiy ma’lumotnomasida umumta’lim maktablarida ta’lim olish tavsiya etilmagan bo‘lsa;
tanlagan tilda bola boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa;
so‘rovnomada keltirilgan ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlansa;
Boshqa holatlarda bolalarni umumta’lim maktablariga qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
__________________

O‘quvchilarni bir umumta’lim maktabi (sinf)dan boshqasiga o‘tkazish qanday hollarda rad etilishi mumkin?

— Quyidagi hollarda o‘qishni ko‘chirish rad etilishi mumkin:
umumta’lim maktabida (qabul qilinadigan sinfda) bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmagan taqdirda;
so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganda.
Boshqa holatlarda o‘qishni ko‘chirish rad etilishi mumkin emas.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

YIDXP orqali fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi rahbari qabuliga yozilish tartibi qanday?

— Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi rahbari qabuliga qabul kuni va vaqti, xizmat turi, viloyat va tuman (shahar), FНDY organi haqidagi maʼlumotlar tanlagan holda navbatga yozilishlari mumkin. FHDY organi rahbari qabuliga yozilish bo‘yicha yo‘llangan murojaatlar elektron ro‘yxatga avtomatik tarzda qayd qilinadi va xizmat ko‘rsatilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish qanday holatlarda rad etiladi?

— Ariza beruvchi tomonidan quyidagi hujjatlar ilova qilinmagan taqdirda, mazkur davlat xizmatini ko‘rsatish rad etiladi:
o‘rganilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan ma’lumot haqida hujjat (1-sinfga qabul qilinayotgan bolalar bundan mustasno);
o‘rganilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan hujjatning O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjimasi (1-sinfga qabul qilinayotgan bolalar bundan mustasno);
sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy xulosa;
So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi ham davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

Nikohni qayd etish jarayonida gerbli guvohnoma berganlik uchun qancha yig‘im undiriladi?

— Yangi gerbli guvohnomalar berganlik uchun (o‘lim haqidagi gerbli guvohnomalar hamda yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiya muassasalariga joylashtirishda berilgan tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomalar bundan mustasno) bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida gerb yig‘imi undiriladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-apreldagi 119-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда амалга оширилаётган маъмурий ислоҳотлар натижасида вазирлик ва идоралар сони оптималлаштирилди, айрим ташкилотлар бир-бирига қўшилди ёки қисқарди. Шунинг учун, биз давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхатини янгиладик.

🔵 Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

Nimalarda firma nomidan foydalanish mumkin?

— Firma nomidan quyidagilarda foydalanish mumkin:
▪️firma nomini rasmiy blankalarda, muhrlarda, shtamplarda va yuridik shaxsning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarda aks ettirish;
▪️firma nomini tovarlarda, ularning idishi va o‘rovida, reklamada, peshlavhalarda, bosma ma’lumotnomalarda, hisobvaraqlarda, bosma nashrlarda, tovarlarni O‘zbekiston Respublikasida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar va yarmarkalarda namoyish etish vaqtida ishlatish firma nomidan foydalanishdir.

Firma nomidan tovar belgisining (xizmat ko‘rsatish belgisining) elementi sifatida foydalanilishi mumkin.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

Kimlar davlat boji to‘lovchilar hisoblanadi?

— Vakolatli muassasalarga va (yoki) mansabdor shaxslarga murojaat qilayotgan va o‘ziga nisbatan yuridik ahamiyatga molik harakat va (yoki) hujjatlar berish amalga oshiriladigan yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini to‘lovchilardir.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🖥Davlat xizmatlari markazlarida o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish burchaklaridan foydalangan holda, zarur xizmat va ma'lumotnomalarni vaqt sarflamasdan olish mumkin.

Qanday deysizmi, bu haqida qisqa videomiz orqali bilib olishingiz mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Qonunchilikda tadbirkorlarga berilgan ayrim imtiyozlar

🔹Konstitutsiya: tadbirkorlarga berilgan eng muhim 9 ta kafolat BATAFSIL

🔹Ayrim tadbirkorlar davlat mulki ijara to'lovidan ozod etiladi BATAFSIL

🔹“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida ayrim tadbirkorlarda barcha turdagi soliq tekshiruvlari o'tkazilmaydi BATAFSIL

🔹Ayrim tadbirkorlar ishchilarining daromad solig'i qaytarib beriladi BATAFSIL

🔹Kambag'allikni qisqartirishda tadbirkorlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlik o'rnatiladi BATAFSIL

🔹YTTlar xodimlari uchun ijtimoiy soliqni yiliga BHMning bir baravarida to'laydi BATAFSIL

🔹Ayrim tadbirkorlarga mol-mulkni sug'urta qilish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi BATAFSIL

🔹Tayyor mebel mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlar qo'llab-quvvatlanadi BATAFSIL

🔹Ayrim tumanlarda tadbirkorlar uchun foyda solig'i 1 foiz etib belgilanadi BATAFSIL

🔹Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya beriladi BATAFSIL

🔹“Faol tadbirkor” ko'krak nishoni ta'sis etilgan BATAFSIL

🔹Mo'ynoqdagi tadbirkorlar foyda solig'ini 1 foiz to'laydi BATAFSIL

🔹Qoraqalpog'istondagi tadbirkorlar bir qator soliqlardan ozod qilingan BATAFSIL

🔹Tadbirkorlarning elektr tarmog'iga ulanish xarajatlarida imtiyoz beriladi BATAFSIL

🔹Tadbirkorlar sudlarda davlat bojidan ozod qilinadi BATAFSIL

🔹Orolbo'yi mintaqasidagi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi BATAFSIL

🔹Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun subsidiyalar beriladi BATAFSIL

🔹Tadbirkorlarga kreditlari uchun kafillik beriladi BATAFSIL

@adliyangiliklari
#b-advice.uz

Tadbirkorlik faoliyatini yuritishda toʼsiqlarga duch keldingizmi?

💡Unda, “b-advice.uz” interfaol axborot portali murojaat qiling!

💻Ishonchli, qulay va eng muhimi bepul huquqiy maslahat beruvchi “b-advice.uz” portali sizga tadbirkorlik subʼektlari toʼgʼrisida hamda ularning faoliyatlariga bogʼliq boʼlgan barcha foydali maʼlumotlarni taqdim etadi.

🖥Mazkur portalda:

💼Tadbirkorlikka oid qonunchilik hujjatlari va ulardagi yangiliklar;

📄Biznesni boshlash va yuritish tartib-tamoyillari;

📎Litsenziyalash. Sertifikatlash. Ruxsatnoma olish tartiblari;

🏦Soliq, Bank, Bojxona organlarining tadbirkorlik bilan bogʼliq xizmatlari;

📂Biznesni tugatish tartibi;

🔍Tekshirishlar tartibi;

📌Qonunbuzarliklar uchun javobgarlik;

⚡️Hayotiy vaziyatlar;

📝Koʼp beriladigan savollar va ularga ekspertlar javoblari;

💳Kredit va ssuda olish tartiblari kabi masalalar yuzasidan maʼlumotlarga ega boʼlishingiz mumkin.

✔️b-advice.uz” portalidan foydalaning, vaqdingizni va naqdingizni tejang!

Kanalga
ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xalqaro press klub
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌Adliya vazirligi bilan hamkorlikda Xalqaro press klubning "Huquqiy axborot" loyihasi

O‘z huquqingizni biling! Shunda qonunlar o‘z o‘rnida ishlaydi. Keling, Huquqlarimizni birgalikda o‘rganamiz.

🛑16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatmay uyasiz-buzuq harakatlar sodir etish 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Pedofilya — kattalar yoki o‘smirlar balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan jinsiy moyillikni boshdan kechiruvchi psixiatrik kasallikdir.

⬇️Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/IPCUzbekistan

▫️Telegram | ▫️ YouTube
▫️Instagram | ▫️Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

📣 Adliya vazirligidan yana bir foydali loyiha. Endi “So’ragan edingiz” rukni video formatda.

Patent bu nima? Patent kim tomonidan beriladi? Patent egasi qanday huquqlarga ega?

Bu haqida batafsil 👉 videoda.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari